215. Ҳуқуқий маданият – бу кишиларнинг ҳуқуқий билим даражаси,
ҳуқуққа нисбатан онгли муносабати, ҳуқуқни ҳурмат қилиши ва унга
риоя қилишидир. Ҳуқуқий маданият жамият умумий маданиятининг
узвий таркибий қисмидир. Шу боис ҳуқуқий маданият деганда
жамиятнинг ҳуқуқий ҳаёти, унинг ҳуқуқий воқелиги, норматив-ҳуқуқий
ҳужжатлар, ҳуқуқий онг ривожида эришилганлик даражасини
ифодаловчи маънавий-ахлоқий ва ҳуқуқий қадриятлар тизими ҳамда
унга мувофиқ тарзда қарор топадиган қонунга итоатгўйлик ва
мамлакатда ҳуқуқий-тартибот муҳитини ўрнатиш учун ижтимоий
муносабатларни тартибга солишнинг амалга оширилиши тушунилади.
Субъектив таркибига кўра
216.Fuqarolarning qonun oldida tengligi . O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo‘yiladi hamda
ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart. Mazkur prinsip quyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi. Birinchidan, mamlakatda barcha fuqarolar teng holat va maqomga egaligi. Davlat o‘z qonunlari bilan fuqarolarga bir xil sharoit va teng imkoniyatlar yaratib beradi. Hamma bir xil huquq va majburiyatlarga ega. Biroq, ulardan foydalanish amalda turlicha bo‘ladi. Masalan, birov oliy o‘quv yurtiga kiradi, boshqa fuqaro esa, bu huquqdan foydalanmaydi. Ikkinchidan,bu prinsip umumfuqaroviy huquqlarning tengligida ifodalanadi. Bu huquqlar, avvalo, Konstitutsiyada va boshqa qonunlarda mustahkamlanadi. Bular fuqarolarning saylov huquqi va saylanish huquqi, mehnat qilish huquqi, bilim olish huquqi, tibbiy yordamdan foydalanish huquqi, turar joyga, xususiy mulkka ega bo‘lish huquqi va hokazolar. Uchinchidan, bu prinsip fuqarolarning qonun oldida birdek mas’ulligida ifodalanadi. Qonunni buzgan har bir fuqaro, har bir mansabdor shaxs (shu jumladan, yuridik shaxs) istisnosiz o‘z qilmishi uchun javob berishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |