1. Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari quyidagilardan iborat


Download 326.78 Kb.
bet12/18
Sana01.05.2023
Hajmi326.78 Kb.
#1419880
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Билетлар ВВА оралик назорат савол ва жавлблари

Xoleriklar - koʻtarinki ruhda ishlay oladigan, qarshiliklarni yenga oladigan kishilar boʻlib,
ularning ishlash zavqi kayfiyatining buzilishi bilanoq tez oʻzgarishi mumkin. Ular serjahl, oʻzini
yaxshi koʻradigan, tez gapiradigan odamlar boʻlib, boshqalardan gapining ohangi
oʻzgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Xoleriklarning vazminlik darajasi xuddi
sangviniklarnikidek boʻladi. Rahbar va boshqa kishilarga nisbatan oʻzini toʻgʻri tutadi.
Nihoyat, Gippokrat yana bir tur kishilarni ajratadiki, bundaylarning ahvoli, ruhiyati bir
xilda turmaydi. Ular yomon kayfiyatga koʻproq moyil boʻladilar, arzir-arzimas narsalardan
qattiq kuyunaveradilar. Bunday kishilarni ulugʻ shifokor melanxoliklar deb atagan. Qadimgi
yunonlarda “melanxolik” soʻzi “qora safro” degan maʻnoni bildirgan.Melanxoliklar:
oʻta taʻsirlanuvchi xususiyatga ega;
tez toliqadigan va oʻziga ishonmaydigan;
tashvishsiz, lekin juda sezuvchan;
nihoyatda arazchan;
juda oz kuladigan;
faolligi sust, tortinchoq, kamgʻayrat;
arzimagan sabablarga koʻzlaridan yosh oqib ketaveradigan;
yangi xodimlar bilan qiyinchilik bilan til topishadigan kishilardir.
Melanxoliklar qulay sharoitda oldiga qoʻyilgan masalalarni muvafaqqiyatli bajaradi. Agar
ishda sharoit, yaʻni vaziyat oʻzgarsa, qiyinchilik tugʻilsa, ular oʻzlarini panaga olib
turishadi.


12.Xodimlar rag‘batlantirish
Ruscha-o‘zbekcha lug‘atda motivatsiya tushunchasi biror ish yoki harakatning yuzaga
kelishiga sababchi bo‘lgan motivlar, dalillar, isbotlar, bahonalar, vajlar yoki sabablar majmui
ma’nosida talqin etiladi.3 Bu tushuncha bevosita inson omili bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu
nuqtai nazardan:
Motivlashtirish – bu ruhiy omil bo‘lib, shaxs faolligining manbai, sababi, dalili va har xil
turli ehtimollar. U xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga rag‘batlantiruvchi kuchli vositadir.
Boshqacha qilib aytganda, motivlashtirish - bu kishilar faoliyatini ruhiy yo‘llar bilan
maqsadga muvofiq yo‘naltirish. U muayyan ehtiyojni qondirish bilan bog‘liq. Ehtiyoj esa
sabablarda namoyon bo‘ladi. Inson tirik jon sifatida ovqat yeyish, uxlash, dam olib o‘z kuchini
tiklash, o‘zini issiq-sovuqdan asrash ehtiyojlariga ega. Mazkur ehtiyojlar moddiy, ya’ni kiyim
kechak, oziq-ovqat, turur joy va boshqalar shaklida ifoda etiladi. Insonning moddiy ehtiyojlari
bilan birga sotsial-ijtimoiy ehtiyojlari ham borki, bularga bilim olish, madaniy saviyani oshirish,
malaka, mahoratga ega bo‘lish va sog‘lom hayot kechirib, uzoq umr ko‘rish kiradi. Aytilgan
ehtiyojlar moddiy shaklga ega bo‘lmagan har xil xizmatlar ko‘rsatish orqali qondiriladi. Umuman:
Ehtiyoj odamlarni harakatga intiltiruvchi, qo‘zg‘atuvchi motivdir. Ehtiyoj qat’iyan
tabaqalashgan bo‘ladi. Ya’ni u kishilarning odati, didi va ruhiyatiga, yoshi va jinsiga, oilaviy
ahvoli va millatiga, mehnat va yashash sharoitlariga ham bog‘liq. Masalan, maktab o‘quvchisi
bilan olimning, yosh yigit bilan pensioner cholning, dehqon bilan shaxtyorning ehtiyoji bir xil
emas. Hatto kishilarning jismoniy tuzilishi ham ehtiyojlarda farqlarni hosil qiladi. Aytaylik,
gavdasi yirik, devqomat kishining ehtiyoji bilan jussasi kichik kishining ehtiyoji bir xil emas.
Ko‘rinib turibdiki, motivatsiya jarayoni qandaydir (bilib yoki bilmay orzu qilinayotgan) ehtiyojga
bo‘lgan yetishmovchilikdan yoki qoniqishning yetarli yoxud umuman yo‘qligidan boshlanadi.
So‘ngra shu qoniqishga erishish uchun maqsad sari harakat qilinadi. Ehtiyojning qondirilish
darajasi kishini kelajak sari intilishini belgilab beradi. Agar u muayyan narsadan qoniqish hosil
qilsa, u holda keyingi motiv uni boshqa yuqoriroq ehtiyojga rag‘batlantiradi.



Download 326.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling