1-dars sana: 9-sinf Mavzu: Molekular –kinetik nazariya haqida tushuncha Darsning maqsadi
Download 5.24 Mb.
|
1-dars sana 9-sinf Mavzu Molekular –kinetik nazariya haqida tu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Temperatura.
Issiqlik muvozanati.Kishi tanasining temperaturasini o‘lchash uchun tibbiyot termometrini 5—8 minut qo‘ltiqqa qisib turish kerak. Bu vaqt ichida termometrdagi simob isib, uning sathi ko‘tariladi. Simob ustunining uzunligiga qarab temperaturani aniqlash mumkin.Har qanday jismning temperaturasini har qanday termometr bilan o‘lchashda ham xuddi shunday bo'ladi. Termometr hech qachon tanaga (yoki jismga) tegizilishi bilanoq tananing temperaturasini ko‘rsata qolmaydi. Tana bilan termometr temperaturasi tenglashguncha va ular o‘rtasida issiqlik muvozanati qaror topguncha biror vaqt o‘tadi; issiqlik muvozanatida temperatura o‘zgarmaydi.
Turli temperaturali har qanday jismlar o'rtasida ham vaqt o‘tishi bilan issiqlik muvozanati qaror topadi. Stakan ichidagi suvga bir bo‘lak muz tashlang va stakanni qopqoq bilan zich qilib yopib qo‘ying. Muz eriy boshlaydi, suv esa soviy boshlaydi. Muz erib bo'lgach, suv isiy boshlaydi va temperaturasi atrofdagi havoning temperaturasiga tenglashgach, suvli stakan ichida hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi. Bu va bunga o‘xshagan oddiygina kuzatishlardan issiqlik hodisalarining shunday bir eng umumiy xossasi borligi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin. Tashqi sharoitlar o‘zgarmas bo‘lganda jism o‘z-o‘zidan issiqlik muvozanati holatiga o‘tadi. Issiqlik (yoki termodinamik) muvozanat holati deb barcha makroskopik parametrlar istagancha uzoq vaqt davomida o'zgarmay qoladigan holatga aytiladi. Bu esa sistemada hajm va bosim o‘zgarmayotganini, issiqlik almashinishi yuz bermayotganini, gaz, suyuqlik va qattiq jismlar bir- biriga aylanmayotganini va hokazolar bolmayotganini bildiradi. Jumladan, termometrdagi simob ustunining hajmi o‘zgarmay turadi.Bu esa sistemaning temperaturasi o‘zgarmay turishini bildiradi. Biroq jism ichidagi mikroskopikjarayonlar issiqlik muvozanati holatida ham to'xtamaydi. To'qnashishda molekulalaming vaziyati va tezliklari o'zgaradi. Temperatura.Har qanday makroskopik jism yoki bunday jismlar guruhi turli xil issiqlik muvozanati holatida bo‘la oladi. Bu holatlaming har birida temperatura tayinli bir qiymatga ega bo‘ladi. Issiqlik muvozanatida boshqa kattaliklar har xil (lekin o‘zgarmas) qiymatlarga ega bo‘ladi. Masalan, qattiq to‘siqlari bo‘lgan sistemada turli qismlarning hajmi va bu qismlar ichidagi bosim turlicha bo‘lishi mumkin. Agar ichiga siqilgan havo qamalgan koptokni ko‘chadan uyga olib kirsangiz, biroz o‘tgach, koptokdagi va uydagi havo temperaturasi tenglashadi. Koptok ichidagi havoning bosimi baribir uy ichidagi havo bosimidan ortiq bo‘ladi. Koptokning germetikligi buzilsa (ya’ni koptok teshilsa), uning ichidan havo chiqib, shundagina bosimlar tenglashishi mumkin. Temperatura makroskopik sistemaning issiqlik muvozanati holatini xarakterlaydi: issiqlik muvozanati holatida bo‘lgan sistemaning hamma qismlarida temperatura ayni bir qiymatga ega bo‘ladi. Ikki jismning temperaturasi bir xil bo‘lganda ular o‘rtasida issiqlik almashinmaydi. Jismlar issiqlik muvozanati holatida bo‘ladi. Agar jismlaming temperaturasi har xil bo‘lsa, bir-biriga bevosita tegizilganda ular o‘rtasida energiya almashinadi. Download 5.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling