1-dars sana: 9-sinf Mavzu: Molekular –kinetik nazariya haqida tushuncha Darsning maqsadi


Download 5.24 Mb.
bet64/117
Sana09.11.2023
Hajmi5.24 Mb.
#1759504
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   117
Bog'liq
1-dars sana 9-sinf Mavzu Molekular –kinetik nazariya haqida tu

Darsning borishi

          1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.

2. O'tilgan mavzuni takrorlash:
1) To’la ichki qaytish hodisasi qanday yuz beradi?
2) Nur tolali kabellarda tasvirlar qanday uzatiladi?
3) To’la ichki qaytishning qo’llanilishi haqida nimalarni bilasiz?
3. Yangi mavzu bayoni:
Amaliyotda sferik yuzalardan yorug’likning sinishidan keng foydalaniladi. Ikki yoki bir tomoni sferik sirt bilan chegaralangan shaffof jismga linza deyiladi. Odatda, linzalarni shishadan yasaladi. O’rta qismi chetki qismiga nisbatan qalin bo’lgan linzalarni qavariq, yupqa bo’lganlarini botiq linzalar deyiladi. Sferik sirtlarning O1 va O2 markazlaridan o’tuvchi to’g’ri chiziq linzaning bosh optik o’qi deyiladi (1-rasm ) . Optik o’qda yotgan linza markazidagi nuqta linzaning optik markazi deyiladi. Qavariq va botiq linzalardan nurning o’tishi turlicha bo’ladi. Qavariq linzani olib, uni Quyosh nurlariga tik holda tutaylik. Linzadan o’tgan nurni daftar varag’iga tushiraylik. Linzani yuqoriga yoki pastga siljitsak, daftar yuzasidagi yorug’ dog’ kichrayib, nuqtaga aylanadi va undan tutun chiqadi.Demak, linzadan o’tgan nurlar bir nuqtada to’planadi (2 - rasm). Bu nuqtaga linzaning fokusi (F) deyiladi. Linzaning optik markazidan shu nuqtagacha bo’lgan masofa linzaning fokus masofasi deyiladi. Linzaga teskari yo’nalishda parallel nurlar tushirilsa, ular ikkinchi tomonda to’planadi. Shunga ko’ra har qanday linzada ikkala tomonda bittadan fokus bo’ladi. Botiq linza bilan shunday tajriba o’tkazilsa, nurlar aksincha, sochilib ketadi(3 - rasm). Sochilgan nurlarni fikran davom ettirilsa, optik o’qdagi F nuqtada kesishadi.Shuning uchun botiq linzaning fokusi mavhum. Shunday qilib, qavariq linzani yig’uvchi linza, botiq lunzani sochuvchi linza deb ataladi.
Linzaning bir tomoni sferik ikkinchi tomoni tekis bo’lishi ham mumkin. Qavariq linza olib, shipdagi cho’g’la -nish tolali elektr lampochkasidan tushayotgan yorug’likni linza orqali stol yuzasiga tushiraylik.Linzani u yoq bu yoqqa sursak, stol ustida lampochka tolasining aniq tasviri hosil bo’lganligini ko’ramiz.Linzalarda tasvir quyidagicha yasaladi.


F


1. Qavariq linzada tasvir yasash. AB buyum F va 2F oralig’iga qo’yilgan bo’lsin (4-rasm). Tasvirni yasash uchun buyumdan 1 nurni bosh optik o’qqa parallel yo’naltiriladi. U linzadan keyin linza fokusidan o’tadi. 2 nurni linza markazi O ga yo’naltiriladi. Markazdan o’tgan nur sinmasdan o’tadi. Har ikkala nur A nuqtada uchrashadi va hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan tasvir haqiqiy, to’nkarilgan va kattalashgan bo’ladi.
Buyumni linzadan 2F masofadan uzoqqa (5-rasm) va OF oralig’iga (6 - rasm) qo’yilganda hosil bo’lgan tasirlarni ham shu tartibda yasaladi.
Rasmlardan ko’rinadiki, tasvir kattaligi to’g’ri yoki to’nkarilganligi buyumning qayerga qo’yilganligiga bog’liq bo’ladi. Buyum 2F dan uzoqqa qo’yilganda tasvir haqiqiy, to’nkarilgan va kichiklashgan bo’ladi. Buyum OF oralig’iga qo’yilsa tasvir mavhum, to’g’ri va kattalashgan bo’ladi.

Download 5.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling