1 Davlat bujeti to’g’risidagi ilmiy qarashlarning rivojlanishi


Download 310.91 Kb.
bet8/12
Sana22.12.2022
Hajmi310.91 Kb.
#1041285
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
DAVLAT BUJETI TUZILISHINING ILMIY ASOSLARI VA UNING TARKIBI

Soliqlar tushumi


Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha joriy yil I choragidagi tushumlar (7,2 trln so‘m) o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda 0,5 trln so‘mga kamaydi. Tushumlar hajmining kamayishiga soliqning 20 foizdan 15 foizga pasaytirilishi, shuningdek yangi tahrirdagi Soliq kodeksi qabul qilinishi bilan 2020 yil 1 yanvardan yangi qoidalarning kuchga kiritilishi omil bo‘ldi.
Shu o‘rinda, soliqning nol stavkasini qo‘llaydigan korxonalarga QQSni qoplash amalga oshirilmoqda. Bunda joriy yilning I choragidagi qoplash summasi 1 trln so‘mdan ko‘pni tashkil etdi.
Shu bilan birga, avtomobil sanoati korxonalariga berilgan imtiyozlarning bekor qilinishi hisobiga joriy yilning I choragida byudjetga qo‘shimcha tushumlar 350 mlrd so‘mni, shu jumladan import chog‘ida — 150 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Foyda solig‘i bo‘yicha tushumlar hisobot davrida taxminan 6,3 trln so‘mni tashkil etdi, bu 2019 yilning shu davridagiga nisbatan 3,9 trln. so‘mga ko‘pdir. Tushumlarning o‘sishi umumiy iqtisodiy o‘sish (chorakdan chorakka) bilan bir vaqtda oltin qazib olish sanoati korxonalarining qariyb 3 trln. so‘mlik foyda solig‘i bo‘yicha tushumlari hisobiga ta’minlandi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan mazkur soliqdan joriy yilning I choragida qariyb 3,6 trln so‘m kelib tushdi, o‘tgan yilning xuddi shu davrida 2,7 trln so‘m bo‘lgan edi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining bazaviy stavkasi 12 foiz bo‘lib o‘zgarishsiz qoldi. Bunda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun o‘rnatilgan soliqning qat’iy belgilangan miqdorlari (ilgari qat’iy belgilangan soliq) ularga jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lashni tanlash huquqini berish bilan 2020 yildan 25 foizga pasaytirildi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha tushumlar tarkibida ish beruvchilar (soliq agentlari) tomonidan bazaviy stavkada ushlab qolinadigan soliqlar 93 foizni tashkil qiladi. Tushumlarning yalpi hajmida dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlardan undiriladigan soliq ulushi 2 foizni, yakka tartibdagi tadbirkorlardan undiriladigan soliq ulushi 3 foizni tashkil etadi.

Manba: Moliya vazirligi
Soliq solishning yassi stavkasining joriy etilishi, davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalar uchun ijtimoiy soliqning 25 foizdan 12 foizga pasaytirilishi, shuningdek eng kam ish haqining oshirilishi legal sektordagi mehnatga haq to‘lash fondini 37 foizga oshirishga turtki bo‘ldi. Qabul qilingan choralardan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar ham yutishdi. Davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalar uchun birgina ijtimoiy soliqning 25 foizdan 12 foizgacha pasaytirilishi ular ixtiyorida 1 trln so‘m atrofida mablag‘ qolishini ta’minladi.
Aksiz solig‘i bo‘yicha yalpi tushumlar joriy yilning I choragida taxminan 3,2 trln so‘mni, shu jumladan yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilinadigan neft mahsulotlari bo‘yicha — 543,5 mlrd so‘mni, tamaki mahsulotlari bo‘yicha — 395,8 mlrd so‘mni, alkogolli mahsulotlar bo‘yicha — 335,4 mlrd. so‘mni, mobil aloqa xizmatlari bo‘yicha — 334,9 mlrd so‘mni, polietilen granulalar bo‘yicha — 56,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘i. Yer uchastkalari, mol-mulk va suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish maqsadida 2020 yildan bozorlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, shuningdek gastrol-konsert faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar quyidagilarni to‘lashga o‘tkazildi.
Joriy yilning I choragida yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha tushumlar 2019 yilning xuddi shu davri bilan solishtirganda 162,1 mlrd so‘mga kamaygan. Bu 2019 yil boshida mol-mulk solig‘i 2018 yil uchun hisob-kitoblarga binoan 5 foiz stavkada tushganligi bilan bog‘liqdir.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha tushumlar 2020 yilning I choragida o‘tgan yilning xuddi shu davri bilan solishtirganda 564,5 mlrd so‘mga oshib, 3,9 trln so‘mni tashkil etdi. O‘sish quyidagi omillar bilan bog‘liq bo‘ldi:

  • qimmatbaho metallar bozorida oltinning narxi joriy yilning I choragida 2019 yilning I choragiga nisbatan 120 foizga o‘sishi;

  • qat’iy belgilangan summada belgilangan soliq stavkalarining 15 foizga indeksatsiya qilinishi (xususan, tosh tuz (ovqatga ishlatiladigan), ohaktosh dolomitlar, marmar ushog‘i, g‘isht-cherepitsa xom ashyosi, qurilish qumlari va boshqalar);

  • foydali qazilmalarning alohida turlari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq belgilangan soliq stavkalaridan, lekin qat’iy belgilangan summadan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanishi va to‘lanishi o‘rnatilganligi (xususan, tabiiy bezaktoshdan bloklar, tosh-shag‘al aralashmasi, ohaktosh-chig‘anliqlar va boshqalar). Keyingi ikkita omil bo‘yicha qo‘shimcha tushumlar qariyb 40 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Davlat byudjetining xarajatlari ijrosi


Davlat byudjetining 2020 yil I chorakdagi xarajatlari 27,661 trln so‘mni yoki jami yillik tasdiqlangan xarajatlarning 21,1 foizini tashkil etdi. Shundan, respublika byudjeti xarajatlari 18,153 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, mahalliy byudjetlar orqali 9,508 trln so‘mlik xarajatlar moliyalashtirilgan.

Manba: Moliya vazirligi

Download 310.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling