Davolash mashqlarida quyidagi sport mashg`ulotlari qo`llanadi:
1. Ertalabki va kechqurungi ovqatdan keyin ochiq havoda sayr qilish.
2. Yurish. Pastlikdan-yuqori (baland) ga qarab.
3. Terrenkur. Uzoq masofaga yurish va yugurish. Dam olish uyi va sanatoriyda qo`llanadi.
4. Ekskursiya. Piyoda yoki transportda xushmanzara joylarga sayr qilish.
5. Yaqin turizm: piyoda, velosipedda, qayiqda yurish, sayr qilish.
Davolash mashqlarining moddiy ta`minoti.
Davolash mashqlarini o`tkazish uchun quyidagi moddiy ta`minot talab etiladi:
1.Maxsus xona yoki zal. Pol sathi 40-60 mІ. Bir odam uchun 4 ml pol sathi to`g`ri kelishi kerak.
2. Xonaning harorati +18+20oC, nisbiy namligi 40-60 %.
3. Xonada quyidagi buyum va anjomlar bo`lishi kerak:
- gimnastik narvon;
- gimnastik skameyka 2-4 ta;
- baland gimnastik skameyka 1-2 ta;
- gimnastik narvon 1 ta (gorizontal holatida);
- kushetka -2-6 ta;
- gimnastik kolso – 1 juft;
- har bir shug`ullanuvchi uchun individual gilamcha, uning ustiga prostina va yostiq;
- gimnastik tayoqcha;
- gantellilar – 0,5 kg.dan 3 kg.gacha;
- rezin to`plar – 1 kg. dan 5 kg. gacha.
Kundalik hayotda deyarli ko`p uchraydigan kasalliklar va shikastlanishlarda qo`llanadigan davolash mashqlari.
Bularga quyidagilar kiradi:
1.Qorin muskullarini chiniqtiruvchi mashqlar.
2.Podagra kasalligida davolash mashqlari.
3.Artrit va poliartritlarda davolash mashqlari.
4.Osteoxondroz kasalligida davolash mashqlari.
5.O`pka, yurak-tomir, asab tizimi kasalliklarida davolash mashqlari.
6.Suyak sinishi,bo`g`im chiqishi va boshqa shikastlanishlarda davolash mashqlari.
Qorin muskullarini chiniqtiruvchi mashqlar.
1.Tekis joyga orqa bilan yotgan holda qo`l-oyoqlar uzaytiladi.
- uzaytilgan va juftlangan oyoqlarni 40-50 sm yuqoriga ko`tarib nafas chiqariladi, tushirib nafas olinadi - 10 marta.
2.Orqaga yotgan holda qo`l-oyoqlar uzatiladi.
- qo`llarni bosh ostiga qo`yiladi, nafas olinadi;
- oyoqlarni 20 sm yuqoriga ko`tarib, 2 oyoqdan aylana yasalib, nafas chiqariladi;
- qo`l-oyoqlar tushirilib, nafas olinadi.
- Bu mashq 10 marta takrorlanadi.
3. Orqaga yotgan holda qo`l-oyoqlar tushirilib, chuqur nafas olinadi.
- oyoqlarni 30-40 sm yuqoriga ko`tarib, bir-biriga chalkashtiriladi va nafas chiqariladi, tushurib nafas olinadi: - 10 marta.
4. Orqaga yotgan holda qo`llar bosh ostiga qo`yiladi, oyoqlar uzatiladi.
- oyoq panjalarini va tovon bel yarmigacha devan ostiga yoki biror og`ir buyum ostiga kiritiladi (yoki bir kishi oyoqni shu joydan ushlab turadi);
- shu vaziyatda o`tirish va yotish harakatlari bajariladi- 5-10 marta.
Do'stlaringiz bilan baham: |