5. Darsni xulosalash. Dars xulosalanadi. Natijalar aniqlanib g’olib guruh e’lon qilinadi. Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
6. Uyga topshiriq. Uyga topshiriq kalendarga oid referat tayyorlash.
56-dars Sana: 9-sinf
Mavzu: Quyosh sistemasidagi sayyoralar. Kepler qonunlari
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga Quyosh sistemasi, Quyosh, sayyoralar va ularning yo’ldoshlari, sayyoralar
hamda Quyosh temperaturasi, massasi haqida bilim berish. Asteroidlar haqida ma’lumotlar berish;
b) O’quvchilarga mavzuga oid o’zining shaxsiy fikrini bayon etishni, o’zgalarning fikrini hurmat qilishni tarbiyalash hamda
eshitish madaniyatini oshirish;
c) O’quvchilarning koinot to’g’risidagi tasavvurlarini videolavhalar, elektron darsliklar namoish etish asosida rivojlantirish
dunyoqarashlarini kengaytirish;
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik
bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza olish,
formulalardan foydalanib, masalalar yecha olish; inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: