1. Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi o’rni


Download 0.64 Mb.
bet49/64
Sana02.06.2024
Hajmi0.64 Mb.
#1838941
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   64
Bog'liq
1. Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi o’rni

Ko‘rsatma: “Shaxsingizni turli tomonlariga tegishli 88 savolga javob berishingizni taklif etamiz. “Ha” degan javob o‘rniga +, “Yo‘q” degan javob o‘rniga - belgisini qo‘ying. Uzoq o‘ylamasdan tez javob bering.
Ko‘paytiruvlardan so‘ng ballar jami maksimum - 24. Ba’zi manbalarga ko‘ra 12 baldan yuqori ko‘rsatkich aksentuatsiya belgisi hisoblanadi.
Boshqalar, savolnomani amaliyotda qo‘llash asosida 15 balldan 19 ballgacha bo‘lgan ko‘rsatkich u yoki bu aksentuatsiya tipiga tendensiya borligi haqida so‘z yuritadilar va faqat 19 balldan yuqori ko‘rsatkich xarakteri aksentuatsiyalangan deb ko‘rsatadi. Olingan ko‘rsatkichlar “shaxsning aksentuatsiyalangan profili” namoyon etilishi mumkin.
Bu test bo‘yicha ko‘pchilikning ko‘rsatkichlari o‘rta me’yordan chetga chiqmaydi. Sizni natijangiz 19 balldan yuqori bo‘lmasa, gap sizning shaxsingiz aksentuatsiyasi haqida emas, faqatgina xarakter va temperamentning alohida xususiyatlari haqida bo‘ladi. Shu bois biror-bir aksentuatsiyaning tavsifini o‘zingizni shaxsiy tavsifnomangiz deb qabul qilmang. esda tuting, psixologiyada shaxsning yaxshi yoki yomon xususiyatlari yo‘q. Sizni boshqalardan yoki boshqalarni sizdan farqlaydigan individual xususiyatlar bor xolos. Sizning kayfiyatingiz, ruhiyatingiz, ba`zan shu xususiyatlarning qanday qabul qilishingizdan, boshqalarga zarar etkazmasdan o‘zingizni foydangizga ishlata bilishingizga bog‘liq. Psixologik nuqtai nazaran yaxshi va yomon xususiyatlar bo‘lmaydi degan printsipga asoslansak “ayb qilma” degan jumlani tushunishimiz mumkin.
Leongard tomonidan belgilangan aksentuatsiyalangan haxslarning 10 tipi 2 guruhga bo‘lingan: xarakter aktsentuatsiyasi (namoishkor, pedantik, botib qoluvchi, qo‘zg‘aluvchi) va temperament aktsentuatsiyasi (gipertimik, distimik, xavotir-qo‘rquvchan, tsiklotimik, affektiv, emotiv)
71.Muammoning amaliy jihatdan o’rganish mohiyati
Muammo - ilmiy bilishning hali bilib olinmagan va hal qilinmagan va hal qilinishi lozim bo’lgan bilim shaklidir. Muammo odatda tadqiqotchining biror tadqiqot sohasiga oid yangi faktlarni tuplagan, lekin bu faktlarni o‘zidagi eski bilimlari bilan izohlashi mumkin bo‘lmaganda, bu faktlar eski bilimlar tizimiga sig‘may, o‘zlarining yangicha bayonini talab qila boshlaganda tug‘iladi. Muammoning tug‘ilishi va qo‘yilishi ilmiy bilish ‘ining eng muhim momentlaridan biridir. Muammoni quyish - ilmiy bilishda ishning yarmini hal qilish demakdir.
Kundalik hayotda muammoni ko‘pincha savol yoki biror masala bilan aralashtirib qo‘llashadi. Muammolar ham g‘oyalar kabi, haqiqiy va soxta (yolgon) muammolardan iborat bo‘ladi. Xaqiqiy muammolar ilmiy fakt va fanlarning qonunlaridan kelib chiqsa, soxta muammolar ilmiy faktlar va fan qonunlariga zid keladi.
Ilmiy bilish ‘ida bir muammo bir qancha muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Ilmiy bilish ‘ida muammolarni hal qilishda ko‘plab gepotezalarning paydo bo‘lishi mumkin.
Ilmiy bilishning shakli sifatida muammo savol va masalalardan farq qiladi. Kiyin muammoni eng qiyin, eng murakkab masala yoki savoldir, deyishadi. Muammo savol yoki masala bilan, savol yoki masala muammo bilan bog‘liq bulishi mumkin. Lekin savol yoki masala muammo emas. Savol yoki masalaning o‘ziga xos xususiyati, muammoning ham o‘ziga xos jihatlari bor. Savol yoki masalaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, savolga javob berish, masalani echish doimo oldingi bilim asosida amalga oshadi. Muammoda bunday emas. Muammoni oldingi hosil qilingan bilimlar doirasida turib hal qilib bo‘lmaydi. Buning uchun yangi faktlar, ma’lumotlar tuplash, ularni yangicha izohlash, shu paytgacha mavjud bo‘lgan eski bilim doirasidan chiqish talab qilinadi.
Tadqiqot ishining nazariy asoslari ishlab chiqilayotganda uning asosiy struktura elementlariga: muammoning dolzarbligiga, muammoning maqsadi, vazifalari, tadqiqot ob’ekti va predmetining to‘g‘ri aniqlanishiga, ilgari suriladigan farazga (gipoteza), tadqiqot ishining ilmiy va amaliy ahamiyatiga tayanadi.
Tadqiqotning eksperimental asoslari esa farazni nazariy va eksperimental jihatdan tekshirish va faktlarni aniqlashga, empirik hamda nazariy umumlashmalarga, eksperiment metodikasiga asoslanadi.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling