1-dars sana: 9-sinf Mavzu: Molekular –kinetik nazariya haqida tushuncha Darsning maqsadi


Download 5.24 Mb.
bet97/117
Sana09.11.2023
Hajmi5.24 Mb.
#1759504
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   117
Bog'liq
1-dars sana 9-sinf Mavzu Molekular –kinetik nazariya haqida tu

Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism.
O’quvchilar bilan salomlashib, o’quvchilar 6 guruhga ajratiladi.
1 – guruh: Quyosh 2 – guruh: Oy 3 – guruh: Sezar 4 – guruh: Mars
5 - guruh : Yunona 6 – guruh: Mayya
2. O’tilgan mavzuni so’rash.
Darsning bu bosqichida o’tgan mavzuga oid guruhlarga tezkor savollar beriladi. Har bir savolga to’g’ri javob 3 ball bilan baholanadi.Savollar quyidagilar:
1.Oy qanday osmoniy jism? Javob: Yerning tabiiy yo’ldoshi.
2.Oy harakati haqida so’zlab bering?
Javob: Oy Yer o’z o’qi atrofida qaysi yo’nalishda aylansa o’sha yo’nalishda aylanadi.
3. Oy davlari necha xil bo’ladi? Ular qaysilar? Javob: 2 xil. Siderik va sinodik oy davrlari.
4. Siderik oy deb nimaga aytiladi?
Javob : Oy harakati yulduzlarga nisbatan kuzatilganda 27,3 sutkada 1 marya aylanib chiqish davri siderik oy davri deyiladi.
5. Sinodik oy davri nima?
Javob: 2 ta ketma –ket bir xil fazalar oralig’idagi vart sinodik oy davri deyiladi.
6. Oy fazalarining o’zgarishi nima?
Javob: Oyning yer atrofida harakati davrida oyning yoritilgan qismining ko’rinishi, o’zgarishiga aytiladi.
7. Nima uchun oyning orqa tomoni ko’rinmaydi?
Javob: Oyning yer atrofidan aylanish davri bilan o’z o’qi atrofida aylanish davri bir xil.
8.Quyosh tutilishi qachonsodir bo’ladi? Javob: Oyning soyasi yerga tushganda.
3. Yangi mavzuni o’rganish
1 Vaqtni o’lchash usullari turlicha bo’ladi. O’rta asrlarda yonib turgan shamning birday vartlarda erishi ko’rsatilgan belgili shamlardan vaqtni o’lchashda foydalanishgan.Qadimgi Misrda suvli toshib o’tadigansoatlar bo’lgan. Quyosh soatlarida sterjenndan tushgan soya taxtachadgi siferblatga tushib vaqtni ko’rsatgan.
O’rta asrlarda qumli soatlardan qisqa vaqtlarni o’lchashda foydalanishgan. XVIII asrda mexanik soatlar ixtiro qilingan. Hozirda batareyali electron soatlar mavjud.
2 Shamli va suvli soatlar aniq bo’lmagan. Quyoshli soatlar farat kunduz kuni quyosh bo’lgan paytda ishlatish mumkin. Bulutli kunlar yoki kechqurun undan foydalanib bo’lmaydi. Qumli soatlar faqat kichik vaqtlarni o’lchash uchun mo’ljallangan. Uni har doim nazorat qilib turish kerak. Mexanik soatlarni sutkada 1 marta burab turish kerak. Elektron va mexanik soatlar aniqroq yuradi.
3 Yer aylanishi tufayli uning turli sohalari sutkaning turli vaqtida yoritilgan bo’ladi. Agar Quyoshning haqiqiy holatiga nisbatan vart hisoblansa butun bo’yicha anglashilmovchiliklar paydo bo’lar edi. Shuning uchun yer yuzi 24 ta soat mintaqasiga bo’lingan. 0-hisob boshi qilib Grinvich observatoriyasidan o’tuvchi meridian qabul qilingan.
4 Kalendar-yil oylarga, haftalarga, bo’lib ko’rsatilgan, unda haftaning ish va dam olish kunlari, bayramlar aks ettirilgan. Birinchi calendar vatani Misr. Misrliklar Nil daryosining toshish vaqt oralig’I 365 kunligini aniqlashgan. 365 kunni 30 kunlik qilib 12 bo’lakka bo’lganlar. Shu tariqa ilk calendar vujudga kelgan
5 Kalendar tuzilishida Yerning Quyosh atrofida aylanish davri yoki oyning Yer atrofida aylanish davri asos qilib olingan. Kalendarlar 2 xil bo’ladi. Quyosh kalendari, Oy kalendari. Milladdan avval 46 yilda Rim imperatori Yuliy Sezar misrliklar yaratgan kalendarga tuzatish kiritadi. Natijada yangi kalendar Yulian kalendari deb ataldi. 1582 yil Rim papasi Grigoriy XIII yangi Quyosh kalendariga asos soladi. Bu kalendar Rim papasi sharafiga Grigaryan kalendari deb ataldi.
6 Yerning quyosh atrofida aylanish davri 365 sutka, 5 soat, 48 minut , 46 sekundni tashkil etadi. 3 yil ketma-ket keladigan yillar 365 kunni, 4-yil keladigan yil uzunligi 366 kunni tashkil etadi. 366 kundan iborat bo’lgan yil kabisa yili hisoblanadi. 4ga bo’linadigan yillar kabisa yiliga to’g’ri keladi.

Download 5.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling