1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari darsning maqsadi


-dars 2-§. ORGANIK MODDALARNING TUZILISH NAZARIYASI Darsning maqsadi


Download 0.9 Mb.
bet2/96
Sana19.09.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1681630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Bog'liq
1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga

2-dars 2-§. ORGANIK MODDALARNING TUZILISH NAZARIYASI

  1. Darsning maqsadi:Ta’limiy maqsad: FK1,FK2

a)Rivojlantiruvchi maqsad; TK2, TK3, TK6
b)Tarbiyaviy maqsad; TK4 ,TK5

  1. Dars turi:Aralash dars

  2. Dars usuli:Aralash Fikrlar hujum.

  3. Dars jihozi:

a)Darslik
b)Tarqatmalar.

  1. Tashkily qism;

a)Salomlashish
b)Yo’qlama
c)Siyosiy daqiqa

  1. O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish.

1. Quyidagi keltirilgan fikrni davom ettiring: Organik birikmalarning
suyuqlanish va parchalanish harorati anorganik birikmalarga
nisbatan ….
A) yuqori B) past
C) farq qilmaydi D) ayrimlari past, ayrimlari yuqoridir
2. Quyidagi keltirilgan fikrni davom ettiring: Organik reaksiyalar anorganik
moddalar orasidagi reaksiyalarga nisbatan sekin boradi. Chunki organik
birikma …. bo‘g‘lar orqali bog‘langan.
A) ion B) vodorod
C) kovalent D) metall
3. Qaysi olimlar sirka kislotani sintez qilishgan?
A) M.Bertole va A.M.Butlerov B) Franklend va A.V.Kolbe
C) F.Vyoler va N.N.Zinin D) Kekule va Kuper
4. n-butanning izomerlar sonini aniqlang.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
5. 1854-yili fransuz kimyogari M. Bertlo qaysi moddani olgan?
A) karbon kislotani B) yog‘ni C) murakkab efirni D) spirtni

  1. Darsning bayoni.

Rus olimi A.M.Butlerov organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasini
taklif etdi. Ushbu nazariya quyidagicha ta’riflanadi:
Murakkab zarrachaning kimyoviy tabiati uning tarkibini tashkil
etuvchi moddiy zarrachalarning tabiati, ularning miqdori va
kimyoviy tuzilishi bilan belgilanadi.
Ushbu nazariyadan kelib chiqadigan xulosalar quyidagilardan iborat:
1. Organik moddalarning molekulasini hosil qilgan hamma atomlar
o`z valentliklariga mos ravishda ma’lum izchillikda birikkan. Molekulada
atomlarning bunday izchillikda birikishi kimyoviy tuzilish deyiladi.
Organik birikmalarda uglerod atomi IV, vodorod atomi I, kislorod atomi II
valentliklarni namoyon qiladi.
2. Moddalarning xossalari uning molekulasi tarkibida qanday atomlar
va qancha miqdorda bo‘lishigagina emas, balki ularning qanday tartibda
birikkanligiga ham bog‘liq bo`ladi. Tuzilish nazariyasining bu qoidasi, or8
ganik kimyoda ko‘p uchraydigan izomeriya hodisasining mohiyatini tushuntirib
beradi.
CH3 CH2 OH etanol (spirt)
CH3 O CH3 oddiy efiri dimetil efir
3. Berilgan moddaning xossalarini o‘rganish natijasida uning molekulyar
tuzilishini aniqlash, molekulasining tuzilishini bilish orqali esa uning
xossalarini oldindan aytib berish mumkin.
A. M. Butlerovga qadar molekulaning tuzilishini aniqlab bo‘lmaydi, deb
hisoblanar edi. Ko‘pchilik olimlar hatto molekulada atomlar real mavjudligini
inkor etar edilar. A. M. Butlerov bu fikrlarni noto‘g‘ri ekanligini isbotlab berdi.
U moddalarning xossalarini o‘rganish orqali molekulaning tuzilishini, aksincha
molekulaning tuzilishi orqali ba’zi kimyoviy xossalarini avvaldan aytib
berish mumkinligini amalda ko‘rsatib berdi.
4. Modda molekulasidagi atomlar va atomlar guruhi o‘zaro bir-biriga
ta’sir etadi.
Bizga molekulasi tarkibida bir xil guruh bo‘lgan, lekin turli xossalarga ega
bo‘lgan moddalar ma’lum. Misol uchun, C2H5OH, NaOH, CH3COOH larda
gidroksil guruhlar mavjud.
Uglerod atomlari o‘zaro bog‘ hosil qilganda bog‘lovchi elektron juftlar biror-
bir atom tomon siljimaydi. Sababi uglerod atomlarini elektromanfiyliklari
qiymati bir xilligidir (2,5 ga teng). C2,5 C2,5
Shu sababli, uglerod atomlarining oksidlanish darajasi 0 ga teng bo‘ladi.
Tushunish oson bo‘lishi uchun kimyoviy bog‘lanishlarda elektronni siljishini
strelka bilan ko‘rsatamiz. Strelka yo‘nalishi elektromanfiyligi katta
bo‘lgan elementga qaragan bo‘ladi. Shartli ravishda har bir chiziq yoki strelka
bitta begona elektronni atomga yaqinlashgani yoki uzoqlashganini ko‘rsatadi.
Shularni arifmetik hisoblash asosida atomlarni oksidlanish darajasi aniqlanadi.

  1. Yangi mavzuni mustahkamlash: Klaster, aqliy hujum usulidan foydalanish.

Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. Organik birikmalarda C; O; H atomlari qanday valentliklarni namoyon
qiladi?
2. C2H5OH ning suvli eritmasiga lakmus qog`oz tushurilganda uning rangi
qanday o`zgaradi? NaOH eritmasiga tushirilgandachi?
3. Probirkaga 10ml sirka kislotasi solinib, unga metil zarg`aldog`i indikatoridan
tomizilganda suyuqlik rangi qanday o`zgaradi?
4. 2 mol natriy etilat tarkibidagi atomlar sonini toping.
5. Etan (C2H6) tarkibidagi uglerod atomlarining oksidlanish darajasi
yig`indisini toping.



  1. Uyga vazifa: Mavzuga doir topshiriqlarga javob toppish.




Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling