Darsda faol ishtirok etganlar baholanadi. Baholar kundalik daftar va sinf jurnaliga qo’yiladi
5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar dars davomida savollarga bergan javoblariga qarab baholanadi
6.Uyga vazifalar.
Darslikdan 26- § ni o'qish.
Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.
37-dars Sana: 9-sinf
Mavzu: Yupqa linza yordamida tasvir yasash
Darsning maqsadi.
a) O’quvchilarga yupqa linza yordamida tasvir yasash yuzasidan nazariy va ilmiy tushunchalarni hosil qilish
b) olingan bilimlarni hayotiy misollar hamda tajribalar yordamida mustahkamlash.
d) O’quvchilarning tasavvur ko’lamini
kengaytirish, fikrlash va ijodiy salohiyatini oshirish
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa
olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik
topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda
kundalik rejalarini tuza olish, formulalardan foydalanib,
masalalar yecha olish; inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalanish.