1. Davlat xaridlari jarayoni va bosqichlari Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlari tavsifiga va shartnoma shartlariga taalluqli qoidalar


Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1558449
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-MAVZU

Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar. Ishtirokchilar quyidagi mezonlarga
muvofiq bo‘lishi kerak:
- shartnomani bajarish uchun zarur texnikaviy, moliyaviy, moddiy, kadrlar
resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligi;
- shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egalik;
- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha qarzdorlikning
mavjud emasligi;
- o‘ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud
emasligi;
Insofsiz ijrochilarning yagona reestrida qayd etilmaganligi.
Ishtirokchilarga qo‘shimcha talablar qo‘yiladigan davlat xaridi. Davlat
buyurtmachisi zarur bo‘lganda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) o‘ziga xos


xossalaridan yoki xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ishtirokchilarga qo‘shimcha
talablar belgilashga haqli.
Ishtirokchilarga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar ushbu Qonunda
belgilangan printsiplarga zid bo‘lmasligi kerak.Ishtirokchilarga qo‘yiladigan
qo‘shimcha talablar davlat xaridi to‘g‘risidagi axborotda u e’lon qilingan paytda
ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.Ishtirokchilarga qo‘shimcha talablar qo‘yiladigan davlat
xaridida ishtirok etish uchun ishtirokchilar akkreditatsiya tartib-taomilidan o‘tadi.
Ishtirokchilarni akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi vakolatli organ tomonidan
belgilanadi.
Birgalikdagi davlat xaridlari. Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning)
birgalikdagi davlat xaridlarini shakllantirish ikki va undan ortiq davlat
buyurtmachisining davlat xaridlari bo‘yicha rejalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) birgalikdagi davlat xaridlarini
shakllantirish bir davlat dasturida yoki loyihalar portfelida ishtirok etayotgan davlat
buyurtmachilarida amalga oshirilishi kerak.
Takliflarni ta’minlash. Davlat buyurtmachisi xarid qilish tartib-taomiliga
nisbatan ishtirokchilar tomonidan takliflarning garov, kafolat, zakalat tarzida yoxud
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa usulda ta’minlanishi zarurligi to‘g‘risida
talab belgilashga haqli.
Xarid qilish tartib-taomiliga nisbatan ishtirokchilar tomonidan takliflarning
ta’minlanishi zarurligi tarzidagi talab barcha ishtirokchilarga taalluqli bo‘ladi va
davlat xaridlarining shartlarida ko‘rsatiladi.
Davlat buyurtmachisi xarid qilish tartib-taomiliga nisbatan ishtirokchilar
tomonidan takliflarning ta’minlanishi zarurligi tarzida talab belgilagan taqdirda,
takliflar yuborilguniga qadar ishtirokchi ta’minotning maqbulligini tasdiqlash
to‘g‘risida so‘rov yuborishga haqli. Davlat buyurtmachisi bunday so‘rovga darhol
javob beradi.
Davlat buyurtmachisi taklifni ta’minlash summasi to‘lanishini talab qilmaydi
va ta’minlash to‘g‘risidagi hujjatni darhol qaytaradi yoki quyidagi voqealardan biri
yuz berganidan keyin uning qaytarilishini ta’minlaydi:



taklifni ta’minlashning amal qilish muddati tugashi;

davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnomaning kuchga kirishi va ushbu
shartnomaning bajarilishi ta’minlanishi, agar bunday ta’minlash davlat xaridi
shartlarida talab etilsa;

davlat xaridlarining bekor qilinishi;

takliflarni yuborishning oxirgi muddati tugaguniga qadar taklifning
chaqirib olinishi, agar davlat xaridi shartlarida bunday qaytarib olishga yo‘l
qo‘yilmasligi aytib o‘tilmagan bo‘lsa.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling