1. Daraxtlarning ko‘ndalang kesim yuzalarini aniqlash Daraxtlarning balandlik darajasini aniqlash


DARAXT TURLARI VA ULARNING AREALLARI, GEOGRAFIK TARQALIShI, INTRODUKSIYaSI VA IQLIMLAShTIRISh


Download 140.19 Kb.
bet2/2
Sana30.04.2023
Hajmi140.19 Kb.
#1410120
1   2
Bog'liq
Daraxtlarning ko‘ndalang kesim yuzalarini aniqlash bo`yicha balandlik darajasini aniqlash

8. DARAXT TURLARI VA ULARNING AREALLARI, GEOGRAFIK TARQALIShI, INTRODUKSIYaSI VA IQLIMLAShTIRISh.

Turga biologiyada asosiy sistematik birlik sifatida qaraladi. Tur doimiy irsiy belgilarga ega bo‘lib, ularni avloddan-avlodga o‘tishini ta’minlaydigan organizmlar yig‘indisidan iboratdir. Daraxt-butalar, o‘simliklarni o‘rganishda va ularni amalda foydalanishda turning belgisi katta ahamiyatga egadir. Tur o‘simliklar sistematikasi geografiyasida, ularning yashab turgan muhitdagi hayotiy omillar bilan munosabatida hamda boshqa o‘simliklar bilan boglanishida, seleksiya va duragaylash ishlarida asosiy sistematik birlik hisoblanadi. Har bir o‘simlik turi ma’lum hududda tarqalgan bo‘lib, uning o‘sish maydoni uning areali deyiladi. Daraxt va buta turlarining arealida, xilma-xil sharoitlarda ularning turli shakllarini o‘zaro taqqoslab ko‘rsak, hamda tur hayotidagi tarixiy omillarni hisobga olsak, turlar arealida aniq belgilangan chegara bo‘lmasligiga amin bo‘lamiz. Masalan qarag‘ay turkumiga mansub sibir kedr qarag‘ayi u yerda bepoyon o‘rmonlar hosil qiladi, shu turkumga mansub kedr qarag‘ayi G‘arbiy Yevropa tog o‘rmonlarida uchraydi. Bu ikkala qarag‘ay turi morfologik jihatdan bir-biridan kam farq qiladi ya’ni Yevropa kedr qarag‘ayining qubbasi va urug‘i Sibir kedr qarag‘ayinikiga nisbatan maydaroq bo‘ladi. Ushbu misolda ikkita kedr qarag‘ayining turaro farqi kam bulishiga qaramay, yaxshi ajralib turadigan areali mavjudligini ko‘rishimiz mumkin. Qora qayining yevropa, fin, sibir va koreya turlarining areali bir-biri bilan qo‘shilib ketadi. Ushbu qora qayin turlari morfologik jihatdan bir-biridan kam farq qiladi. Qarag‘ayning oddiy va ilmoqli turlari Kavkaz hamda Qrimda o‘sadi. Ularning areali bir-biridan yaxshi ajralib turadi. Lekin ular ham morfologik jihatdan bir-biridan kam farq qiladi. Ilmoqli qarag‘ay issiqsevar bo‘lib shu biologik xususiyati bilan oddiy qarag‘aydan farq qiladi. K.Linney ko‘p sonli bo‘lgan o‘simliklar turini tasvirlagan bo‘lsada turga ta’rif bermagan. Ch.Darvin ham turning kelib chiqishi haqida nazariya yaratgan bo‘lsada, turga to‘liq ta’rif bermagan. Ch.Darvinning fikricha turlar bu bir-biriga o‘xshash o‘simliklar to‘dasidir. Qo‘ngir eman va qoya emanni ayrim botaniklar mustaqil tur deb hisoblasalar boshqalari ularni turcha deb hisoblaydi. Akademik V.L.Komarov «Uchenie o vide rasteniy» asarida shunday fikrlar bildiradi. O‘z-o‘zidan ma’lumki Darvin fikricha tur tarixiy hodisadir. Tur paydo bo‘ladi, rivojlanadi, so‘ng sharoit o‘zgarib yangi kuchliroq hayotchan organizmlar paydo bo‘lib qolsa, u o‘z o‘rnini almashtiradi va yo‘qotadi. K.A.Timiryazev o‘zining «Istoricheskoy metod v biologii» asarida tur haqida quyidagicha fiklarni bildiradi: «Shunday qilib oldimizda turgan masala shuki tur tabiiy tarixiy hodisa bo‘lib aniq tushunchami yoki haqiqiy faktmi? Ana shuni bilishimiz kerak. biz bunga quyidagicha javob berishimiz mumkin. Tur ma’lum kategoriya bo‘lib doimo o‘zgarib turadi».


V.L.Komarov tur hayotning bo‘lagi deb «Uning hayotda shakllari qanchalik xilma-xil bo‘lsa, yerning ma’lum qismida shunchalik ko‘p bo‘ladi. hayotning borishi tur hosil bo‘lishidan iborat, agar shunday bo‘lmasa hayot taraqqiy etmas edi. Boshqacha qilib aytganda tur tabiatda hayotning borishidir va bu albatta haqiqiy obektiv faktdir. Tur doimo harakatda bo‘ladi va o‘zgarib turadi. Shuning uchun turni yerdagi hayotning shakli sifatida aniqlashda uning barcha xususiyatlarini va o‘zgarib turishini hisobga olish zarur». Turni mohiyatini tushunishga harakat qilgan V.L.Komarov dialektika qonunlari asosida turga quyidagicha ta’rif beradi: Umumiy boshlang‘ichdan kelib chiqqan va tashqi sharoit ta’sirida hamda yashash uchun kurashda tanlangan bo‘ginlar yig‘indisi tur demakdir. Tur evolyusion jarayonning ma’lum bosqichidir. Ushbu ta’rif organizmning tashqi muhit omillari va boshqa organizmlar bilan munosabatini o‘z ichiga oladi.

2-rasm. G‘arbiy Tyan-Shanda oddiy qarag‘ayning madaniy o‘rmoni



Demak yuqorida bildirilgan fikrlarga ko‘ra turni bir xil o‘zgarmas deb tushunish xato bo‘lib, tur doimo o‘zining evolyusion rivojlanish jarayonida o‘zgarib turadigan va xilma - xil shakllarni hosil qiladigan hayotiy shakl sifatida qaralishi kerak. Turning o‘zgarishida asosiy rolni tashqi muhit omillari o‘ynaydi. Muhit sharoitining o‘zgarishi va bu o‘zgarishning organizmga ta’siri natijasida turga xos yangi belgilar doimiy ravishda paydo bo‘lib turadi. Daraxt va buta turlari yer yuzida geografik sharoitlarga tarixiy sabablarga, boshqa organizmlar bilan munosabatga va inson ta’siriga ko‘ra muayyan qonuniyat asosida tarqalgan. Yer yuzida ekologik omillar iqlim, issiqlik, namlik, yoruglik va boshqa omillari zonal taqsimlangan va shunga ko‘ra o‘simlik dunyosi va tuproq tiplari ham gorizontal ravishda zonal joylashgan. O‘simlik turlarini yer yuzida taqsimlanishi ularni biologik, ekologik ko‘payishi va tarqalish xususiyatlariga hamda tashqi muhit sharoitlariga bogliq. Tashqi muhit omillari doimiy o‘zgarib turadi va bu hol o‘simliklar tarqalishiga ta’sir etadi. Ushbu ta’sir aktiv yoki passiv ko‘rinishda bo‘ladi. Inson faoliyati ham ularning tarqalishiga kuchli ta’sir etadi va o‘simlik arealini o‘zgartirib yuboradi. Yer yuzida yuzaga kelgan tabiiy zonalar o‘zining o‘simlik dunyosi, iqlimi, faunasi va tuproq qoplami bilan xarakterlanadi. MDH territoriyasida 7 ta tabiiy zona bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: tundra zonasi, o‘rmon-tundra zonasi, o‘rmon zonasi, o‘rmon-dasht zonasi, dasht zonasi, dasht-cho‘l zonasi va cho‘l zonasi. Shimoldan janubga borgan sari bu gorizontal zonalar bir-biri bilan almashinadi. Bu xil gorizontal zonallikdan tashqari tog‘lik rayonlarda vertikal zonallik (poyaslik) kuzatiladi. Bunda muayyan tog balandligida, shu balandlik uchun xos bo‘lgan iqlim sharoitlari mavjud bo‘lib, ularda o‘ziga xos daraxt va buta o‘simliklar hamda tuproq tiplari rivojlanadi, tog‘da balandlik ko‘tarilgan sari dendroflora tarkibi ham o‘zgaradi.
Toqqa har 100 m ko‘tarilganda o‘rtacha havo xarorati 0,6-1oS ga pasayib boradi, ya’ni dengiz sathidan tokka ko‘tarilishda harorat pasayadi., quyosh radiatsiyasi oshadi, namlik miqdori ko‘payadi. Bu kabi o‘zgarishlar albatta dendroflora vakillarini xilma-xilligini ta’minlaydi. Dendroflorani xilma-xilligi tog‘ yonbag‘irlari ekspozitsiyasiga ham bog‘liqdir. Shimoliy, shimoliy g‘arbiy, shimoliy sharqiy yonbag‘irlarida ya’ni tog‘ning soya va salqin tomonida, quyosh nuri tik tushadigan janubiy tog‘ yonbag‘irlariga nisbatan o‘rmon qalin bo‘ladi va dendrologik tarkibi ham boy bo‘lib, bu o‘z navbatida tuproq hosil bo‘lish jarayonlariga ijobiy ta’sir etadi., unumdor jigarrang tog‘ tuproqlarini bunyodga keltiradi. O‘simlik turlari tarqalgan va egallab olgan xudud areal deb ataladi. Tur katta materikni yoki biror qismini egallashi mumkin. Shunga ko‘ra o‘simliklar areali katta va kichik bo‘lishi mumkin. Odatda areal keng turlar areali tor turlarga nisbatan kam uchraydi. O‘simlik areallarini katta kichikligiga qarab ular 4 ga bo‘linadi: kosmopolit, keng areal, tor areal va endemik arealga ajratiladi.
Kosmopolit arealli o‘simliklar – bu arealni hosil qiluvchi turlar tabiiy zonalarda tarqalgan bo‘lib, bir necha materikni egallaydi. O‘tgan geologik davrlarda, jumladan toshko‘mir davrida yer yuzida iqlim bir xil bo‘lib, o‘simliklar tarkibi ham bir xil bo‘lgan. Hozir yer yuzida iqlim sharoitlari xilma-xil bo‘lib, dendroflora tarkibi ham shunga ko‘ra turli mamlakatlarda turlichadir. Bunday sharoitlarda ayrim dendroflora vakillarigina moslashib tarqala olishi mumkin. Daraxtlar ichida ko‘p tarqalgan va kosmopolit areal hosil qiladigan turlar yo‘q, asosan u ko‘p yillik o‘t o‘simliklarga xosdir. Masalan qamish, qoqio‘t yer yuzida keng tarqalgan bo‘lib, kosmopolit arealga egadir.
Keng arealli o‘simliklar – bu xil areal hosil qiluvchi turlar bir necha materikni va ular oralig‘idagi bir necha zonani ishg‘ol qiladi. Bunday keng arealli daraxt turlariga oddiy qarag‘ay, tog‘ terak, so‘galli qayin misol bo‘lishi mumkin.
Tor arealli o‘simliklar – biror materikning ma’lum qisminigina ishg‘ol qiladi. Bunlarga qoraqayin, shum, grab va zarnab turlari kiradi.
Endemik turlar areali – daraxtlar egallagan hudud nihoyatda cheklangan bo‘ladi. Ular faqatgina ma’lum bir geografik zonada o‘sadi, ularga kavkaz qoraqarag‘ayi, va kavkaz oqqorag‘ayi misol bo‘ladi. Ushbu ninabargli daraxt turlari kavkaz tog‘larining g‘arbiy qismidagina tarqalgan. Xandon pista ham Markaziy Osiyo respublikalari va Eronning tog‘ etaklarida qurg‘oqchil lalmi yerlarda keng tarqalgan. Eldor va pisundiya qarag‘ayi ham Kavkazning kichik hududlarida tarqalgan. Maftunkor oqqarag‘ay Kamchatka yarim orolining sharqiy qismidagina o‘sadi. Umuman endemik turlar tog‘ rayonlari va orollarda ko‘proq tarqalgan.
Ba’zi bir daraxt va buta o‘simliklar faqat ma’lum sharoitlardagina o‘sishi mumkin, ular o‘z areallaridan tashqarida faqat boshqa sharoitlarga tushib qolishsa moslasha olishmaydi va nobud bo‘lishadi. Masalan botqoqliklarda, qumliklarda, suvda, sho‘rxok yerlarda o‘sishga moslashgan daraxt-buta turlari boshqa sharoitlarda o‘sa olmaydilar. O‘simlik arealining markazida tur shakllarining xilma-xilligi kamroq areal chegaralarida ko‘payadi. Masalan eman, shum, arg‘uvon, qoraqarag‘ay o‘z arealning janubiy va shimoliy chekkalarida faqat ayrim qismlarida uchraydi. O‘simliklar areali yaxlit, alohida-alohida va lentasimon bo‘ladi. Agar daraxt turi biror hududda paydo bo‘lib, bir tekis tarqalib, yaxlit hududni ishg‘ol etsa, yaxlit areal deyiladi. Agar tur tarqalgan maydon ikkita yoki undan ortiq qismga bo‘linib ketsa, yoki shu tur bir-biridan alohida chegaralangan hududlarda joylashgan bo‘lsa, u alohida areal deyiladi. Masalan qarag‘ayning areali Kavkazning janubiy qismida orollar shaklida joylashgan bo‘lib, yana alohida sharqiy Kavkazda ham uchraydi. Kedr qarag‘ayi Sibirning deyarli hamma qismida uchrab, MDH ning yevropa qismida o‘rmon zonasining shimoliy sharqigacha kirib boradi, so‘ngra alohida Yevropa g‘arbidagi tog‘larda ham kichik xududlarda o‘sadi.
Daraxt va buta o‘simliklarining hozirgi areali quyidagi sabablarga ko‘ra shakllangan.

  1. Yer yuzining geologik o‘zgarishi, dengizlar, tog‘larning paydo bo‘lishi, iqlimning o‘zgarishi, muzliklarning paydo bo‘lishi.

  2. Hayvonlarning muayyan turlarni ozuqa sifatida iste’mol qilishi.

  3. O‘simliklarning qushlar yordamida va shamol vositasida tasodifan uzoq rayonlarga, o‘z arealidan ancha chetda tarqalishga ko‘ra uzilib qolishi.

  4. Arealni uzilib alohida bo‘lib qolishiga inson faoliyati ham ta’sir qilishi mumkin. Inson doimo o‘zi uchun foydali o‘simliklarni bir geografik zonadan ikkinchi geografik zonaga ko‘chiradi va tarqatadi. Oq akatsiya, virgin archasi, moviy qoraqarag‘aylar, kofe, geveya gvozdika, kakao daraxtlari bunga misol bo‘ladi.

Arealning har xil qismida tur bir-biridan ajralib qolsa, yangi bo‘lgan sharoitlarda o‘sib rivojlanaversa yangi turlar vujudga keladi. Bunday yangi turlar almashinuvchi turlar deyiladi. Agarda o‘simlik o‘sib turgan sharoitlar o‘zgarib qolsa ham, shunday qonuniyat kuzatiladi.
Lentasimon arealni asosan daryo qirg‘oqlari bo‘ylab o‘sadigan o‘simliklar hosil qiladi. Bunga Amudaryo va Sirdaryo to‘qay o‘rmonlarida o‘suvchi turanga, qora terak, jiyda, jing‘il hamda tollar misol bo‘lishi mumkin.
Inson ongli hayot kechira boshlagan davrlardan boshlab,tabiatda o‘zining ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat, dorivorlik ahamiyatiga ega bo‘lgan foydali o‘simliklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib, yangi sharoitlarda o‘stirib, ko‘paytirgan hamda foydalangan. O‘tgan 200 yillik davrda bu ish shu qadar avj oldiki, yovvoyi holda o‘sib yotgan ko‘p o‘simliklarni madaniylashtirilib o‘stirish boshlandi, ularning qimmatli navlari yaratildi. Inson doimo o‘simliklar orasidan yirik mevali, o‘zini ehtiyojini qondira oladigan qimmatli shakllarni saralab, tanlab olib, payvand qilib ko‘paytirgan.


Xulosa
Daraxt va buta turlarining arealida, xilma-xil sharoitlarda ularning turli shakllarini o‘zaro taqqoslab ko‘rsak, hamda tur hayotidagi tarixiy omillarni hisobga olsak, turlar arealida aniq belgilangan chegara bo‘lmasligiga amin bo‘lamiz. Masalan qarag‘ay turkumiga mansub sibir kedr qarag‘ayi u yerda bepoyon o‘rmonlar hosil qiladi, shu turkumga mansub kedr qarag‘ayi G‘arbiy Yevropa tog o‘rmonlarida uchraydi. Bu ikkala qarag‘ay turi morfologik jihatdan bir-biridan kam farq qiladi ya’ni Yevropa kedr qarag‘ayining qubbasi va urug‘i Sibir kedr qarag‘ayinikiga nisbatan maydaroq bo‘ladi. Ushbu misolda ikkita kedr qarag‘ayining turaro farqi kam bulishiga qaramay, yaxshi ajralib turadigan areali mavjudligini ko‘rishimiz mumkin. Qora qayining yevropa, fin, sibir va koreya turlarining areali bir-biri bilan qo‘shilib ketadi. Ushbu qora qayin turlari morfologik jihatdan bir-biridan kam farq qiladi. Qarag‘ayning oddiy va ilmoqli turlari Kavkaz hamda Qrimda o‘sadi. Ularning areali bir-biridan yaxshi ajralib turadi. Lekin ular ham morfologik jihatdan bir-biridan kam farq qiladi. Ilmoqli qarag‘ay issiqsevar bo‘lib shu biologik xususiyati bilan oddiy qarag‘aydan farq qiladi. K.Linney ko‘p sonli bo‘lgan o‘simliklar turini tasvirlagan bo‘lsada turga ta’rif bermagan. Ch.Darvin ham turning kelib chiqishi haqida nazariya yaratgan bo‘lsada, turga to‘liq ta’rif bermagan. Ch.Darvinning fikricha turlar bu bir-biriga o‘xshash o‘simliklar to‘dasidir. Qo‘ngir eman va qoya emanni ayrim botaniklar mustaqil tur deb hisoblasalar boshqalari ularni turcha deb hisoblaydi. Akademik V.L.Komarov «Uchenie o vide rasteniy» asarida shunday fikrlar bildiradi. O‘z-o‘zidan ma’lumki Darvin fikricha tur tarixiy hodisadir. Tur paydo bo‘ladi, rivojlanadi, so‘ng sharoit o‘zgarib yangi kuchliroq hayotchan organizmlar paydo bo‘lib qolsa, u o‘z o‘rnini almashtiradi va yo‘qotadi. K.A.Timiryazev o‘zining «Istoricheskoy metod v biologii» asarida tur haqida quyidagicha fiklarni bildiradi: «Shunday qilib oldimizda turgan masala shuki tur tabiiy tarixiy hodisa bo‘lib aniq tushunchami yoki haqiqiy faktmi? Ana shuni bilishimiz kerak. biz bunga quyidagicha javob berishimiz mumkin. Tur ma’lum kategoriya bo‘lib doimo o‘zgarib turadi».
Download 140.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling