1. Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ikkiyoqlama yozuv va uning asoslanishi
Sintetik va analitik (tahliliy) hisob
Download 228.3 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq18 вариант
- Bu sahifa navigatsiya:
- Банкдан олинган кредит кайтарилди. Иккиёклама ёзувда акс еттиринг
- Кт 5110 5 000 000 ДТ 6810 5 000 000
Sintetik va analitik (tahliliy) hisob.
2. Sintetik schyotlar xo„jalik mablag„lari va ular manbalari haqida umumiy va qiymat ko„rinishidagi ma‟lumotlarni olish maqsadida hisob yuritishga mo„ljallangan. Analitik schyotlar ma‟lumotlari xo„jalik mablag„lari va ularni manbalarini nafaqat qiymat, balki natura hamda mehnat o„lchovi birliklarida yuritishga mo„ljallangandir. Analitik schyotlar bo„yicha buxgalteriya provodkalari amalga oshirilmaydi. Korxona ba‟zi xo„jalik mablag„lari hisobini yuritishda bir necha bahodan foydalanish zaruriyati tug„iladi. Shunday mablag„lar va ular tashkil topish manbalari hisobini yurituvchi schyotlar tartibga soluvchi schyotlar deb ataladi. Kalkulyatsiya schyotlari korxona faoliyatida mahsulotlar, sotilgan tovarlar, bajarilgan ish va ko„rsatilgan xizmatlar tannarxini aniqlash uchun xarajatlar hisobini yuritishga mo„ljallangan. Taqqoslovchi schyotlar ayni bir muomalalar yoki korxonaning butun bir moliyaviy- xo„jalik faoliyatining natijasini aniqlash uchun ishlatiladi. Taqsimlovchi schyotlar. Bu schyotlar korxonaning ba‟zi bir xarajatlarini hisobga olish va ularni kalkulyatsiya ob‟ektlari yoki hisobot davrlari o„rtasida to„g„ri taqsimlash maqsadida qo„llaniladi Yig„ib taqsimlovchi schyotlar. Bu schyotlar ma‟lum xo„jalik jarayonidagi xarajatlarni bir oy davomida hisobga olish, bu xarajatlarni iqtsiodiy mazmuniga qarab, guruhlashtirish va ularni kalkulyatsiya obyektlari o„rtasida oldindan qabul qilingan biror bazisga nisbatan mutanosib ravishda taqsimlash uchun xizmat qiladi. Har bir xo„jalik operatsiyasi mablag„ning tuzilishida yoki manbaning tuzilishida yoki bir vaqtda ham mablag„da ham manbada bir xil summaga o„zgarishga olib keladi. Bunday o„zgarishlarni qayd qilish uchun buxgalteriya hisobida ikkiyoqlama yozuv usuli qo„llaniladi. Ikkiyoqlama yozuv shunday yozuvki, uning natijasida har bir xo„jalik operatsiyasining summasi schyotlarda ikki marotaba: bir schyot debetida va ayni vaqtda o„zaro bog„liq bo„lgan boshqa schyotning kreditida qayd qilinadi. Chunki xo„jalik operatsiyalari yuzaga keltiradigan o„zgarishlar ikkiyoqlama xususiyatga ega va hisobning ikki alohida schyotiga ta‟sir etadi. Balans schyotlari deb, balansda qatnashadigan schyotlarga aytilib, ular bo„yicha ikki yoqlama yozuv amalga oshiriladi. Tranzit schyotlar (T) - bu hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopiladigan Moliyaviy natijalar to„g„risidagi hisobotda aks ettiriladigan hisobot davri oxiriga qoldiqqa ega bo„lmaydigan daromadlar va xarajatlarning vaqtinchalik schyotlaridir. Balansdan tashqari schyotlar (BT) - bu korxonaga qarashli bo„lmagan, lekin vaqtinchalik tasarrufida bo„lgan, aktivlarning mavjudligi va harakati, shartli huquqlar va majburiyatlar haqidagi axborotni umumlashtirishga mo„ljallangan schyotlardir. Bu schyotlar boshqa schyotlar bilan o„zaro bog„lanmaydi va korxonaning hisobotida aks ettirilmaydi. Schyotlar rejasi - buxgalteriya hisobi tizimidagi axborotning umumiy tuzilishini, uning xo„jalik mexanizmiga muvofiq holda iqtisodiy tavsifini aniqlab beradi. O„zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining Milliy standarti 21-BHMS «Xo„jalik yurituvchi sub‟ektlarning moliyaviy - xo„jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo„llash bo„yicha yo„riqnoma» O„zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan qayd qilindi. Ushbu standart, byudjet muassasalari va banklardan tashqari, mulk shakllaridan qat‟iy nazar barcha xo„jalik yurituvchi sub‟ektlar tomonidan 2004 yil 1-yanvardan boshlab ijro etila boshladi. Банкдан олинган кредит кайтарилди. Иккиёклама ёзувда акс еттиринг? Банкдан жами 10 000 000 сўм кредит олинган. 5 000 000 туланди. Бунда асосий хисоб ракамда пул камаяди яни актив 5010 хисоб рақамда 5 000 000 сўмга камаяди ва Пассив 6710 ҳисоб рақамда ишчи ҳодимларни иш ҳақидан ҳақдорликлари 5 000 000 сўмга камаяди. Иккиёқлама ёзувда қуйидагича акс эттирилади. Кт 5110 5 000 000 ДТ 6810 5 000 000 Download 228.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling