1. Elektrotexnika fani tarixining predmeti va strukturasi. Asosiy elektrik va energetik tushunchalar
Download 38 Kb.
|
1-mavzu ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kattaliklarning o’nli darajalari.
- 3. Mamlakatimiz elektroenergetikasi xaqida ma’lumotlar.
- 12.3 mln kVt; Ishlab chiqarilgan yillik elektr energiya - 48 mlrd Kvt soat;
2.1. Asosiy fundamental kattaliklar.Texnikaviy fanlarda fizikaviy kattaliklar asosiy va xosilaviy kattaliklarga bo’linadi. Fundamental fizik kattaliklarning o’lchovlari xalqaro birliklar sistemasi (SI) tomonidan me’yorlashtirilib qabul qilingan. Bu kattaliklarga quyidagilar kiradi:
Masofa - m(metr); Massa - kg ( kilogramm) Vaqt - s(sekund) Tok kuchi - A(Amper) Temperatura - K(Kelvin) YOrug’lik kuchi - Kd (Kandela) Qolgan barcha fizikaviy kattaliklar shularning xosilaviy birliklari sifatida keltirib chiqariladi. Fundamental kattaliklarning etalonlari mavjud bo’lib ular xalqaro birliklar tashkiloti ( SIG’ tomonidan nazorat qilinib turiladi. Kattaliklarning o’nli darajalari. Xisob kitoblar bajarishda ko’pincha o’ta kichik, yoki o’ta katta sonlar bilan ishlashga to’g’ri keladi. Bunday xollarda hisobni arifmetik jihatdan sodalashtirish maqsadida sonlar o’n sonining darajalari (10n) sifatida ifodalanadi. Bunda n daraja ko’rsatkichi - manfiy yoki musbat son. Masalan: 0, 0000023 = 2,3 10-6 yoki 146300000 = 14,63 107 va xokazo. Musbat va manfiy darajalarning qabul qilingan xalqaro nomlanishlari mavjud: 10 -18 - a (atto); 10 -15 - f (femto); 10 -12 - r (piko); 1012 - T (tera) 10 -9 - n (nano); 10 9 - G ( Giga) 10-6 - µ( mikro); 106 - M ( Mego) 10 -3 - m (milli). 10 3 - k (kilo). 3. Mamlakatimiz elektroenergetikasi xaqida ma’lumotlar. Tarixga nazar tashlasak O’zbekistonda dastlabki elektrostansiya Bo’zsuv elektrostansiyasi bo’lib u 1926- yilda ishga tushirilgan. Keyingi davrlarda CHirchiq-Bo’zsuv, SHaxrixon, Namangan, Farxod, CHovoq gidroelektr stansiyalari, Farg’ona, Quvasoy, Toshkent, Angren, Oxangaron, Navoiy, Taxiatosh issiklik elektrostansiyalari qurildi va bugungi kunda mamlakatni elektr engergiyasi bilan taminlab turibdi. SHuni aloxida ta’kidlash kerakki mamlakatimiz xududida kattta tog’ daryolari yo’q, mavjud kichik tog’ daryolarida esa katta quvvatli elektrostansiyalar qurish imkoniyati cheklangan. Sobiq sho’rolar davrida mamlakatimiz xududida elektroenergetika soxasi nisbatan aktiv rivojlangan bo’lsada, lekin u o’sha paytdagi mamlakat o’rtacha ko’rsatkichidan ancha past bo’lgan. O’sha paytda rejalashtirilib qurilgan katta quvvatli elektrostansiyalar Urta-Osiyo regioni nuqtai nazaridan qurilgan va bugungi kunda ular qo’shni Tojikiston va Qirg’iziston davlatlari xududida joylashgan. Mamlakatimizdagi sanoatning tezkor suratlar bilan o’sib borishi, axoli turmush darajasining yuksalishi natijasida elektr ta’minotiga bo’lgan talabining tinimsiz ortishi mamlakatimizda elektr energiyasi ishlab chiqarishni tinimsiz orttirib borishni taqozo etadi. Ayniqsa Toshkent viloyati va Farg’ona vodiysi viloyatlari elektr energiyasiga bo’lgan talab keskin ortib bormoqda. So’nggi yillarda mamlakatimiz elektroenergetika soxasidagi yuzaga kelgan xolat, xamda mintaqadagi vaziyat xisobga olingan xolda davlatimiz raxbariyati tomonidan ushbu soxani rivojlantirishning qat’iy choralari ko’rilmoqda. Jumladan mavjud issiqlik elektr stansiyalarining quvvati zamonaviy texnologiyalarni qullash xisoga orttirilmoqda va yangi quvvatlar ishga tushirilmoqda. Mamlakatimizning bugungi kundagi elektroenergetik ko’rsatkichlari quyidagicha: Elektrostansiyalarning umumiy quvvati - 12.3 mln kVt; Ishlab chiqarilgan yillik elektr energiya - 48 mlrd Kvt soat; Katta quvvatli elektrostansiyalarning soni- 39 ta. Eksport 11.5 Mlrd KVt soat. Import 11,4 Mlrd KVt soat Respublikada ishlab chiqariladigan elektr energiyaning 85 % qismi issiqlik elektr stansiyalari xisobiga to’g’ri keladi. Download 38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling