1. Davlat xaridlari jarayoni va bosqichlari Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlari tavsifiga va shartnoma shartlariga taalluqli qoidalar


 Davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar reestri


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1558449
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-MAVZU

3. Davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar reestri
Maxsus axborot portali operatori maxsus axborot portalidan foydalanish
vositasida davlat buyurtmachilari tomonidan tuzilgan shartnomalar reestrini
(bundan buyon matnda shartnomalar reestri deb yuritiladi) yuritadi.
Shartnomalar reestriga quyidagi hujjatlar va axborot kiritiladi:
davlat buyurtmachisining nomi;
 moliyalashtirish manbasi;
ijrochini aniqlash usuli;
 xarid qilish tartib-taomilining natijalari sarhisob qilinadigan sana va
shartnoma tuzish asoslarini tasdiqlovchi hujjatning rekvizitlari;
shartnoma tuzilgan sana;
 tovar (ish, xizmat), shartnoma bahosi va uni ijro etish muddati, tovar
(ish, xizmat) birligining narxi, u kelib chiqqan mamlakatning nomi hamda ijro
etilgan shartnomaga doir tovarni ishlab chiqaruvchi to‘g‘risidagi axborot;
 ijrochi soliq to‘lovchining nomi, firma nomi (agar mavjud bo‘lsa),
joylashgan eri (yuridik shaxs uchun — pochta manzili), familiyasi, ismi,
otasining ismi (agar mavjud bo‘lsa), yashash joyi (jismoniy shaxs uchun),
identifikatsiya raqami yoki chet ellik shaxs uchun tegishli chet davlatning qonun
hujjatlariga muvofiq ijrochi soliq to‘lovchining o‘xshash identifikatsiya raqami,
bundan tarixiy, badiiy yoki boshqa madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan va
davlatning muzey, axborot-kutubxona, arxiv fondlarini, kino fondlarini,
fotosuratlar fondlarini va shunga o‘xshash fondlarni to‘ldirish uchun
mo‘ljallangan madaniy qimmatliklarni, shu jumladan muzey ashyolarini va
muzey kollektsiyalarini, shuningdek noyob va qimmatbaho nashrlarni,
qo‘lyozmalarni, arxiv hujjatlarini (shu jumladan ularning ko‘chirma nusxalarini)
etkazib beradigan jismoniy shaxs to‘g‘risidagi axborot mustasno;
 shartnomani o‘zgartirish to‘g‘risidagi axborot, shartnomaning
o‘zgartirilgan shartlari ko‘rsatilgan holda;


 shartnomani ijro etish to‘g‘risidagi axborot, shu jumladan shartnoma
uchun haq to‘lash, shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni tegishli tarzda
bajarmaganlik munosabati bilan moliyaviy sanktsiyalar (jarimalar, penyalar)
hisoblanishi to‘g‘risidagi axborot;
 shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi axborot, bekor qilish sabablari va
asoslari ko‘rsatilgan holda.
Shartnomalar reestridagi axborot to‘lov undirilmagan holda tanishib chiqish
uchun ochiq bo‘lishi kerak.
Shartnomalar reestrini yuritish tartibi vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Qaysi shartnomalar to‘g‘risidagi axborot shartnomalar reestriga kiritilmagan
bo‘lsa, o‘sha shartnomalar uchun haq to‘lanmaydi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling