1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari darsning maqsadi


FK2 Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi


Download 0.9 Mb.
bet72/96
Sana19.09.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1681630
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   96
Bog'liq
1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga

FK2 Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi: Organik birikmalarning umumiy va oddiy vakilini tuzilish formulasi, gamologlari, izomerlarining travial, IYUPAK, ratsional nomlarini yozma va og‘zaki ifodalay oladi; organik birikmalarning fizik va kimyoviy xossalarini, ularning olinishiga oid reaksiyalar tenglamalarini yoza oladi; moddalarni tozalash usullari, texnika va turmushda ishlatiladigan kimyoviy moddalar bilan ishlash qoidalarini, ulardan foydalanishda ekologik madaniyatni biladi va amaliyotda qo‘llay oladi. FK3 Kimyoviy tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi: Organik birikmalarga oid masalalarni yecha oladi, ularning laboratoriya sharoitida tarkibini o‘rganish, olish usullariva xossalarini o‘rganishga oid amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari tajribalarini bajara oladi; kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlari, mahalliy ekologik muammolarni tushuna oladi; kimyo fanining nazariy asoslarini kundalik turmush va kasbiy sohalarga tatbiq eta oladi.
a)Rivojlantiruvchi maqsad; TK2 Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
TK3 O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
b)Tarbiyaviy maqsad; TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiyavatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
II.Dars turi:Aralash dars
III.Dars usuli:Aralash Fikrlar hujum.
IV.Dars jihozi:
a)Darslik
b)Tarqatmalar.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling