II BOB.O’ZBEKISTONDA DAVLAT BUDJETINI TARKIBINING JORIY HOLATI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
2.1.Karonavirus pandemiyasi davrida budjet daromadlari xarajatlari tarkibining tahlili
2020 yil I chorak yakunlariga ko‘ra Davlat byudjeti daromadlari 28,5 trln so‘mni, xarajatlari esa 27,7 trln so‘mni tashkil etib, davlat byudjeti profitsiti 0,8 trln so‘mni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,5 foizni tashkil etdi.
Asosiy ko‘rsatkichlar
O‘zbekiston Davlat byudjetining 2020 yil I chorakdagi daromadlari 28,5 trln so‘m yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,4 trln so‘mga ko‘proqni tashkil etdi. Byudjet daromadlari tarkibida 2020 yil I choragida soliq tushumlari 23,8 trln so‘mni tashkil etdi. Ular o‘tgan yilning I choragi bilan solishtirganda 5,3 trln so‘mga ko‘paygan. Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha mintaqalararo inspeksiya to‘liq faoliyat yurita boshladi va 15,4 trln so‘m yoki soliq organlari tomonidan ma’muriylashtiriladigan barcha daromadlarning 65 foizi yig‘ilishini ta’minlab berdi.
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pastladi
Umuman olganda, koronavirus pandemiyasi 2020 yil I choragida byudjet daromadlarining tushumiga katta ta’sir ko‘rsatgani yo‘q, sababi daromadlar asosan 2019 yilning dekabr — 2020 yilning fevral oylaridagi iqtisodiy faoliyat natijalaridan shakllantirildi, deyiladi Moliya vazirligining sharhida.
Masalan, joriy yilning birinchi choragida 4,8 trln so‘m miqdoridagi bojxona to‘lovlarining tushumi ta’minlandi, o‘tgan yilning xuddi shu davrida bojxona to‘lovlari tushumi — 3,4 trln so‘m bo‘lgan edi. Bu tushumlar orasida eng katta ulushni quyidagilar tashkil etdi: import qilinadigan tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i — 3,8 trln so‘m, aksiz solig‘i — 0,2 trln so‘m, bojxona boji — 0,6 trln so‘m.
Soliqlar kesimida Davlat byudjeti daromadlarining asosiy ulushi quyidagilar hisobidan shakllantirildi: QQS — 7,2 trln so‘m (umumiy tushumlarning 25,4 foizi), foyda solig‘i — 6,3 trln so‘m (22,1 foiz), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i — 3,6 trln so‘m (12,5 foiz), yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq — 3,9 trln so‘m (13,6 foiz) va aksiz solig‘i — 3,2 trln so‘m (11,1 foiz).
Do'stlaringiz bilan baham: |