1. Davolash mashqlari haqida umumiy tushuncha. Fanning vazifasi, ahamiyati, rivojlanish tarixi
Radikulitning oldini olish uchun davolash gimnastikasi
Download 28,88 Kb.
|
Davolash jismoniy tarbiya asoslari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oyoqlar venasi varikoz kengayishining oldini olish uchun davolash gimnastikasi.
Radikulitning oldini olish uchun davolash gimnastikasi.
1. Palos to`shalgan yerga orqasi bilan yotadi, qo`llar va oyoqlar uzatilgan; - qo`larini boshidan yuqoriga ko`taradi; - pastga uzatilgan oyoqlarining panjalarini o`ziga tomon bukadi; - dastlabki holatga qaytadi; - erkin nafas oladi; - mashq 5-10 marta takrorlanadi 2. Orqasi bilan yerga yotadi, oyoqlari tizza bo`g`imida bukilib, ularni o`ng va chap tomonga burib harakatlantiradi; - erkin nafas oladi; - mashq 10-20 marta takrorlanadi 3. Qorni bilan yerga yotadi; - qo`llari kaftini iyagi ostiga qo`yadi; - boshini ko`taradi va oyoqlarini tizza bo`g`imida bukadi – chuqur nafas oladi; - boshini tushiradi, oyoqlarini yozadi - chuqur nafas chiqaradi; - mashq 8-12 marta takrorlanadi 4. Qo`llarining kafti bilan, oyoqlarining tizzasi bilan cho`kkalaydi; - chap oyog`ini ko`tarib va uzatib, chuqur nafas oladi; - dastlabki holatga qaytadi, chuqur nafas chiqaradi; - harakatni o`ng oyoq bilan takrorlaydi; - mashq har bir oyoq bilan 4-5 marta takrorlanadi 5. Tik turib, oyoqlar juftlangan, qo`llar tushirilgan; - qo`llari kafti bilan gavdasi va oyoqlarini siypalab, barmoqlarini polga tekkizadi; - dastlabki holatga qaytadi; - erkin nafas oladi; - mashq 6-10 martatakrorlanadi Oyoqlar venasi varikoz kengayishining oldini olish uchun davolash gimnastikasi. Ushbu davolash gimnastikasi kun davomida tik turib yoki o`tirib ishlaydigan odamlar uchun, ertalabki gimnastika o`rnida yoki kechki uyqudan 1-2 soat oldin bajarilishi mumkin. 1. Yerga to`shak solinib, orqasi bilan yotadi, oyoqlari va qo`llari uzatilgan: - chap oyog`ini tizza va son-chanoq bo`g`imida bukadi; - ikki qo`li bilan oyog`ining oshiq bo`g`imini ushlaydi; - oyog`ini yozib yuqoriga ko`taradi, qo`lining kafti bilan boldirning orqasi va yon tomoni bo`ylab son-chanoq bo`g`imigacha pastdan yuqoriga siypalaydi (boldir sohasi venalaridagi qonni yuqoriga yurishini yaxshilash uchun); - erkin nafas olinadi; - mazkur harakatni o`ng oyog`ida takrorlaydi; - mashq har bir oyoqda 5-8 martadan takrorlanadi 2. To`shak solingan yerga orqasi bilan yotadi, oyoqlar va qo`llar uzatilgan, chuqur nafas oladi va chuqur nafas chiqaradi; - ikkala oyog`i bilan velosiped haydagandek 5-10 marta harakat qiladi; - dastlabki holatga qaytib, chuqur nafas olib, chuqur nafas chiqaradi; - yuqoridagi velosiped haydandek harakat 3-5 marta takrorlanadi 3. Palos to`shalgan yerga orqasi bilan yotadi, oyoqlari va qo`llari pastga uzatilgan; - ikkala oyog`ini yuqoriga ko`taradi, oyoq barmoqlarini, pastga-yuziga tomon bukadi, shu vaziyatda 3-5 sekund turadi; - oyoqlar tushirilib dastlabki holatga qaytadi; - erkin nafas oladi; - yuqoridagi harakat 5-10 marta takrorlanadi 4. Stul suyanchig`i yonida o`ng tomoni bilan tik turib, oyoqlar juftlangan, chuqur nafas olib chiqaradi; - o`ng qo`li bilan stul suyanchig`ining ustki qirrasini ushlaydi, o`ng oyog`ini bir oz ko`tarib, oldinga va orqaga siltab harakat qildiradi; - erkin nafas oladi; - dastlabki holatga qaytadi, chap oyog`ini ozroq ko`tarib, oldinga va orqaga siltab harakat qildiradi; - mashq har bir oyoq bilan 10-15 martadan takrorlanadi 5. Stul suyanchig`i orqasida tik turadi, oyoqlar juftlagan, ikki qo`li bilan so`l suyanchig`i qirrasini ushlaydi; - oyoq barmoqlari uchida tik turib, tovonini ko`taradi va tushiradi; - harakatni 10-20 marta takrorlaydi; - erkin nafas oladi Download 28,88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling