221Qadimgi Sharq mamlakatlari huquqiy tizimida ibtidoiy urug‘doshlik tuzumidan saqlanib qolgan odatlar, marosim qoidalari va an’analar aks etgan. Bu davrda huquq hali ma’lum tizimga, bir qolipga solinmaganligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, huquq tizimining hali tarmoqlarga bo‘linishi ham aytarli sezilmas edi. Bu davrning qoidalarida moddiy va protsessual normalar qorishib ketgan edi. Masalan, «...jazo tizimida jamoa bo‘yicha javobgarlik, bir kishining jinoyati uchun oila a’zolarining javobgarligi, jazo tayinlashda talion –«ko‘zga ko‘z, tishga tish» prinsipini, sud yuritish ishlarida ordaliya – sinab ko‘rish (hovuzda cho‘ktirib ko‘rish) mavjudligini ko‘rishimiz mumkin».
222.Konstitutsiyamizga tegishli o‘zgartirishlar kiritishga asos bo‘ladi» – dedi. Ushbu bashorat tez orada qonun ijodkorligi amaliyotida o‘z tasdig‘ini topdi. 2002-yil 12-dekabrda «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunlar, 2003-yil 24-aprelda Konstitutsiyaning davlat hokimiyati organlari tashkil etilishiga oid boblariga ikki palatali parlament joriy etilishi bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi2Bunda parlament palatalarining vakolatlari mustahkamlandi, Prezident va Hukumatning vakolatlari qayta shakllantirildi, saylov qonunchiligiga oid konstitutsiyaviy normalar takomillashtirildi.
223,Hukumatning qaror va farmoyishlari. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 98-moddasiga binoan, Respublika Hukumati – O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq mamlakatning butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni ta’minlash maqsadida qonunlar, Oliy Majlis palatalarining boshqa qarorlari, O‘zbekiston Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |