1. Enzimologiya fanining rivojlanish tarixini va bosqichlarini yozing


Soyadan ureaza fermentini ajratib olish va faolligini aniqlashni yozing


Download 1.75 Mb.
bet28/36
Sana06.05.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1433617
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Bog'liq
Enzimologiyadan yakuniy nazorat ishi javoblari

52. Soyadan ureaza fermentini ajratib olish va faolligini aniqlashni yozing.
Kerakli asbob va uskunalar: kofe maydalagich, Byuxner voronkasi, farfor
hovoncha, 500 ml kolba, vakuumda filtrlash uchun moslangan kolba, zajim bilan
rezina trubkasi, soya urug’i, petroliy efiri, mochevina (1%), fenolftelein (1%
spirtli), natriy gidroksidi (10%), Nessler reaktivi (ilovani ko’ring).
Ishning borishi: 100 gm quruq soya urug’ini kofe maydalagichda ikki
marotaba kukun holatigacha keltiriladi va havonchada yaxshilab ishqalaniladi.
Hosil bo’lgan un 500 ml konussimon kolbaga joylashtiriladi va 10-15 daqiqa
yog’sizlantirish uchun 200 ml petroley (yoki deitil) eferi bilan chayqatiladi (kolba
probka bilan yopilmaydi, olovfan saqlanish kerak). Cho’kma Byuxner voronkasi
yordamida ajratiladi. Efir bilan ekstraktsiyani 5-6 marotabatakrorlanadi.
Yog’sizlantirilgan un shisha ustida yupqa qavat bilan joylashtiriladi yoki filtr
qog’ozda quritiladi.
Quritilgan, yog’sizlantirilgan un quruq joyda probkali idishda saqlanadi. Bu
uzoq muddat faol ureazaning preparatini olinishida qo’llanilishi mumkin.
20-30 g yog’sizlantirilgan soya uniga 5 marotaba ko’proq hajmdagi
distillangan suv qo’shiladi va 50C dan oshmaydigan haroratda 15-20 soat
saqlanadi. So’ngra cho’kma 3000 g tezlikda sentrifugalash yordamida ajratiladi.
Cho’kma usti eritma ajratib olinadi. Eritmani vakuumda, 35-400C haroratda quruq
holatgacha qurutiladi. Olingan kukun suvda yaxshi eriydi. Ureaza faolligini
aniqlash uchun uni 0,1% li eritmasi tayyorlanadi. Probirkaga 5 mg 1% li
mochevina, 1-2 mg fenolftaleinning spirtdagi eritmasi qo’shiladi. Probirkani 30
daqiqaga 380 C haroratli termostatga joylashtiriladi. Paralel huddi shunday tajriba
ureazaning qaynatilgan eritmasi bilan o’tkaziladi. 1-probirkadagi eritma qizil
rangga aylanadi, chunki reaksiya davomida ammiak hosil bo’lish hisobiga muhit
pH i ishqoriy tomonga siljiydi.
Ammiak hosil bo’lishini boshqa yo’l bilan hamaniqlash mumkin. Buning
uchun tajriba qayta o’tkaziladi va 380C haroratdagi inkubatsiyasi so’ng reaksion
aralashmaga teng hajmda 100C natriy gidroksid eritma qo’shiladi. Ammiak
ajralishini hosil bo’lgan hid bo’yicha probirkani teshigida joylashtirilgan nam
lakmus qog’ozini ko’karishiga qarab, undan tashqari Nessler eritmasini 2-3 tomchi
qo’shilganda qizil g’isht rangli cho’kma hosil bo’lishiga qarab aniqlanadi.


Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling