1 Davlat bujeti to’g’risidagi ilmiy qarashlarning rivojlanishi
Iqtisodiy islohotlar sharoitida byudjet daromadlarining g’azna ijrosini samarali tashkil etish
Download 310.91 Kb.
|
DAVLAT BUJETI TUZILISHINING ILMIY ASOSLARI VA UNING TARKIBI
Iqtisodiy islohotlar sharoitida byudjet daromadlarining g’azna ijrosini samarali tashkil etish
Rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat sektorining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashdagi roli katta ahamiyatga ega. Uning samarali faoliyatini amalga oshirish uchun davlat byudjeti daromadlarini etarli va uzluksizligini ta’minlash zarur hisoblanadi. Ayniqsa, respublikamiz bir nechayillardan buyon davlat moliyasini isloh etishda davlat byudjet daromadlarini g’azna ijrosi bilan qamrab olish islohotlarning eng muhim bosqichi hisoblanadi. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5 martdagi (ro’yxat raqami №02-02/1-860, 2016 yil 14 mart) 1-sonli bayonnomasiga muvofiq 2016 yilning 1 aprelidan 1 iyuniga qadar byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini yig’ishning amaldagi tartibni saqlab qolgan holda O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini g’azna ijrosi mexanizmi bilan qamrab olishning sinov (test) jarayonini amalga oshirish, shuningdek Moliya vazirligi axborot tizimi hamda Markaziy bank, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi va daromadlarni yig’ishga vakolatli bo’lgan tegishli organlar va tashkilotlar axborot tizimlari o’rtasida ma’lumot almashinuvini yo’lga qo’yish, shuningdek, 2016 yilning 1 iyulidan boshlab O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini g’azna ijrosi mexanizmi bilan to’liq qamrab olish vazifasi yuklatildi. Bunda: 2016 yilning 1 aprelidan 1 iyuniga adar respublikaning barcha hududlarida byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini yig’ishning amaldagi tartibi saqlab qolingan holda daromadlarni g’azna ijrosi mexanizmi bilan qamrab olishning sinov (test) jarayonini amalga oshirish; 2016 yilning 1 iyunidan byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini g’azna ijrosi mexanizmi bilan Sirdaryo viloyati va Toshkent shahrida to’liq qamrab olish; 2016 yil 1 iyulidan byudjet tizimining byudjetlari daromadlarini g’azna ijrosi mexanizmi bilan respublikaning barcha hududlarida joriy qilish nazarda tutilgan. O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini byudjetning g’azna ijrosi mexanizmi bilan to’liq qamrab olinishini tashkil etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Davlat soliq ko’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi va daromadlarni yig’ishga vakolatli bo’lgan tegishli organlar va tashkilotlar bilan birgalikda byudjet tizimi byudjetlariga daromadlarni yig’ishda tranzit vazifasini bajarib kelayotgan 23402..., 23403..., 23411..., 23407..., 20205..., 20207... bank hisobraqamlari ma’lumotnomasi (ro’yxati) asosida har bir daromad turiga (tranzit vazifasini bajarib kelayotgan 23402..., 23403..., 23411..., 23407..., 20205..., 20207... bank hisobraqamlariga mutanosib ravishda) daromadlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlari ochildi va daromadlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlari ma’lumotnomasi shakllantirildi. Ma’lumotnoma (spravochnik), ya’ni daromadlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlari ro’yxati Moliya vazirligi tomonidan Markaziy bank, Davlat soliq va bojxona qo’mitalari, shuningdek daromadlarni yig’ishga vakolatli bo’lgan tegishli organlar va tashkilotlarga taqdim etildi. Hududlarda (Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyat, tuman va shaharlarda) 2016 yilning 1 aprelidan 1 iyuliga qadar respublikaning barcha hududlarida byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini yig’ishning amaldagi tartibi saqlab qolingan holda daromadlarni g’azna ijrosi mexanizmi bilan qamrab olishning sinov jarayonini amalga oshirish bo’yicha g’aznachilik boshqarmalari (bo’linmalari) boshchiligida soliq boshqarmalari (inspektsiyalari) va moliya boshqarmalari (bo’limlari) mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzildi. Xozirgi kunda ushbu ishchi guruhlar quyidagi vazifalarni amalga oshirishmoqda: daromadlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlari ma’lumotnomasini har bir tuman va shaharlar kesimida soliq va boshqa majburiy to’lovlarni undirish bo’yicha vakolatli organlar (davlat soliq va bojxona xizmati organlari va boshqalar) bilan soliq va boshqa to’lovlar kesimida tekshirib, ma’lumotnomada ortiqcha yoki etishmayotgan bank hisobvaraqlarini aniqlash va bu haqda Moliya vazirligi G’aznachiligi hamda Davlat soliq qo’mitasiga ma’lumot taqdim etish; Byudjet tizimi byudjetlari daromadlariga soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar, ma’muriy jarimalar va moliyaviy sanktsiyalarni to’lashda to’lov hujjatlarini to’ldirish bo’yicha Uslubiy tavsiyalarni 2016 yilning 1 apreliga qadar soliq to’lovchilarga etkazilishini ta’minlash; Uslubiy tavsiyalar asosida soliq to’lovchilarga yangi tartibning mohiyatini tushuntirish bo’yicha 2016 yilning 1 apreliga qadar hududiy seminarlar tashkil etish; soliq bo’lmagan to’lovlar, davlat bojlari va moliyaviy jarimalar undiruvchi hisoblanadigan (23411... hisobvaraqlarni ma’muriy jihatdan boshqaruvchi) tashkilotlarga ushbu hisobvaraqlarga mos ravishda ochilgan daromadlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlari ro’yxatini 2016 yilning 1 apreliga qadar etkazish; soliq bo’lmagan to’lovlar, davlat bojlari va moliyaviy jarimalar undiruvchi hisoblanadigan (23411... hisobvaraqlarni ma’muriy jihatdan boshqaruvchi) tashkilotlarga daromadlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlarini monitoring qilish uchun 2016 yilning 1 apreliga qadar “UzASBO” dasturiy majmuasiga ulanish va tegishli login va parol olish uchun (byudjet tashkiloti hisoblanadigan va “UzASBO” dasturiy majmuasida ishlashga huquqi bor tashkilotlar ham alohida login va parol olishi lozim) tegishli choralarni ko’rish; 2016 yilning 1 aprelidan 1 iyuniga qadar sinov (test) jarayonida tranzit hisobraqamlariga kelib tushayotgan tushumlar to’g’risida banklardan olingan ma’lumot va daromadlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlariga kelib tushayotgan tushumlar bo’yicha doimiy taqqoslashlarni amalga oshirish va kamchiliklarni aniqlash; Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi, soliq bo’lmagan to’lovlar, davlat bojlari va moliyaviy jarimalar undiruvchi hisoblanadigan (23411... hisobvaraqlarni ma’muriy jihatdan boshqaruvchi) tashkilotlar axborot tizimlarida amaldagi tizim va sinov (test) tizimi ma’lumotlarini doimiy ravishda taqqoslab borilishini ta’minlash; aniqlangan kamchiliklar va tafovutlar bo’yicha Moliya vazirligi G’aznachiligi va Davlat soliq qo’mitasiga doimiy ravishda yozma axborot kiritib borish. Download 310.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling