1. Buxgalteriya hisobi fanining predmeti va metodi. Eng avvalo buxgalteriya hisobiga to’xtalsak. Buxgalteriya hisobi


Download 0.63 Mb.
bet1/24
Sana08.04.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1342060
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi YN umumiy savollar


1.Buxgalteriya hisobi fanining predmeti va metodi.Eng avvalo buxgalteriya hisobiga to’xtalsak. Buxgalteriya hisobi — ichki boshqarish va tashqi isteʼmolchilarning maqsadlari uchun joriy va yakuniy axborotni olish bilan korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning xo‘jalik faoliyati ustidan uzluksiz va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan kuzatish va nazorat qilish tizimidan iborat. Buxgalteriya hisobi predmetining asosiy mazmuni korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda foydalanadigan resurslarni samarali boshqarish uchun zarur bo‘lgan axborotni shakllantirishdan iborat. Shu mablag‘larning sarflanishi, ishlab chiqarish hajmi va faoliyat natijalarini ratsional hamda to‘g‘ri boshqarish hozirgi vaqtda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari quyidagicha tariflash mumkin. Buxgalteriya hisobining predmeti- ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar,tashkilotlat va muassasalarning samarali boshqarilishida mablag’lar holati hamda ulardan unumli foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish hisoblanadi.Bux.hisobining predmetini o’rganishda moddiy javobgarlik tamoyiliga alohida ahamiyat berish talab etiladi. Korxona mablag`larining holati va foydalanishini o`rganish uchun buxgalteriya hisobi qo`llaniladigan usullar yig`indisi buxgalteriya hisobining metodini tashkil qiladi.Ular quyidagilar: baholash,kalkulyatsiya qilish,hujjatlashtirish hamda inventarizatsiya qilishdir. Buxgalteriya xisobining vazifalariga kuyidagilarni kiritish mumkin: iqtisodiyot tarmoqlari korxona va tashkilotlarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlarini kuzatib borish; 1. kuzatish orqali olingan maʼlumotlarni miqdoriy ko‘rsatmalarda ifodalash; 2.korxona, tashkilot, muassasa xo‘jalik faoliyatlarini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd etish; 3.maxsus hujjatlarda aks ettirilgan maʼlumotlarni umumlashtirish va guruhlashtirish, xo‘jalik jarayonlari ustidan nazorat o‘rnatish va ularga taʼsir etish.
2.Xo‘jalik hisobining turlari: tezkor (operativ), statistik va buxgalteriya hisobi. Jamiyatnining rivojlanib borishi bilan hisob tizimi ham takomillashib, fan sifatida yuzaga kela boshlagan. Hozirgi kunga kelib, hisobning uch turidan joydalaniladi: 1. Operativ (Tezkor) hisob. 2. Statistik hisob. 3. Buxgalteriya hisobi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling