1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari darsning maqsadi
DARS 9-mavzu SIKLOALKANLAR. NOMENKLATURASI. IZOMERIYASI. OLINISHI I.Darsning maqsadi
Download 0.9 Mb.
|
1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga
- Bu sahifa navigatsiya:
- TK2 Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
- TK3 O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
- TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiya
11. DARS 9-mavzu SIKLOALKANLAR. NOMENKLATURASI.
IZOMERIYASI. OLINISHI I.Darsning maqsadi:Ta’limiy maqsad: FK1. Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi FK 2. Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi a)Rivojlantiruvchi maqsad; TK2 Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. TK3 O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi. b)Tarbiyaviy maqsad; TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. II.Dars turi:Aralash dars III.Dars usuli:Aralash Fikrlar hujum. IV.Dars jihozi: a)Darslik b)Tarqatmalar. V.Tashkily qism; a)Salomlashish b)Yo’qlama c)Siyosiy daqiqa VI.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish. 1. Faqat alkanlar formulasi keltirilgan qatorni ko‘rsating. 1.C2H4, C7H12, C6H14 3.C4H10, C2H6, C5H12 2.C3H8, C4H6, C2H2 4.C2H2, C5H12, C4H6 2. Geptan hamda oktan tarkibidagi C–C hamda C–H bog‘lar sonini mos ravishda aniqlang. 3. Quyidagi moddalarning struktura formulasini yozing 1) metiletilizopropil metan; 2) dietilpropil metan; 3) dimetiletilbutil metan; 4) propilizopropil metan 4. Propanni tarkibidagi uglerodning massa ulushini (%) aniqlang. 5. Tarkibida 82,75% uglerod (massa jihatidan) bor bo‘lgan alkanni empirik formulasini aniqlang. VII. Darsning bayoni Biz ko‘rib o‘tgan atomlari ochiq zanjir hosil qiladigan to‘yingan uglevodorodlar- alkanlardan tashqari yopiq zanjirli, siklik tuzilishga ega bo‘lgan uglevodorodlar ham bor ular sikloalkanlar deb ataladi. Sikloalkanlar quyidagi umumiy formulaga ega СnН2n. Sikloalkanlar tegishli alkanlardan molekulasi tarkibida 2 ta vodorod atomi kamligi bilan farq qiladi. Mana shu atomlarning ajralib chiqishi hisobiga uglerod halqasi yopiladi, buni sxematik tarzda quyidagicha ko‘rsatish mumkin: Nomlanishi va izomeriyasi. Sikloalkanlarning nomi sistematik nomenklatura bo‘yicha tegishli to‘yingan uglevodorodlarning nomi oldiga «siklo» so‘zini qo‘shib o‘qishdan hosil bo‘ladi. Alkan formulasi Alkan nomi Sikloalkan nomi Sikloalkan formulasi C3H8 Propan Siklopropan C3H6 C4H10 Butan Siklobutan C4H8 C5H12 Pentan Siklopentan C5H10 C6H14 Geksan Siklogeksan C6H12 Sistematik nomenklatura bo‘yicha sikloalkanlarni nomlashda quyidagi qoidalarga amal qilinadi: 1. Asosiy zanjir sifatida halqa olinadi. 2. Halqadagi uglerod atomlari raqamlanadi. 3. Yonaki zanjirdagi radikallar joylashgan o`rni raqam bilan ko`rsatiladi. 4. Avval halqadagi nechinchi uglerod bilan bog‘langanligi ko‘rsatilgan holda radikallar nomi aytiladi va asosiy zanjir (uglevodorod halqasi) nomini aytish bilan modda nomlanadi. Izomeriyasi – halqadagi uglerod soni va radikallar joylashgan o‘rniga ko‘ra hosil bo‘ladi. Sikloalkanlarda izomeriya siklobutandan boshlanadi. Olinishi. 1 Sikloalkanlar laboratoriyada to‘yingan uglevodorodlarning digalogenli hosilalariga metallar ta’sir ettirib olinadi. 2. Benzol va uning gomologlarini gidrogenlab siklogeksan va uning gomologlari olinadi. VII. Mustahkamlash:Mavzuga oid masala va mashqlar. 1. C5H10 formulasiga mos keluvchi sikloalkanlar struktur formulasini yozing va nomlang. 2. To‘yingan uglevodorodning 226 g dixlorli hosilasiga natriy metali ta’sir ettirilganda 234 g NaCl hosil bo‘lsa,sikloalkan nomini aniqlang? 3. To‘yingan uglevodorodni degidrogenlaganda siklopentan hosil bo‘lsa, to‘yingan uglevodorod molekulyar massasini hisoblang va izomerlarini yozib ko‘rsating. IX. Uyga vazifa. 4. Necha gramm va qaysi aromatik uglevodorodni gidrogenlab 29,4 g metilsiklogeksanni hosil qilish mumkin? 5. Tarkibi C6H12 bo’lib, asosiy zanjirda 4 ta uglerod atomi bor bo’lgan moddaning izomerlarini yozib ko’rsating. 6. Tarkibida 6 g vodorod bo‘lgan siklobutan qanday hajmni (l n.sh.) egallaydi? 7. 44,8 l (n.sh.) siklopropan tarkibidagi C atomining massasini toping? 12-DARS . SIKLOALKANLARNING FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALARI Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling