1. Davlat budjeti Davlat pul mablag’larining shu jumladan, Davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining


Download 22.55 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi22.55 Kb.
#1516712
1   2
Bog'liq
Byudjet Yakuniy

3-variant
1. Byudjet hisobining 2-sonli “Yagona schyotlar rejasi” nomli standarti
2. Hisobvaraqlardagi byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobining maqsadi va vazifalari.
3. Buxgalteriya balansini tuzish.


1. Mazkur Standart g‘aznachilik bo‘linmalari, moliya organlari, davlat va boshqa maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlari, barcha budjet tashkilotlariga tatbiq etiladi.
Ushbu Standartda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi:
aktiv schyot (A) — bu aktivlarni aks ettirishga mo‘ljallangan schyot bo‘lib, unda iqtisodiy resurslarning qoldig‘i va ko‘payishi schyotning debetida, kamayishi esa kreditida aks ettiriladi;
analitik schyot — budjet hisobi obyektlari haqidagi batafsil hisob axborotini shakllantiruvchi schyot. Budjet tashkilotlari yagona schyotlar rejasiga qo‘shimcha analitik schyotlardan foydalanishi mumkin;
balansdan tashqari schyotlar (BTC) — bu budjet tashkilotiga qarashli bo‘lmagan, lekin uning vaqtinchalik tasarrufida bo‘lgan, aktivlarning mavjudligi va harakati, shartli huquq va majburiyatlar haqidagi axborotlarni umumlashtirishga mo‘ljallangan schyotlar. Bu schyotlar boshqa schyotlar bilan o‘zaro bog‘lanmaydi va budjet tashkilotining hisobotlarida aks ettirilmaydi;
daromadlar bo‘yicha debitorlik — budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalariga daromadlarni hisoblanishi asosida yuzaga keladigan debitorlik;
hisoblash metodi — buxgalteriya hisobida sodir bo‘lgan barcha operatsiyalar va boshqa hodisalar, ular sodir bo‘lgan paytda qayd etiladigan (pul mablag‘lari va uning ekvivalenti kelib tushgan yoki to‘lanishidan oldin) buxgalteriya hisobi metodi.
3. Yagona schyotlar rejasi moliyaviy hisobot elementlariga muvofiq guruhlashtirilgan aktivlar, majburiyatlar, daromadlar, xarajatlar, kapital va moliyaviy natijani o‘zida ichiga oladi.
4. Yagona schyotlar rejasi uning tarkibiy qismi bo‘lgan schyotlarga va subschyotlarga ajratiladi.
5. Tarkibiy schyotlar tegishli subschyotlarga bo‘linmasa, ushbu tarkibiy schyot subschyot sifatida foydalaniladi.

2. Byudjet tashkiloti - zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan 
bog’liq bo’lgan o’z faoliyatini amalga oshirishi uchun Davlat byudjetidan 
mablag’ ajratish nazarda tutilgan va bu mablag’ moliyalashtirishning asosiy 
manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qo’mitasi, idora, davlat tashkiloti. 
Byudjet tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi bo’yicha 
byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar buxgalteriya hisobini O’zbekiston 
Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida” gi Qonuniga va 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining uslubiy ko’rsatmalariga 
hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq tashkil qiladilar. 
Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralari, zarur hollarda, o’zlarining 
tizimidagi byudjet tashkilotlarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
bilan kelishgan holda buxgalteriya hisobining umumiy qoidalarini qo’llash 
tartibi to’g’risida ko’rsatmalar ishlab chiqarishlari mumkin. 
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishdan maqsad 
foydalanuvchilar (ichki, tashqi) ni daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi 
jarayoni bo’yicha o’z vaqtida, to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy 
axborotlari bilan ta’minlab berishdan iborat.

3. Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobot elementlarining uchtasini, ya’ni aktiv, xususiy kapital va majburiyatlarni o’z ichiga oladi. Shuning uchun buxgalteriya hisobining aktivlar, xususiy kapital va majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlarning qoldiqlari asosida buxgalteriya balansi tuziladi. Ushbu schyotlarni buxgalteriya balansi schyotlari yoki doimiy schyotlari deb atashadi. Chunki bu schyotlar doimiy qoldiqqa ega bo’ladi va hisobot davri oxiriga yopilib ketmaydi. Buxgalteriya balansini tuzish ushbu schyotlarning dastlabki qoldig’i, hisobot davridagi aylanmasi va hisobot davri oxiriga bo’lgan qoldiq summasini to’g’ri aniqlashga bevosita bog’liqdir.

Balans aktivining “Uzoq muddatli aktivlar” bo’limini to’ldirish uchun zarur ma’lumotlarni aks ettiruvchi schyotlarning hisobot davri yakuniga bo’lgan summasini aniqlashda asosiy e’tibor ularning kirimi va chiqimi, eskirish summasini to’g’ri aniqlash hamda ularni schyotlarda aks ettirish bilan bog’liq ishlarini to’g’ri amalga oshirishni talab qiladi. Korxonalar amaliyotida uzoq muddatli aktivlarning kirimi va chiqimi bilan bog’liq bo’lgan xo’jalik muomalari ancha kam sodir bo’ladi. Ammo ularga eskirish hisoblash bilan bog’liq xo’jalik muomalari doimiy va uzluksiz amalga oshiriladi hamda ular sezilarli salmoqqa ega.

Balans aktivining “Joriy aktivlar” bo’limi moddalarini hisobga olish ancha murakkab jarayon bo’lib, buxgalteriya balansini tuzish uchun zarur ma’lumotlarni aniqlashga bir necha bosqichdan iborat hisob-kitob ishlarini amalga oshirishni talab qiladi.

Birinchi bosqichda joriy aktivlarning kirimi bilan bog’liq xo’jalik muomalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri hisobga olinganligini tekshirish bilan bog’liq hisob-kitoblar, ya’ni ular kirimining summasini aniq hisobga olish.



Ikkinchi bosqichda joriy aktivlarning chiqimi, ya’ni ichki ehtiyojlar va zarurat bo’lganda tashqi ehtiyojlar uchun sarflanishi bilan bog’liq xo’jalik muomalarining to’g’ri hisobga olinganligini tekshirish bilan bog’liq hisob-kitoblar, ya’ni ular chiqimi summasini aniqlash.

Uchinchi bosqichda ishlab chiqarish xarajatlari summasini olingan mahsulot (ish, xizmat)lar va tugallanmagan ishlab chiqarish o’rtasida taqsimlash bilan bog’liq hisob-kitoblar. Bu bosqichda hisobot davriga tegishli xarajatlar summasi to’g’ri aniqlanganligiga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, taqsimlanadigan xarajatlar 2510-“Umumishlab chiqarish xarajatlari” va 3110-“Kelgusi davr sarflari” schyotlarida hisobga olinadigan xarajatlarning xarajat ob’yektlariga to’g’ri olib borilganligiga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Download 22.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling