1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari darsning maqsadi
Download 0.9 Mb.
|
1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga
- Bu sahifa navigatsiya:
- TK2 Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
- TK3 O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
- TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiya
- II.Dars turi
10-dars. Mavzu: Nazorat ishi 1
I.Darsning maqsadi:Ta’limiy maqsad: FK1. Organik birikmalarning umumiy va oddiy vakilini tuzilish formulasi, gamologlari, izomerlarining travial, IYuPAK, ratsional nomlarini yozma va og‘zaki ifodalay oladi; organik birikmalarning fizik va kimyoviy xossalarini, ularning olinishiga oid reaksiyalar tenglamalarini yoza oladi; a)Rivojlantiruvchi maqsad; TK2 Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. TK3 O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi. b)Tarbiyaviy maqsad; TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. II.Dars turi:Nazorat dars III.Dars usuli:guruhlar asosida test va yozma ish. IV.Dars jihozi: a)Tarqatmalar. V.Tashkily qism; a)Salomlashish b)Yo’qlama c)Siyosiy daqiqa VII. Dars bayoni: 1-variant 1. Faqat alkanlar formulasi keltirilgan qatorni ko‘rsating. 1.C2H4, C7H12, C6H14 3.C4H10, C2H6, C5H12 2.C3H8, C4H6, C2H2 4.C2H2, C5H12, C4H6 2. Geptan hamda oktan tarkibidagi C–C hamda C–H bog‘lar sonini mos ravishda aniqlang. 3. Quyidagi moddalarning struktura formulasini yozing 1) metiletilizopropil metan; 2) dietilpropil metan; 3) dimetiletilbutil metan; 4) propilizopropil metan 4. Propanni tarkibidagi uglerodning massa ulushini (%) aniqlang. 5. Tarkibida 82,75% uglerod (massa jihatidan) bor bo‘lgan alkanni empirik formulasini aniqlang. 2-variant 1. 2-metilbutandagi birlamchi uglerod atomlari sonini toping. 2. 2,2-dimetilpentanning struktur formulasini yozing. 3. 2,3-dimetilbutanning struktur formulasini yozing va nechta uchlamchi va birlamchi uglerod atomlari borligini ko’rsating. 4. Ikki mol propandagi uglerod atomlari miqdorini (mol) toping. 5. 0,25 mol alkan tarkibida 12,04·1023 ta vodorod atomi bo‘lsa, ushbu alkanning nomini toping. 3- variant 1. Izomeriya tusuhunchasi kimyo faniga kim tomonidan kiritilgan? A) A.M Butlerov B) I.Berselius C) F.Vyoller D) N.N.Zinnin 2. A.M Butlerov formulasi C5H12 bo‘lgan pentanni o‘rganib, shu tarkibga to‘g‘ri keladigan necha xil modda bo‘lishi mumkinliginini aniqladi? A) 2 B) 3 C) 9 D) 7 3. Molekuladagi atomlar soni ortib borishi bilan…? A) izomerlar soni kamayib boradi B)izomerlar soni ortib boradi C)izomerlar soni o‘zgarmaydi 4.Uglerod atomlari bir-birlari bilan bog‘lanib tarmoqlangan yoki tarmoqlanmagan zanjirlarni hosil qilishi qaysi izomeriya turiga xos? A) holat izomeriyasi B) geometrik izomeriya C) tuzilish yoki zanjir izomeriyasi D) sinflararo izomeriya 5. Funksional guruhning asosiy uglerod zanjiridagi boshqa uglerod atomiga bog‘lanib kelishi bilan bog‘liq izomeriya qanday nomlanadi? A) holat izomeriyasi B) geometrik izomeriya C) tuzilish yoki zanjir izomeriyasi D) sinflararo izomeriya 6. Geometrik (sis-trans) izomeriya hosil qilishda qaysi bog‘ qatnashadi? A) Uglerod va ugerod atomlari o‘rtasidagi π bog‘ B) Uglerod va voforod atomlari o‘rtasidagi σ bog‘ C) Uglerod va uglerod atomlari orasidagi σ bog‘ D) Uglerod va vodorod atomlari orasidagi π bog‘ 7. 1824-yilda F.Vyoler oksalat kislotani qanday moddadan sintez qilib oldi? A) ammoniy sianatdan B) ditsiandan C) chumoli kislotadan D) atsetilendan 8. 1828-yilda qaysi olim ammoniy sianiddan mochevinani sintez qilgan? A) F.Vyoler B) M.Bertole C) A.M.Butlerov D) N.N.Zinin 9. Organik birikmalar yondirilganda qanday moddalar hosil bo‘ladi? A) vodorod va kislorod B) karbonat angidrid va suv C) karbonat angidrid va vodorod D) is gazi va suv l IX. Uyga vazifa: berilgan topshiriqlar asosida mustahkamlash Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling