Podagra kasalligida davolash mashqlari.
Podagra – odam organizmida oqsil (purin) moddasi almashinuvining buzilishi natijasida yuzaga keladigan kasallik.
Sababi: oqsilga boy ovqatlar, ayniqsa yog`li go`shtni ko`p iste`mol qilish, muntazam ravishda spirtli ichimliklar iste`mol qilish.
Belgilari: oqsil (purin) almashinuvining oxirgi qoldig`i bo`lmish siydik kislotasi organizmda ko`p hosil bo`ladi va u qo`l-oyoq panja bo`g`imlariga to`planadi. Buning natijasida panja bo`g`imlari shishadi, qizaradi, vaqti-vaqti bilan bo`g`imlarda kuchli og`riq paydo bo`ladi. Kasallik vaqti-vaqti bilan qo`zg`alib, surunkali davom etadi. Bu kasallikka uchragan odamlarning ko`pchiligi semiz bo`ladi.
Tibbiy yordam: 1. Go`sht va go`sht mahsulotlarini iste`mol qilish kamaytiriladi.
2.Sut-qatiq, meva-sabzavotlar istagancha iste`mol qilinadi.
3.Ertalabki gimnastika.
4.Ko`proq piyoda yurish, sekin-sekin qisqa masofaga yugurish. Sport o`yinlari bilan shug`ullanish.
Bo`g`imlar kasalligida davolash mashqlari.
Bo`g`imning yallig`lanish kasalligi artrit deyiladi. Bitta bo`g`imning kasalligi – monoartrit, ikkita va undan ko`p bo`g`imlarning kasalligi – poliartrit deyiladi.
Sababi: Bo`g`imning yallig`lanishi asosan revmatizm kasalligida bo`ladi. Kam holatlarda podagra, psoriaz, allergiya, brutsellyoz va boshqa kasalliklarda uchraydi.
Belgilari: Artrit va poliartritlarda bitta yoki 2-3 ta va undan ko`p bo`g`imlar og`riydi, shishadi, harakatlanish qiyinlashadi.
Artrit va poliartritlarda davolash mashqlari.
1.Qo`l va oyoqlarni katta bo`g`imlarida bukish va yozish harakatlarini bajarish;
2.Qo`l-oyoqlarning mayda hatto bo`g`imlarida (barmoqlarida) bukish va yozish harakatlarini bajarish.
3. Qo`l -oyoqlarni oldinga va orqaga siltab harakat qilish.
4. Tik turgan holda ikki qo`lni yuqoriga ko`tarib nafas olish, engashib qo`l uchini oyoq barmoqlariga tekkizib-nafas chiqarish – 10-20 marta.
5. Orqaga yotgan holda qo`lni yuqoriga ko`tarib panja, bilakuzuk, tirsak, yelka bo`g`imlarida bukish-yozish harakatlarini bajarish - har bir bo`g`imda20 martadan.
6. Yotgan holda oyoqlarni ko`tarib oshiq, tizza, chanoq, son bo`g`imlarida bukish-yozish harakatlarini bajarish - har bir bo`g`imda 10-20 martadan.
Do'stlaringiz bilan baham: |