1. Enzimologiya fanining rivojlanish tarixini va bosqichlarini yozing
Fermentlarning enzimoreagent sifatida ishlatilishi va unga misollar yozing
Download 1.75 Mb.
|
Enzimologiyadan yakuniy nazorat ishi javoblari
43. Fermentlarning enzimoreagent sifatida ishlatilishi va unga misollar yozing.
Fermentlardan analitik reagentlar sifatida laboratoriya tashxisida qo‘llaniladi. Klinik va biokimyoviy laboratoriyalarda organik moddalarni fermentativ usullar yordamida aniqlashdan muvaffaqiyat bilan foydalanilmoqda. Fermentlardan foydalanish qon, siydik, to‘qima va boshqa biologik materiallarda kam miqdordagi glyukoza, etanol, siydikchil, siydik kislotasi, aminokislotalar, lipidlar, xolesterin, nukleotidlar va boshqalarning miqdorini aniqlashga imkon beradi. Glyukoza va boshqa uglevodlarni fermentativ aniqlash usullari spetsifik fermentlardan foydalanishga asoslangandir. Glyukozani aniqlash uchun quyidagi fermentlardan foydalaniladi: a) glyukozoksidaza, glyukozani glyukon kislotasi va H2O2 gacha oksidlaydi; b) geksokinaza, ushbu reaksiyani katalizlaydi glyukoza+ATF → glyukoza- 6-fosfat+ADF d) glyukoza – 6 – fosfatdegidrogenaza glyukozani NAD yordamida glyukozolaktongacha oksidlaydi. Glyukozani biomateriallarda glyukozoksidaza yordamida aniqlash keng tarqalgan ferment usuli hisoblanadi. Glyukozaning miqdori haqida eritmada kislorod konsentratsiyasining kamayishi yoki hosil bo‘lgan H2O2 miqdori bo‘yicha tahlil qilinadi. Etanolning miqdorini aniqlash alkogoloksidaza yoki alkogoldegidrogenazadan foydalanishga asoslangan. Alkogoloksidaza etanolning havo kislorodi bilan atsetaldegid va H2O2 gacha oksidlanishini katalizlaydi.. Alkogol DG etanolni aldegid va NADH2 gacha oksidlaydi. Keyingi yillarda etanolni aniqlashning fermentativ elektrod usuli yaratilgan. Siydikchilni aniqlash ureaza fermenti yordamida uning NH4+ va CO2 ga parchalanishiga asoslangan.. Ureaza eritmalaridan anilizatorlarda foydalaniladi. Hosil bo‘lgan NH4+ ishqor ta’sirida gazsimon ammiakka aylanadi va u NH3 ni sezuvchi elektrod yordamida aniqlanadi. Shuningdek, fermentli membran elektrodlardan ham foydalaniladi, ularda ureaza eritmasi dializ plenkalari orasiga joylashtiriladi. Siydikchilni aniqlash uchun ikki fermentli sistemadan ham foydalaniladi (ureaza-glutamatdegidrogenaza) va miqdoriy aniqlash spektrofotometrda NADH2 ni aniqlashga asoslangan. Siydik kislotani fermentativ aniqlash uning kislorod bilan allontoin va H2O2 gacha urikaza ishtirokida oksidlanishiga asoslangan. Teshikli shishaga immobillangan urikaza oqar mikroreaktorlarda ishlatiladi. Aminokislotalarni aniqlash L-aminooksidaza fermentlaridan foydalanishga asoslangan. Ular aminokislotalarni havo kislorodi yordamida ketokislota, H2O2. va NH3gacha oksidlaydi. Bu jarayon elektrokimyoviy usulda aniqlanadi. Hozirgi vaqtda laktat, piruvat, 3 – oksibutiratlarni NADH2 konsentratsiyasining o‘zgarishiga qarab spektrofotometrik yoki elektrokimyoviy aniqlash usuli ishlab chiqilgan. Glitserinni aniqlash uchun glitserinkinaza, glitserin- 3fosfatdegidrogenaza usullari qo‘llaniladi. Lipid va fosfolipidlarni topishda birinchi bosqichda spetsifik lipaza va fosfolipaza fermentlaridan foydalaniladi. Xolinfosfatidlarni spetsifik tahlil usuli xolinoksidaza fermentini qo‘llashga asoslangan. Uning yordamida xolin betain va H2O2 ga parchalanadi. Vodorod peroksidi peroksidaza usuli bilan topiladi. Xolesterinni fermentativ aniqlash usullari xolesterinoksidazadan foydalanishga asoslangan, u xolesterinni xolestan – 4 – ona – 3 va H2O2gacha oksidlaydi. Oxirgi mahsulot polyarografik, spektrofotometrik, fluorimetrik, xemilyuminessent usulida aniqlanadi. Fermentlar bilan xolesterin aniqlaganda usulning sezuvchanligi va spetsifikligini oshiradi, shuningdek tekshiruv o‘tkazishni soddalashtiradi. Spesifik degidrogenaza va diaforaza qon plazmasida 1mkMgacha o‘t kislotalarini fluorimetrik indikatsiya qilishga imkon beradi. Ferment usullari NAD, NADF, FMN va ATF miqdorini topishga imkon beradi. NAD miqdorini aniqlash uchun LDG fermenti qo‘llaniladi. Bakterial ferment lyutsiferaza NAD, FMN, ATF miqdorini aniqlash uchun foydalaniladi. Guaninnukleotidlarni fermentativ tahlili spetsifik nukleotidkinazalar yordamida o‘tkaziladi, oxirgi mahsulot NADF yoki ATF miqdori aniqlanadi. Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling