1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari darsning maqsadi
-DARS 5-§. ALKANLARNING UMUMIY FORMULASI VA GOMOLOGIK QATORI. RATSIONAL NOMENKLATURA I.Darsning maqsadi
Download 0.9 Mb.
|
1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga
- Bu sahifa navigatsiya:
- TK2 Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
- TK3 O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
- TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiya
5-DARS 5-§. ALKANLARNING UMUMIY FORMULASI VA GOMOLOGIK QATORI. RATSIONAL NOMENKLATURA
I.Darsning maqsadi:Ta’limiy maqsad: FK1. Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi FK 2. Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi a)Rivojlantiruvchi maqsad; TK2 Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. TK3 O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi. b)Tarbiyaviy maqsad; TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. II.Dars turi:Aralash dars III.Dars usuli:Aralash Fikrlar hujum. IV.Dars jihozi: a)Darslik b)Tarqatmalar. V.Tashkily qism; a)Salomlashish b)Yo’qlama c)Siyosiy daqiqa VI.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish. 1. Tarkibida CO guruhi bor bo`lgan birikmalar qanday nomlanadi? A)nitrobirikmalar B)yog`lar C)oksobirikmalar D)spirtlar 2. Azot saqlovchi organik birikmalar keltirilgan qatorni toping. 1) Alkanlar 2) Aminlar 3) Alkenlar 4) Sikloalkanlar 5) Monosaxaridlar 6) Oqsillar 7) Alkadiyenlar 8) Nitrobirikmalar A)1,3,6 B)2,6,8 C)1,4,5 D)2,4,7 3. Metilamin tarkibidagi uglerod atomining oksidlanish darajasini toping. A)0 B)-2 C)+3 D)-3 4. Metiletilamin molekulasidagi σ bog`lar sonini toping. A)13 B)12 C)10 D)9 5. Faqat organik birikmalar uchun xos bo`lgan reaksiya turlarini belgilang. A) birikish; ajralish C) polimerlanish; polikondensatlanish B) polimerlanish; almashinish D) birikish; polimerlanish. Darsning bayoni Alkanlar CnH2n+2 umumiy formulaga ega bo‘lib, ularni tarkibidagi barcha uglerod atomlari faqat σ (sigma) bog‘ orqaligina bog‘langan bo‘ladi. Tarkibidagi barcha C atomlari o‘zaro faqat σ (sigma) bog‘lar vositasida bog‘langan uglevodorodlarga to‘yingan uglevodorodlar deyiladi. To`yingan uglevodorodlarga alkanlar va sikloalkanlar kiradi. Alkanlar ochiq zanjirli, sikloalkanlar esa yopiq zanjirli to`yingan uglevodorodlardir. 22 Bir sinfga kiruvchi xossalari o‘xshash bo‘lgan, tarkibi bir-biridan – CH2– guruh bilan farq qiladigan birikmalar gomologlar deyiladi. Gomologlar keltirilgan qatorni gomologik qator deyiladi. Formulasi Nomi CH4 Metan C2H6 Etan C3H8 Propan C4H10 Butan C5H12 Pentan Formulasi Nomi C6H14 Geksan C7H16 Geptan C8H18 Oktan C9H20 Nonan C10H22 Dekan Alkanlarning gomologik qatori: 23 Fomulasi Nomi CH3 Metil CH3 CH2 Etil CH3 CH2 CH2 Propil CH3 CH CH3 Izopropil CH3 CH2 CH2 CH2 Butil CH3 CH CH3 CH2 Izobutil Radikallar formulasi va nomi To‘yingan uglevodorodlar molekulasidan bitta vodorod atomi tortib olinsa, tegishli uglevodordlarning radikallari hosil bo‘ladi. Radikallarning umumiy formulasi CnH2n+1 bo‘lib, radikal nomi to‘yingan uglevodorod nomidagi «an» qo‘shimchasi o‘rniga «il» qo‘shimchasi qo‘shish bilan hosil bo‘ladi. Masalan: CH4-metan CH3- metil C2H6-etan C2H5- etil Yangi mavzuni mustahkamlash: Klaster, aqliy hujum usulidan foydalanish. Mavzuga oid masala va mashqlar. 1. Faqat alkanlar formulasi keltirilgan qatorni ko‘rsating. 1.C2H4, C7H12, C6H14 3.C4H10, C2H6, C5H12 2.C3H8, C4H6, C2H2 4.C2H2, C5H12, C4H6 2. Geptan hamda oktan tarkibidagi C–C hamda C–H bog‘lar sonini mos ravishda aniqlang. 4. Quyidagi moddalarning struktura formulasini yozing 1) metiletilizopropil metan; 2) dietilpropil metan; 3) dimetiletilbutil metan; 4) propilizopropil metan Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling