1 Davlat va huquq nazariyasining predmetini


Download 170.58 Kb.
bet55/97
Sana03.02.2023
Hajmi170.58 Kb.
#1155098
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   97
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси M.S.M

159. Qiyosiy-huquqiy m etod qiyoslash, taqqoslash, solishtirish,
chog‘ishtirish orqali davlat va huquq voqeliklarini o‘rganish, ularning
o ‘ziga xos jihatlari va xususiyatlarini aniqlab olish usuli. Masalan, 0 ‘zbekistondagi ikki palatali parlamentning mohiyati, vakolatlari ko‘lami,
xususiyatlarini aniqlash uchun dunyodagi boshqa davlatlar ikki palatali
parlamentlarining huquqiy maqomi va vakolatlari bilan qiyoslanadi. Yoki
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o ‘ziga xos jihatlarini tushunib olish uchun uni boshqa davlatlaming konstitusiyalari bilan solishtirib
o ‘rganiladi va hokazo. Qiyosiy-huquqiy usul yordamida davlat va
huquqning nafaqat boshqa mamlakatlardagi analoglari (o‘xshash hodisalar) bilan farqi aniqlanadi, balki ularning o ‘tmishdagi, awalgi bosqichdagi holati bilan hozirgi kundagi holati qiyoslab qimmatli m a’lumotlar
to ‘planadi.
Ushbu metod turli davlatlar va huquqiy tizimlarning umumiy va
o ‘ziga xos tomonlarini bilish hamda ana shu asosda davlat va huquq
taraqqiyotining qonuniyatlarini ochishga, davlat va huquq sohasidagi
hodisalar va jarayonlami o‘zaro solishtirish asosida ular o ‘rtasidagi
o‘xshashlik va farqlarni aniqlashga imkon beradi'.
160.

161.

162. Davlatning yana bir muhim belgisi ommaviy-siyosiy hokimiyatning
ta ’sis etilganligi. Ya'ni, siyosiy elita va jamiyatning qolgan qismi o ^ a s ida mavjud hukmronlik va bo‘ysunish (hokimlik va tobelik) m unosabatlarining mavjudligi.
Jamiyatda hokimiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy kabi turlaridan
farqli o‘laroq davlat hokimiyati alohida mavqega ega. Davlat hokimiyati
faqat m a’lum hududgagina tatbiq etiladi. Ibtidoiy jam oa tuzumidagi ijtimoiy hokimiyat esa hududga bog‘liq bo‘lmay, faqat urug‘, qabila a’zolarigagina tatbiq etilar edi. Bu davlatning butun jamiyatni muayyan yo‘sinda
boshqarish va majburlash qobiliyatini anglatadi.
Ommaviy-siyosiy hokimiyat irodasiga u ta’sir etuvchi hududdagi barcha itoat qilishi shart bo‘ladi. Ommaviy-siyosiy hokimiyat jamiyatning
rivoji va ravnaqi manfaatlaridan kelib chiqib, uni boshqarishni amalga
oshiradi. Ommaviy-siyosiy hokimiyat maxsus davlat apparati timsolida
moddiylashadi, institutsiyalashadi. Uning ijtimoiyligi, ommaviyligi shundaki, davlat hokimiyati butun jamiyatga daxldor, davlat butun jamiyat
(xalq) irodasini ifodalab, uning nomidan ish yurita oladi.
Ommaviy-siyosiy hokimiyat apparati, odatda, jamiyat hamda xalq
manfaatiga xizmat qilishga safarbar etilgan. Ushbu apparatga qonun
chiqaruvchi idora, hukumat, moliya organlari, boshqaruv organlari, sud
idoralari, huquqni muhofaza etuvchi idoralar, qurolli kuchlarni boshqarish apparati, turm a va jazoni ijro etish muassasalari kabilar kiradi. Davlat
apparati davlat majburlovini qo‘llashda mutlaq huquqqa ega.

Download 170.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling