1-dars sana: 9-sinf Mavzu: Molekular –kinetik nazariya haqida tushuncha Darsning maqsadi


Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi


Download 5.24 Mb.
bet111/117
Sana09.11.2023
Hajmi5.24 Mb.
#1759504
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   117
Bog'liq
1-dars sana 9-sinf Mavzu Molekular –kinetik nazariya haqida tu

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza olish, formulalardan foydalanib, masalalar yecha olish; inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalanish.
Dars turi: yangi bilim berish
Dars uslubi: suhbat, savol – javob
Dars jihozi: darslik, ko’rgazmalar, rasmlar
Dars rejasi:
1. Tashkiliy qism (3 minut).
2. O’tilgan mavzuni eslash (15 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (18 minut).
4. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol-javoblar (5 minut).
5. O’quvchilarni baholash (4 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut)
Darsning borishi

          1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.

2. O'tilgan mavzuni takrorlash:

  1. Olamning mexanik manzarasi qanday elementlardan tashkil topgan?

  2. Olamning mexanik va elektromagnit manzaralari orasidagi farq nimadan iborat?

  3. Olamning yagona fizik manzarasi haqida nimalarni bilasiz?

3. Yangi mavzu bayoni:
Fizika va texnika taraqqiyoti
Ibtidoiy jamoa tuzumida dastawal tosh qurollar, keyinchalik o'q-yoy, loydan yasalgan idislilar, tosh bolta va mis qurollar paydo bo'ldi. Mil. av. 4-3-ming
yillikda jezdan yasalgan mehnat qurollari yaratildi. Keyinroq temirdan foydalanishga o'tildi. Dehqonchilik rivojlana boshlagach, suv chiqarish qurilmalari va yer haydash qurollari paydo bo'ldi. Qurilishda turli yuk ko'tarish richaglari ixtiro qilindi. Odamlar daraxt tanasidan qayiq yasab, suvda suza boshladilar. Keyinchalik yelkanli kemalar paydo bo'ldi. To'qimachilik dastgohlari yaratildi. Hunarmandcliilik rivojlana boshladi.
XV-XVI asrlarga kelib domna pechlari qurildi. Harbiy texnikada o't ochish qurollari, masliina va mexanizmlar paydo bo'ldi. XVIII asr oxirida bug' masliinasi va to'qimacliilik mashinalari yaratildi. XIX asrda bosma masliina, telegraf apparati, fotografiya, ichki yonuv dvigateli, radio, telefon, kinematografiya, avtomobil yaratildi, harbiy texnika, temir yo'l transport! rivojlandi.
Fizika va texnika XX asr davomida misli ko'rilmagan darajada rivojlandi. Elektr energiya ishlab chiqarish va undan foydalanish keng miqyosda amalga oshdi, elektr energiya barcha sohalarga kirib bordi. Mashinasozlik, aviatsiya, atom texnikasi, kibernetika va hisoblash texnikasi, elektronika, televideniya, raketasozlik, avtomatika, kosmonavtika, axborot texnologiyasi va boshqa sohalar yuksak darajada taraqqiy etdi. Sanoat, qishloq xo'jalik, xizmat ko'rsatish, fan, maorif, madaniyat, sport, qurilish, transport, aloqa, energetika va boshqa sohalar texnikaning yutuqlari bilan qurollantirildi.
XXI asrda axborot texnologiyasi, biofizika va nanotexnologiya sohalarida buyuk kashfiyotlar qilinishi bashorat qilinmoqda.

Download 5.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling