1. Davolash mashqlari haqida umumiy tushuncha. Fanning vazifasi, ahamiyati, rivojlanish tarixi


Download 28.88 Kb.
bet5/14
Sana20.06.2023
Hajmi28.88 Kb.
#1637126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Davolash jismoniy tarbiya asoslari.

Davolash mashqlarining turlari.
Davolash mashqlari 3 turda o`tkaziladi:
1.Ertalabki gigiyenik gimnastika;
2. Davolash gimnastika;
3. Sport mashg`ulotlari.
Ertalabki gigiyenik gimnastika. Bu sog`lomlashtiruvchi va tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Sog`lomlashtiruvchi ahamiyati shundan iboratki, tungi uyqudan keyin ertalabki gimnastika markaziy nerv sistemasini qo`zg`atadi, nafas olish, qon aylanishni yaxshilaydi, barcha hujayra-to`qimalarni qon, oziq moddalari, kislorod bilan ta`minlanishini yaxshilaydi. Shu bilan odam sog`ligiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Ertalabki gimnastikaning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, uni har kuni ertalab, ma`lum belgilangan vaqtda bajarish, odamni mehnat intizomiga o`rgatadi.
Ertalabki gimnastikaning davomiyligi bemorning umumiy holatiga, yoshiga qarab 5-20 minutgacha bo`lishi mumkin.
Davolash gimnastikasi. Davolash gimnastikasi 3 qismga bo`linadi:
1. Kirish qismi. Yengil mashqlar bajariladi.Bu qismning vazifasi bemor organizmini gimnastikaning asosiy qismiga tayyorlashdan iborat.
2. Asosiy qism. Mashqlar hajmi va tezligi kirish qismiga nisbatan oshiriladi.Lekin bemorning umumiy holati, yoshi e`tiborga olinadi. Mashqlarni bajargan paytda bemorning yurak urishi va nafas olish soni tinch holatidagiga nisbatan 1,5-2 marta tezlashishi kerak.
3. Yakunlovchi qism. Mashqlar tezligi asta-sekin kamaytirilib, yurak urishi va nafas soni tinch holatdagiga yaqinlashtiriladi.
Gimnastikani bajarish tartibi: 1. Gimnastika mashg`ulotini boshlashdan oldin, bemorning 1 minutda yurak urishi va nafas soni aniqlab, daftarga yozib qo`yiladi.
2. Mashg`ulotning 1-2-3-chi qismida bu ko`rsatgichlarning o`zgarishi aniqlanadi. Daftarga yoziladi.
3.Tomir urishi va nafas sonining tinch holatdagi, mashq paytidagi o`zgarishlarning farqiga qarab bemor organizmining mashqqa nisbatan reaksiyasi baholanadi.
3. Sport mashg`ulotlari.
Sport mashg`ulotlari kasallikdan va shikastlanishdan to`liq tuzalgan bemorlarda va sog`lom odamlarda ularni yanada sog`lomlashtirish va jismoniy jihatdan chiniqtirish maqsadida qo`llanadi.
Sport mashg`ulotlarining hajmi va tezligi asta-sekin oshirib, murakkablashtirilib boriladi.

Download 28.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling