1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini


Download 170.58 Kb.
bet44/97
Sana03.02.2023
Hajmi170.58 Kb.
#1155098
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   97
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси M.S.M

Oshkoralik prinsipi. Davlat mexanizmi (apparati)ga kiruvchi organlar
o ‘z faoliyatini oshkoralik tamoyili asosida amalga oshiradilar. Qonun
chiqaruvchi organ — parlament faoliyati jarayonida qabul qilinayotgan
qonunlar loyihasini yoki qabul qilgan qonunlar matnini ommaviy axborot
vositalari orqali xalqqa e’lon qilinishi hamda xalqni qonunlardan xabardor etilishi oshkoralikning ifodasidir.
Qonuniylik prinsipi. Davlat mexanizmi (apparati)ning tashkil etilishi
qonun yo‘li bilan amalga oshiriladi. Davlat apparatining asosiy bo‘g‘ini
bo‘lgan qonun chiqaruvchi organ — Oliy Majlis, ijro etuvchi organ —
Vazirlar Mahkamasi va sud organlari — Oliy sud, va
Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida 0‘zbekiston Respublikasining tegishli
qonunlari qabul qilingan.
Professionalizm prinsipi. Davlat apparati xizmatchilari o‘z sohalarining yetuk mutaxassislari bo‘lib, ular maxsus malaka va bilimga, yetarli
tajriba va amaliy uquvga ega bo‘lgan xodimlar hisoblanadi. Davlat apparatida xizmat qilayotgan xodimlar dastlab mazkur soha bo‘yicha quyi

organlarda xizmat qilgan, ushbu sohada boy tajribaga ega bo‘lgan m utaxassis xodim boiishi shart.


Kollegiallik va yakkaboshchilikning birgaligi prinsipi. Davlat apparati
organlari o‘z faoliyatini kollegiallik va yakkaboshchilik asosida amalga
oshiradilar. Kollegiallik jamoaviy boshqaruv hisoblanib, Oliy Majlis quyi
palatasi deputatlari va yuqori palatasi senatorlarining xizmat faoliyatida
yaqqol ko‘rinadi
Saylanish va tayinlanishning uyg'unligi. Davlat mexanizmi (apparatijning tashkil etilishi saylanish va tayinlanish orqali amalga oshiriladi.
0‘zbekiston Respublikasida oliy vakillik organlari Qonunchilik palatasi
deputatlarining barchasi, Senat a’zolarining aksariyat qismi, Oliy sud
organlarining rais va o‘rinbosarlari saylash orqali tegishli vakolatga ega
boladilar. Ijro etuvchi organlarning barchasi tayinlash tartibida shakllantiriladi. Masalan, 0‘zbekiston Respublikasining Prezidenti vazirlar va
hokimlarni lavozimiga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi.

Download 170.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling