1. Davolash mashqlari haqida umumiy tushuncha. Fanning vazifasi, ahamiyati, rivojlanish tarixi
Nafas olish a`zolarining surunkali kasalliklarida davolash gimnastikasi
Download 28.88 Kb.
|
Davolash jismoniy tarbiya asoslari.
Nafas olish a`zolarining surunkali kasalliklarida davolash gimnastikasi.
Grippning asorati bo`lgan traxeit, bronxit kasalliklarining surunkali kechishida haftalar davomida yo`talish, shilimshiq balg`amning qiyinchilik bilan ajralish, xirillab nafas olish holatlari bolalar-u kattalarning sog`lig`ini zaiflashtiradi. Bunday holatlarda nafas yo`llarini shilimshiq balg`amdan tozalash va nafas olishni osonlashtirish bo`yicha Moskvalik olim, pedagogika fanlari nomzodi, jismoniy tarbiya fani mutaxassisi Boris Sergeevich Tolkachev tomonidan ishlab chiqilgan davolash gimnastika usuli Rossiyada keng qo`llanmoqda. 1. Palos to`shalgan yerga orqa bilan yotadi, qo`l va oyoqlar uzatilgan; - bir deganda chuqur nafas olib, oyoqlar son-chanoq va tizza bo`g`imlarida bukiladi; - ikki qo`l bilan bukilgan boldirlar bukilgan sonning orqa tomoniga qisib-tiraladi va sekinlik bilan chuqur nafas chiqariladi; - chuqur nafas chiqarishni davom ettirib, qo`llar bilan bukilgan boldirlarni ko`krakka tiraladi; - dastlabki holatga qaytib, qorinni shishirib chuqur nafas olinadi; - qorin muskullarini taranglashtirib, chuqur nafas chiqariladi va chuqur yo`taladi. Og`izda balg`am paydo bo`lsa, tuflanadi; - dastlabki holatga qaytadi. 2. Palos to`shalgan yerga orqa bilan yotadi, qo`l va oyoqlar uzatilgan - chuqur nafas oladi; - yordam ko`rsatuvchi odam bemorning uzatilgan oyog`i pastida tizzasi bilan cho`kkalab, ikki qo`li bilan ikkala boldirining o`rtasidan ushlaydi; - bemorning oyoqlarini son-chanoq bo`g`imida bukib, uning tizzasini ko`kragiga tirab, chiqaradi va yo`talib og`ziga kelgan balg`amni tupuradi; - dastlabki vaziyatga qaytadi. 3. Tik turib, oyoqlari yelka kengligida, qo`llari tirsak bo`g`imida to`g`ri burchak hosil qilib bukilgan; - tizza bo`g`imi bukib, oldinga engashadi, boshi tizza bo`g`imiga yetadi; - bilaklarini qorniga va ko`krak qafasining pastki sohasiga tiraydi, qo`l barmoqlari bilan biqinini ushlaydi - chuqur nafas chiqaradi, yo`taladi, og`ziga balg`am kelsa, tupuradi; - dastlabki holatga qaytadi; - chuqur nafas oladi; - tik turib oyoqlari yelka kengligida, oldinga engashadi, qo`llarini pastga osiltirib tushiradi, boshi pastga egilgan; - yo`taladi, chuqur nafas chiqaradi, og`ziga balg`am kelsa tupuradi. 4. Bemor tik turib, oyoqlari yelka kengligida, qo`llari tushirilgan; - chuqur nafas oladi; - yordam ko`rsatuvchi odam bemor orqasida tik turib, ikki qo`lini bemorning qo`ltig`i ostidan o`tkazib, uning ko`kragi pastki va qornining yuqori qismini qo`llari bilan sekinlik bilan bosadi; - bemor qo`llarini pastga osiltirib tushuradi, boshi bilan engashadi; - bemor chuqur yo`taladi va nafas chiqaradi, og`ziga balg`am kelsa tupuradi; - dastlabki holatga qaytadi. Download 28.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling