1. Buxgalteriya hisobi fanining predmeti va metodi. Eng avvalo buxgalteriya hisobiga to’xtalsak. Buxgalteriya hisobi
Buxgalteriya balansi va uning tarkibiy tuzilishi
Download 0.63 Mb.
|
Buxgalteriya hisobi YN umumiy savollar
- Bu sahifa navigatsiya:
- I - bo‘lim «Uzoq muddatli aktivlar”
- Balansning passiv tomoni ham ikki bo‘limdan
- 6.Buxgalteriya balansining turlari
- 1.Dastlabki balans
5.Buxgalteriya balansi va uning tarkibiy tuzilishi. Balans so‘zi (fransuzcha balance-torozi)– «tenglik”, «tarozining ikki pallasi” degan maʼnolarni bildiradi. Balans moliyaviy hisobotning birinchi shakli bo‘lib, korxona faoliyat turiga qarab oylik, choraklik, yarim yillik va yil oxirida bo‘lishi mumkin. Buxgalteriya balansi korxonalarning ko‘zgusi bo‘lib, unda korxonaning mablag‘lari va ularning kelar manbasi haqiqiy holati aks ettiriladi, maʼlum bir sanaga tuziladi. U doimo o‘zgarib turadigan, o‘zaro aloqada bo‘lgan holatini taʼriflovchi ko‘rsatkichlar tizimining tengligi. Balans qandaydir voqeani taʼriflab, uning qismlarga munosabatini ko‘rsatadi. Aktiv tomoni ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, I - bo‘lim «Uzoq muddatli aktivlar” deb nomlanib, quyidagilar kiradi: asosiy vositalar, lizingga olingan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, moliyaviy qo‘yilmalar, o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, kapital qo‘yilmalar, uzoq muddatli debitorlik summalari. II- bo‘lim «Joriy aktivlar” deb nomlanib, quyidagilar kiradi: ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, pul mablag‘lari, debitorlik summalari va boshqalar. Balansning passiv tomoni ham ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, I - bo‘lim «O‘z mablag‘larining manbalari” deb nomlanib, quyidagilar kiradi: ustav kapitali, zaxira kapitali, taqsimlanmagan foyda, kelgusi davr daromadlari va hokazolar. II - bo‘lim «Majburiyatlar” deb nomlanib, quyidagilar kiradi: bankdan olingan kreditlar, bankdan tashqari korxonalardan olingan qarzlar, olingan avanslar va kreditorlik majburiyatlari. Buxgalteriya balansi ikki hisobot davridagi foyda va zararni namoyon qiladigan oraliq hisobotdir. Balans o‘zida kelgusi hisobot davri maʼlumotlarini emas, balki hisob jarayonining oxirgi hisob maʼlumotlarini aks ettiradi.
6.Buxgalteriya balansining turlari. Balans ikki qismdan iborat bo‘lib, bir tomoni aktiv, ikkinchi tomoni passiv deb yurtiladi: aktiv va passiv. Balans ikkala qismining jami summalari teng bo‘lishi shart. Bu tenglik aktivda xo‘jalik mablag‘lari, passivda esa shu mablag‘larning manbalari aks ettirilishi bilan izohlanadi. Dastlabki balans, hisobot balansi, tugatish balansi kabi turlari esa uning korxona faoliyatining qay holatida tuzilayotganligini bildiradi. 1.Dastlabki balans korxonaning tashkil topayotgan vaqtida tuziladi. 2.Hisobot balansi esa korxona faoliyati davomida tuziladi. 3.Tugatish balansi esa korxona, tashkilot, muassasaning tugatilayotgan muddatdagi xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari qay holatda ekanligi haqida maʼlumot beradi. Balansdagi maʼlumot quyidagicha yig‘ilgan bo‘ladi. Har bir jarayon ro‘y berishi natijasida xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari miqdoriy va tarkibiy jihatdan o‘zgarib boradi. Balansning aktiv va passiv tomonlari o‘z moddalariga ega hamda ularda ho‘jalik mablag‘lari va xo‘jalik mablag‘larining kelar manbalarining oxirgi qoldig‘i ko‘rsatiladi. 10. buxgalteriya hisobining schyotlari va uning tuzilishi. Корхона фаолиятида ёппасига, узлуксиз ҳисоб қилиб борилар экан, корхона барча мулкини ўрганиб, уларнинг хусусиятларини яхшилаб англаб етмоқ керакдир. Корхона мулклари ҳисоби тўлиқ юритилар экан, ҳисоб ишларини осонлаштириш, оқилона ташкил этиш мақсадида счётлар режаси ишлаб чиқилган. Шуни назарда тутмоқ керакки, Бухгалтерия Ҳисоби Миллий Стандартининг ишлаб чиқилиши ва ҳаётга татбиқ этилиши зарурий ҳол бўлганидек, счётларнинг янги режасини ишлаб чиқиш ҳам зарур бўлиб қолди ва счётларнинг янги режаси корхоналар молия хўжалик фаолиятининг бухгалтерия ҳисобида қўлланилиб келмоқда. Счётлар режаси 6 қисм ва 9 бўлимдан иборат. Счётлар режасининг қисмлари қуйидагилардир: 1-қисм. Узоқ муддатли активлар. 2-қисм. Жорий активлар. 3-қисм. Мажбуриятлар. 4-қисм. Хусусий капитал (мулк). 5-қисм. Молиявий натижаларни шаклланиши ва ишлатилиши. 6-қисм. Балансдан ташқари счётлар. Счётлар режасидаги бўлимлар қуйидагича номлан- ган: 1-бўлим. Асосий воситалар, номоддий ва бошқа узоқ муддатли активлар. 2-бўлим. Товар-моддий захиралари. 3-бўлим. Келгуси давр сарфлари ва муддати узайти- рилган сарфларнинг жорий қисми. 4-бўлим. Олинадиган счётлар. 5-бўлим. Пул маблағлари, қисқа муддатли инвести- циялар ва бошқа жорий активлар. 6-бўлим. Жорий мажбуриятлар. 7-бўлим. Узоқ муддатли мажбуриятлар. 8-бўлим. Капитал (мулк), фойда ва захиралар. 9-бўлим. Даромад ва сарфлар. Счётлар режасини билиш нафақат бухгалтерлар, балки аудиторлар, солиқчилар қисман ташқи фойдаланув- чилар (акциядорлар, таъсисчилар) учун ҳам керакдир. Счётлар иккига ажратилади: Актив счётлар — хўжалик маблағларини акс эттирувчи счётлар. Пассив счётлар — хўжалик маблағларини ташкил топиш манбаларини акс эттирувчи счётлар. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling