1-dars sana: 9-sinf Mavzu: Molekular –kinetik nazariya haqida tushuncha Darsning maqsadi
Dars turi: yangi bilim berish Dars uslubi
Download 5.24 Mb.
|
1-dars sana 9-sinf Mavzu Molekular –kinetik nazariya haqida tu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi Tashkiliy qism.
- 3. Yangi mavzu bayoni
- d = 2F.
- F < d < 2F.
Dars turi: yangi bilim berish
Dars uslubi: suhbat, savol – javob Dars jihozi: darslik, ko’rgazmalar, rasmlar Dars rejasi: 1. Tashkiliy qism (3 minut). 2. O’tilgan mavzuni eslash (15 minut). 3. Yangi mavzuning bayoni (18 minut). 4. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol-javoblar (5 minut). 5. O’quvchilarni baholash (4 minut) 6. Uyga vazifa berish (1 minut) Darsning borishi Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti. 2. O'tilgan mavzuni takrorlash: 1) Qavariq va botiq linzalarning qanday asosiy turlari mavjud? 2) Linzaning optik kuchi deb qanday kattalikka aytiladi? 3) Linzaning mavhum fokusi va fokus masofasi deb nimaga aytiladi? 4) Linzaning optik kuchi nimada ifodalanadi? 3. Yangi mavzu bayoni: Yupqa linzaning fokus masofasi katta bo'lgani uchun uning hosil qiladigan tasvirini chizmada tasvirlash qulaydir. Shu bois, tasvirni yasash va tahlil qilishda yupqa linzadan foydalaniladi. Linza yordamida A nuqtaning tasvirini yasash uchun shu nuqtadan bosh optik o'qqa parallel AO' nur va linza markazidan o'tadigan AO nur o'tkaziladi. AO' nur linzada sinib, F fokusdan o'tadi. Bu nuqtadan va linza markazidan o'tadigan nurlarning kesishishgan A' nuqtada A nuqtaning tasviri hosil bo’ladi. Buyumning tasvirini yasash uchun uning tegishli nuqtalari tasviri hosil qilinadi. So'ngra bu nuqtalar birlashtirilsa buyumning tasviri hosil bo'ladi. Soddalik uchun bosh optik o'qqa perpendikular joylashgan AB kesmaning linza hosil qiladigan tasvirini yasaylik. Buning uchun A va В nuqtalardan bosh optik o'qqa parallel nurlar va linza markazidan o'tadigan nurlar o'tkazamiz. A nuqtadan chiqqan ikkala nur A' nuqtada, В nuqtadan chiqqan ikkala nur- esa B' nuqtada kesishishadi. A' nuqtadan B' nuqtaga A'B' kesmani o'tkazamiz. Hosil bo'lgan A'B' kesma AB buyumning linza hosil qilgan tasviridir. Tasvir to'nkarilgan ko'rinishda bo'ladi. Tasvir yasashni yanada soddalashtirish uchun tasviri yasaladigan AB buyumning В nuqtasini bosh optik o'qning ustiga qo'yamiz. U holda AB buyumning tasvirini hosil qilish uchun faqat A nuqtadan chiqadigan ikkita nurni o'tkazish yetarli bo'ladi. Nurlar kesishgan A' nuqtadan bosh optik o'qqa perpendikular kesma tushiriladi. Hosil qilingan A 'B' kesma AB buyumning tasviri bo'ladi. Quyida buyum fokus masofaga nisbatan turli joylarda turganda linzada hosil bo'ladigan tasvirlarni ko'rib chiqamiz: Buyum linzaning ikkilangan fokus masofasi 2 Fdan uzoqda turgan bo'lsin, ya'ni d > 2F. Bu holda tasvir kichiklashgan (K< 1) va to'nkarilgan holda fokus bilan ikkilangan fokus oralig'ida hosil bo'ladi Buyum linzadan ikkilangan fokus masofasi 2F ga teng bo'lgan uzoqlikda turgan bo'lsin, ya'ni d = 2F. Bu holda tasvirning kattaligi o'zgarmaydi (K = 1) va tasvir to'nkarilgan holda linzadan 2Fuzoqlikda hosil bo'ladi. Buyum linzaning fokus masofasi F va ikkilangan fokus masofasi 2f oralig'ida turgan bo'lsin, ya'ni F < d < 2F. Bu holda tasvir kattalashgan (K > 1) va to'nkarilgan holda ikkilangan fokus oralig'idan narida hosil bo'ladi. Buyum linzaning fokusida turgan bo'lsin, ya'ni d = F. Bu holda buyumning istalgan nuqtasidan chiqib linzada singan ikki nur o'zaro kesishmaydi. Shuning uchun tasvir hosil bo'lmaydi. Buyum linza bilan fokus orasida turgan bo'lsin, ya'ni d< F. Bu holda linza bilan fokus masofasi oralig'ida kattalashgan (K>1), to'g'ri va mavhum tasvir hosil bo'ladi. Buyumni kattalashtirib ko'rish uchun linza buyumga ana shunday yaqinlashtirilishi kerak. Yig'uvchi linzadan farqli ravishda sochuvchi linzada buyumning qayerda turganligidan qat'i nazar hosil bo'lgan tasvir barcha hollarda kichiklashgan, to'g'ri va mavhum bo'ladi. Download 5.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling