143. Davlat organlarining turlari. Davlat organlari xilma-xil bo‘lib, ular
turli vazifa va funksiyalarni amalga oshiradi. Ular faoliyati mazmuni va
mezonlariga k o ‘ra turlicha tasnijlanadi:
DAVLAT ORGANLARI TURLARI:
-HOKIMIYAT TAQSIMLANISHIGA KO’RA:
1.qonun chiqaruvchi
2.ijro etuvchi
3.sudlov
-QAROR QABUL QILISH TARTIBIGA KO’RA
1.KOLLEGIAL
2.YAKKA TARTIBDA
-VAKOLAT TURIGA KO’RA
1.umumiy vakolatli
2.maxsus vakolatli
-HOKIMIYAT VAKOLATIGA KO’RA
1.birlamchi
2.hosila
144. Siyosiy va huquqiy normalar — K onstitutsiya, kodeks, nizom , partiyaviy hujjatlarda m ustahkam langan qoidalar b o ‘lib, ular siyosiy m unosabatlarni tartibga solish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan b o ‘ladi. Siyosiy faoliyat — jam iyatda siyosiy hokim iyatni am alga oshirish tizim ini m uhofaza etish, rivojlantirish hamda funksional ta'minlashga
qaratilgan faoliyat turidir.
Siyosiy ong — ijtimoiy ongning bir turi bo‘lib, u siyosiy hokimiyatni
amalga oshirish mexanizmlarini aks ettiruvchi va kishilarning siyosiy
munosabatlar sohasidagi xulq-atvorini yo‘naltiruvchi tafakkurning
namoyon bo‘lishidir. Siyosiy ong — siyosiy nazariyalar, dasturlar,
ta’limotlar tarzida, shuningdek siyosat haqidagi oddiy insoniy qarashlar,
tasavvurlar va an’analar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
145. Hokimiyatning taqsimlanishi — demokratik huquqiy davlatning
zaruriy shartidir. Mazkur prinsipning qo‘llanilishi hokimiyatning suiiste’
mol qilinishiga to ‘siq qo‘yadi, fuqarolarni m ansabdor shaxslarning tazyiqidan himoya qiladi, davlat idoralari faoliyatining samarali bo‘lishiga
shart-sharoit yaratadi. Hokimiyatlarning oqilona taqsim lanishi — davlat tuzilm alarining
samarali faoliyat yuritish suiiste’m olliklarning bartaraf etilishi, inson
huquq va erkinliklarining himoya qilinishi, umuman qonunchilikni
ta’minlashning garovidir. Shuning uchun ham hokim iyatlar taqsim lanishi
prinsipining davlatchiligimiz hayotiga real singdirilishi masalasi katta
nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
146.Suverenitet — mamlakat ichkarisida va undan tashqarida (xalqaro maydonda) davlat hokimiyatining oliyligi, ustunligidir. Suveren hokimiyat —
bu oliy, mustaqil, bo‘linmas, umumiy va uzviy, ya’ni ajralmas, begonalashtirib bo‘lmas hokimiyatdir. Davlat hokimiyatining suverenligi —
uning mamlakat hududidagi barcha tashkilotlar, muassasalar, uyushmalar,
Do'stlaringiz bilan baham: |