GRAMMATIK BOG`LANISH
2ga bo`linadi.
1.Tobe bog`lanish M:Bog`dan olma anor terdim.
2.Teng bog`lanish bunda ikkita uyshuq bo`lak o`zaro teng bog`langan bo`ladi. M: Bog`dan olma va anor terdim.
ESLATMA Testlarda Grammatik bog`lanishlaar miqdori so`ralsa tobe bog`lanishlar miqdoriga +1ta teng bog`lanish qo`shiladi.
So`z birikmasi va gapni farqlash
1.Bitishuvli so`z birikmalarning otli birikma turida hokim va tobening o`rni o`zgarsa gap hosil bo`ladi. M: Aqlli bola- Bola aqlli, Shirin olma-Olma shirin, Mustaqil O`zbekiston- O`zbekiston Mustaqil.
I. Agar so`zlar juftligi kim, nima, qayer so`rog`ini olsa gap bo`ladi
II. Fe`lli so`z birikmalarda hokim so`z moq qo`shimchasini olsa so`z birikmasi bo`ladi, zamon, shaxs son, maylni olsa gap hisoblanadi.
M:Kitobni o`qimoq-
III. Moslashuvli so`z birikmalarda (ning) tobe va hokimning o`eni o`zgarsa ham so`z birikmasi bo`lib qolaveradi.M: Mening kitobim-Kitobim mening.
ESLATMA Yetakchi morfema-bu asos. Asos- so`zning hech qanday qo`shimchalarni qabul qilmagan asos qismidir.
Yasalish asosi-bu so`z yasovchi qo`shimchani qabul qilgan so`zning asos qismi. M:Ishchi-ish, guldon-gul, aqlli-aql.
ESLATMA Agar so`z tarkibida bir nechta so`z yasovchi qo`shimcha bo`lsa eng oxirgi so`z yasovchidan oldingi barcha qismlar yasalish asosi bo`ladi.
ESLATMA Ko`makchi morfemalar-bu qo`shimchalardir.
ESLATMA So`z birikmasi bilam ibora omonim holatda kelishi mumkun.
M: Yigit qizni yaxshi ko`radi.-Ibora
Cholning ko`zlari yaxshi ko`radi.-So`z birikmasi.
ESLATMA Egalik va kelishik qo`shimchalari turlovchi qo`shimchalardir.Bu qo`shimchalar qo`shilgan so`zlar esa turlangan so`zlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |