1-dars sana: 9-sinf Mavzu: Molekular –kinetik nazariya haqida tushuncha Darsning maqsadi


Download 5.24 Mb.
bet95/117
Sana09.11.2023
Hajmi5.24 Mb.
#1759504
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   117
Bog'liq
1-dars sana 9-sinf Mavzu Molekular –kinetik nazariya haqida tu

3. Yangi mavzu bayoni:



  1. Oy – Yerning yagona yo’ldoshi. Oy bizga eng yaqin osmoniy jism. Oy – Yer o’z o’qi atrofida qaysi yo’nalishda aylansa, o’sha yo’nalishda aylanadi. Oy harakati yulduzlarga nisbatan kuzatilganda 27,3 sutkada bir marta aylanib chiqadi. Bu davr siderik Oy deyiladi. Oy fazalari almashinishi 29,5 sutkada takrorlanadi. 2 ta ketma-ket bir xil fazalar oralig’idagi vaqtga sinodik Oy deb aytiladi. Sinodik va siderik Oylar orasida farq bo’lishiga sabab, Oy Yer atrofida aylanishi bilan birga Yerga qo’shilib Quyosh atrofida aylanadi. Yerdan qaraganda kuzatuvchiga oyning faqat bir tomoni ko’rinadi. Bunga sabab, Oyning Yer atrofidan aylanish davri bilan o’z o’qi atrofida bir xil.

  2. Oy o’zidan yorug’lik chiqarmaydi. U faqat o’ziga tushgan Quyosh nurlarini qaytaradi. Oyning Yer atrofida harakati davrida Oyning yoritilgan qismining ko’rinishi o’zgarib turadi. Bunga Oy fazalari o’zgarishi deyiladi. Oy fazalari 4 xil bo’ladi: yangi Oy, to’lin Oy, ikkita yarim Oy.



4. Mustahkamlash: Guruhlarda ishlash.
Quyosh tutilishi – Oy soyasi Yerga tushganda sodir bo’ladi. Quyosh tutilishi 3 xil bo’ladi:

  1. To’la tutilish

  2. Qisman tutilish

  3. Halqasimon tutilish

Quyoshning to’la tutilishi davrida uning toji namoyon bo’ladi.
To’la tutilishga Oy quyoshni butunlay to’sib qo’yadi. Qisman tutilish oyning yarim soyasi tushgan joylarda kuzatiladi. Halqasimon tutilishda Oy Quyoshning o’rta qismini to’sadi. Bunga sabab Yerdan Oygacha va Quyoshgacha masofalarning biroz o’zgarib turishidir.
Oy Yer soyasiga tushib qolganda Oy tutilishi sodir bo’ladi. Bu faqat to’lin oyda kuzatiladi. Oy tutilishi 2 xil ko’rinishda bo’ladi:

  1. Qisman

  2. To’la

Saros davri – 18 yil 11,3 sutka. Bu davrda Quyosh va Oy tutilishlari davriy takrorlanadi. Saros davrida 43 marta Quyosh, 28 marta Oy tutiladi. Quyoshning to’la tutilishi ayni bir joyda 200-300 yilda bir marta bo’ladi.

Download 5.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling