1. Davolash mashqlari haqida umumiy tushuncha. Fanning vazifasi, ahamiyati, rivojlanish tarixi


Davolash mashqlarining shakllari va vositalari


Download 28.88 Kb.
bet3/14
Sana20.06.2023
Hajmi28.88 Kb.
#1637126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Davolash jismoniy tarbiya asoslari.

Davolash mashqlarining shakllari va vositalari.
Davolash mashqlarining shakllari va vositalari 2 guruhga bo`linadi:
1.Jismoniy mashg`ulotlar; 2.Tabiiy omillar.
Jismoniy mashg`ulotlar. Bular 3 guruhga bo`linadi:
1. Gimnastik mashg`ulotlar; 2. Sport mashg`ulotlar; 3. O`yinlar.
Gimnastik mashg`ulotlar. Bular o`z navbatida 3 guruhga bo`linadi:
1.Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar. Bular odamni umumiy sog`lomlashtirishga qaratilgan.
2. Maxsus gimnastik mashg`ulotlar. Bular kasallangan yoki shikastlangan to`qima-a`zolarning faoliyatini kuchaytirish, ularda qon aylanishi va moddalar almashuvini yaxshilashga qaratilgan.
3. Nafas olish va nafas chiqarishni yaxshilashga qaratilgan gimnastik mashg`ulotlar. Bular 3 usulda bo`ladi.
a) Statik nafas olish mashg`ulotlari. Bunda odam harakatlanmasdan, ya`ni yotgan, o`tirgan, tik turgan joyida chuqur nafas olish va chuqur nafas chiqarish mashqini bajaradi.
b) Dinamik nafas olish mashqlari. Bunda qo`l va oyoqlarni harakatlantirish jarayonida nafas olish va nafas chiqarish mashg`ulotlari bajariladi.
c) Maxsus nafas olish mashg`ulotlari. Bunda nafas olish a`zolarining turli xil kasalliklarida yuzaga kelgan o`zgarishlarni bartaraf etishga qaratilgan maxsus nafas olish va nafas chiqarish mashqlari bajariladi.
Davolash mashqlarida sport mashg`ulotlarini qo`llanilishi.
1. Sayr qilish.2.Yurish. 3.Terrenkur- ma`lum masofaga yurish va yugurish. 4. Piyoda ekskursiya, turizm.
Davolash mashqlarida o`yinlar. Bular 4 guruhga bo`linadi:
Joyda turib o`ynash. Sekin harakatli o`yinlar. Ko`p va tez harakatli o`yinlar.
Sport o`yinlari: estafeta, stol ustida tennis, futbol, voleybol, basketbol va boshqalar.
Davolash mashqlarida mexanoterapiya. Bo`g`imlarning shikastlanishi tufayli ularda harakatlanishni qiyinlashuvi bilan kechadigan kasalliklar vujudga kelishi mumkin (ankiloz, kontraktura va boshqalar).
Bo`g`imlar harakatlanishining qiyinlashuvi bilan kechadigan kasalliklarda mexanoteropiya usuli qo`llanadi. Buning uchun Gander, Krukenberg, Tilo apparatlari qo`llanadi. Bu elaktr apparatlar yordamida harakati qiyinlashgan bo`g`imlarning harakatlanishi asta-sekin yaxshilanadi.
Davolash mashqlarida qo`llanadigan tabiiy omillar.
Davolash mashqlarida qo`llanadigan tabiiy omillarga havo, suv, quyosh kiradi. Bu omillar odam organizmini chiniqtirishda muhim ahamiyatga ega.

Download 28.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling