1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini


Ta’lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, ta’lim tizimini isloh qilishning muhim vositasi —ta’lim


Download 170.58 Kb.
bet54/97
Sana03.02.2023
Hajmi170.58 Kb.
#1155098
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   97
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси M.S.M

157. Ta’lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, ta’lim tizimini isloh qilishning muhim vositasi —ta’lim
qonunchiligi va uni hayotga joriy etishdir. Ta’lim tizimidagi qonunchilikning holati, boshqa sohalarda bo‘lgani kabi yangi qonunlar qabul qilinayotganligi va ularning amal qilayotganligidan guvohlik bermoqda.
Ushbu qonunlar yig‘indisi qonunchilikning yangilik tarmog’i — ta4im
qonunchiligini tashkil etmoqda. Davlatimizning ta’lim sohasidagi amaliy
faoliyati uning ko‘p qirrali faoliyatida muhim va mustaqil funksiya sifatida — davlatning ta ’lim funksiyasi shakllanayotganligini yaqqol ko‘rsatmoqda. Davlatning ta ’lim sohasidagi funksiyasi tizimli faoliyat sifatida
quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
— ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi davlat organlari tarm ogini
tashkil qilish va uni boshqarish, shuningdek tegishli vazifalarni bajarishda
ishtirok etayotgan nodavlat tashkilotlarni qo‘llab-quwatlash;
— ta’lim muassasalari tizimini moliyalashtirish, ularga nisbatan imtiyozli soliq siyosatini yuritish;
— ta’lim tizimini rivojlantirish uchun sharoit yaratish, uni davlat
miqyosida takomillashtirish choralarini ko‘rish;
— ta’lim sohasiga investitsiyalarni jalb qilish, ilg‘or texnologiyalarni
joriy etish;
— ta’lim tizimida o‘zini o‘zi boshqarish va o‘zini o‘zi rivojlantirish
uchun keng imkoniyatlarini yaratish;
— fuqarolarning bilim olish huquqini amalga oshirish, ularni um um ­
ta’lim va kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish uchun barcha shartsharoitlarni yaratish.

158.Totalitar siyosiy rejim larning asosiy belgilari quyidagilar:
— fuqarolar huquq va erkinliklarining butkul kam sitilishi;
— hokim iyatning barcha darajalarda nom enklaturaning yopiq kanallari orqali shakllantirilishi;
— hokim iyat bo‘linishi prinsipining amalda bekor qilinganligi;
— yagona hukmron partiyaning mavjudligi;
— yagona rasm iy mafkuraviy doktrinaning jamiyat barcha a’zolariga
singdirilishi. Totalitar rejim usuliga fashistik davlatlar va “shaxsga siginish”
davridagi sotsialistik davlat misol boiadi. Ushbu rejim ko‘ppartiyaviylik
tizimini rad etgan holda, faqat bir hukm ron partiyaning mavjudligiga yo‘l
qo‘yadi va mazkur partiya jamiyatning yetakchi kuchi deb e’lon qilinadi,
uning qoidalari muqaddas aqidalardek qabul qilinadi. Hukmron partiya
davlat boshqaruvini jilovlab turadi hamda partiya va davlat organlarining
o‘zaro qo‘shilib ketishi sodir boiadi. Siyosiy hukmron partiya rahbari
siyosiy lider bo‘lib, u davlat boshligi hisoblanadi. Mamlakatda siyosiy
plyuralizmga yo’l qo‘yilmay, yagona rasmiy mafkura o'rnatiladi. Davlatda
eng dono, “xalq otasi” boshchilik qiladi va u buyuk dohiy deb e’tirof etiladi.
Totalitar davlat boshqaruvida idora etish tartibi o‘ta markazlashgan
bo’ladi. Barcha fuqarolar yuqoridan keladigan buyruqlarga ogishm ay
amal qiladilar. Har qanday tashabbus taqiqlanadi. Shaxs siyosiy hayotda
deyarli ishtirok etmaydi va odamlar hayoti qattiq nazoratga olingan
bo’ladi.

Download 170.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling