5. O’quvchilarni baholash: Guruhlar natijalari hisoblanib, g’olib guruh aniqlanadi. Dars xulosalanadi. Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
6. Uyga vazifa.
Mavzuga oid referat tayyorlash.
55-dars Sana: 9-sinf
Mavzu: Vaqtni o’lchash. Taqvimlar
Darsning maqsadi:
a) o’quvchilarga vaqtni o’lchash , vaqtni o’lchaydigan soatlar tarixini o’rgatish. Ularga taqvimlar tuzilishi, yaratilish tarixi haqida bilim berish.
b) O’quvchilarga buyuk mutafakirlarimizning qilgan ishlari, fanga qoldirgan me’roslarini tushuntirish asosida Vatanga muhabbat, milliy g’urur ajdodlarimizga bo’lgan hurmat kabi axloqiy fazilatlarni tarbiyalash.
c) Mavzu bo’yicha o’quvchilarning bilimlarini kengaytirish, erkin va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza olish, formulalardan foydalanib, masalalar yecha olish; inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalanish.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi
Darsning uslubi: Taqdimot, bahs – munozara
Darsning jihozlanishi: 9-sinf “Fizika” darsligi, osma va elektron soatlar taqvimlar, soat poyaslarining xaritasi, electron darslik, slaydlar.
Dars rejasi:
1. Tashkiliy qism (3 minut).
2. O’tilgan mavzuni eslash (15 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (18 minut).
4. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol-javoblar (5 minut).
5. O’quvchilarni baholash (4 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut)
Do'stlaringiz bilan baham: |