1. Davlat xaridlari jarayoni va bosqichlari Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlari tavsifiga va shartnoma shartlariga taalluqli qoidalar


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1558449
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-MAVZU

Davlat xaridini bekor qilish. Davlat buyurtmachisi g‘olib bo‘lgan taklif
aktseptiga qadar istalgan vaqtda davlat xaridini bekor qilish huquqiga ega. Davlat
xaridi bekor qilingan taqdirda davlat buyurtmachisi maxsus axborot portalida
mazkur qarorning asoslantirilgan sabablarini e’lon qiladi.
Davlat buyurtmachisi davlat xaridi bekor qilinganligi uchun javobgar
bo‘lmaydi, bundan davlat xaridi davlat buyurtmachisining g‘ayriqonuniy harakatlari
(harakatsizligi) oqibatida bekor qilingan hollar mustasno.
Maxfiylik. Davlat buyurtmachisining yoki maxsus axborot portali
operatorining xodimi o‘zining ijrochilar yoki istalgan shaxs bilan munosabatlarida,
agar axborotni oshkor etmaslik davlat xavfsizligi manfaatlarini himoya qilish uchun
zarur bo‘lsa yoki bunday axborotning oshkor etilishi qonunga zid bo‘lsa, qonun
hujjatlariga rioya etilishini ta’minlashga to‘sqinlik qilsa, ijrochilarning qonuniy
tijorat manfaatlariga zarar etkazsa yoxud insofli raqobatga to‘sqinlik qilsa, vakolatli
organ bu axborotni oshkor etish to‘g‘risida qaror qabul qilmasa, hech bir axborotni
fosh etmaydi. Vakolatli organ bunday axborotni oshkor etish to‘g‘risida qaror qabul
qilgan taqdirda ushbu qaror shartlariga rioya etiladi.
Ishtirokchi xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etib, taklifda o‘zi ko‘rsatgan
barcha ma’lumotlarning, takliflarini qabul qilish muddati tugaganidan keyin e’lon
qilinishiga rozilik bildiradi.
Odob-axloq qoidalari. Davlat buyurtmachilari va maxsus axborot portali
operatori davlat xaridlarini o‘tkazish uchun Odob-axloq qoidalarini qabul qilishi
kerak, unda quyidagilar nazarda tutiladi:



manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish chora-tadbirlari;
o kasbiy tayyorgarlikni tekshirish tartib-taomillari va unga doir talablar.
Davlat buyurtmachilari, maxsus axborot portali operatori xodimlarining, xarid
komissiyasi a’zolarining odob-axloqi qoidalarida kasbga doir va xizmatdan tashqari
faoliyatda odob-axloqning yagona printsiplari va qoidalari, kasbiy tayyorgarlikka
doir yagona talablar belgilanadi.
Davlat buyurtmachisining va maxsus axborot portali operatorining mas’ul
shaxslari, xarid komissiyasi a’zolari tomonidan ishtirokchilar hamda ijrochilardan
moddiy va nomoddiy boyliklarni olish taqiqlanadi.
Odob-axloq qoidalari davlat buyurtmachilarining yoki ularning yuqori
turuvchi organlarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinishi lozim.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling