1. Enzimologiya fanining rivojlanish tarixini va bosqichlarini yozing


Saxaraza (invertaza) fermentini birinchi 1870-yilda V.V.Pashutin hayvonlar ichagida aniqlagan va ajiratib olgan


Download 1.75 Mb.
bet24/36
Sana06.05.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1433617
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Bog'liq
Enzimologiyadan yakuniy nazorat ishi javoblari

Saxaraza (invertaza) fermentini birinchi 1870-yilda V.V.Pashutin hayvonlar ichagida aniqlagan va ajiratib olgan.

  • Shuningdek saxaraza fermentini Vilshtatter tomonidan ham kristall shaklda ajratib olingan.

  • Saxarozani aniqlashda shakarqamish qandi inversiyasi yordamida polimetrik tahlil yoki trammer namunasidan foydalaniladi.

  • Saxarozalarni parchalovchi fermentlarni achitqi manbalaridan oladilar. 1894-yilda Dyure xamirturush saxarozasi bilan ishlab ishlagan.

  • Saxaraza- glikozil- gidralazalarning yirik guruhi bo’lib, ular saxaroza molekulasini glukoza va fruktozaga parchalaydi.Ko’pincha keng subustrat spetsifikligiga ega. Saxaraza ferment oshqozon osti bezi va ingichka ichak shilliq qavatida sintezlanadi.

  • Subustrat molekulasining aniqlanishiga ko’ra saxaraza guruhlari β- fruktozidazalar va a- glukozidaza larga bo’linadi.

  • Saxaraza achitqilar turlarida juda ko’p miqdorda va boshqa yuksak o’simlik turlarida ham bo’ladi. Hayvon organizmida ingichka ichakning shilliq qavatida bo’ladi, shuningdek ingichka ichak shirasi va lekositlarda ham bo’lishi mumkin. Qon tarkibida faqat yosh hayvonlar qoniga saxarozani ineksiya qilingandan paydo bo’ladi.

  • Ichak shirasidagi saxaraza achitqi saxarazasiga nisbatan yanada termobilya:

    U bir soat davomida 51º gacha qizdirilganda inaktivirlanadi va 55º da butunlay parchalanadi.

    • Tirik va o’lik xamirturush hujayralari tashqarisida saxaraza ajralmaydi. Saxarazani uchrashi hujayralar oziqlanishiga bog’liq. Odamlarda saxaraza miqdori pH-5-7; cho’chqada pH-4,75; xamirturushda pH – 3,5 -5,5 miqdorida bo`lganda saxaraza pH ning ishqor tomoniga o’zgarishiga ta’sirchan bo’ladi. Neytral tuzlar asosli tuzlar va temir sulfat oqsilida tozalangan saxarazaga ta’sir qilmaydi.Saxarazaga etil spirti ta`sir ko`rsata olmaydi, metil spirtining past konsentratsiyasi kuchsizlantiradi, 60 % da esa saxaraza harakatini to`liq to`xtatadi.

    Non sanoatida invert siropni xamirga qo'shish maxsulot tarkibidagi shakar miqdorini pasaytiradi. Non tarkibidagi fruktooligosaxaridlar (kestoza va nistoza) qandli diabet bilan kasallangan bemorlarni davolashda keng qo'llash mumkin.
    Etanol ishlab chiqarishda qo'llanilishi
    Invertaza, shuningdek, sanoatda etanol ishlab chiqarishda ham foydalaniladi, bunda u saxarozani glyukoza va fruktozagacha parchalaydi, bu jarayonda hosil bo’lgan glyukozadan esa keying bosqichlarda etanol olinadi. Ushbu jarayonlar sanoatda mikroorganizmlar ishtirokida olib boriladi. Shu bilan birga, sanoatda etonol olishda boshqa bir qator usullardan ham foydalaniladi.


    Download 1.75 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling