1. Enzimologiya fanining rivojlanish tarixini va bosqichlarini yozing


DNK ligazalar, ularning ishlashi va xususiyatlarini yozing


Download 1.75 Mb.
bet17/36
Sana06.05.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1433617
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
Bog'liq
Enzimologiyadan yakuniy nazorat ishi javoblari

38. DNK ligazalar, ularning ishlashi va xususiyatlarini yozing.
DNK ligaza fermentning o'ziga xos turi bo'lib, ligaza (EC 6.5.1.1) bo'lib, fosfodiefir bog'lanish hosil bo'lishini katalizlash orqali DNK zanjirlarini bir-biriga qo'shishni osonlashtiradi. DNK ligaza DNK reparasiyasida ham, DNK replikasiyasida ham qoʻllaniladi. Bundan tashqari, DNK ligaza molekulyar biologiya laboratoriyalarida rekombinant DNK tajribalari uchun keng qo'llaniladi. Tozalangan DNK ligaza rekombinant DNK hosil qilish uchun DNK molekulalarini birlashtirish uchun gen klonlashda ishlatiladi. Birinchi DNK ligazasi 1967 yilda Gellert, Leman, Richardson va Hurviz laboratoriyalari tomonidan tozalangan va tavsiflangan. Jarayon davomida ATP va Mg++ reaksiyani optimallashtirish uchun zarur ekanligi aniqlandi. Umumiy tijoratda mavjud bo'lgan DNK ligazalari dastlab bakteriofag T4, E. coli va boshqa bakteriyalarda topilgan.
39. Apoptoz va uni keltirib chiqaruvchi omillarni yoriting.

  • Hujayraning dasturlangan o`limi – apaptozdir. Apaptoz grekcha “barg to`kilishi” degan ma’noni bildiradi. Apaptoz ham nekrozning bir turi ammo bunda yadroda apaptoz genlari faollanadi. Shuning uchun apaptoz ro`y beradi. 1960-yillar oxiridan hujayraning dasturlangan o`limi ustida tadqiqotlar boshlangan. 1972-yilda britaniyalik olimlar - Dj.Kerra, E.Uayli va A.Kerri “apaptoz” terminini fanga kiritishdi.2002-yil S.Brenner, Dj.Salston va R.Xorvits apaptozning molekulyar genetik mexanizmlarini ochib berishdi va Nobel mukofotiga ega bo’lishdi. Apaptoz – normal fiziologik jarayon. Ayrim paytlarda salbiy bolishi mumkin. M-l: ayrim kasalliklarda – Alsgeymerda apoptoz natijasida neyron hujayralari juda ko`p halok bo`ladi. Normada katta yoshli insonlarda har kuni 50-70 mlrd hujayra apaptozga uchraydi. 8-14 yoshli bolalarda 20-30 mlrd bo`lib, yosh o`tgan sari apatoz kuchayib boradi. Apaptoz chaqiruvchi omillar: Gormonlar -glyukokortikoidlar ;Sitokinlar – o`sma chaqiradigan omillar Nurlanish; Kimyoviy preparatlar – retinol kislota hosilalari ;Immun hujayralari. Apoptozni to’xtatish mumkin. Eukariotlar, xususan, sut emizuvchilarda maxsus oqsil topilgan. Ular apaptozni chaqiruvchi oqsillarni parchalash xususiyatiga ega. Kaspaza 3,7,9 kabilarni fermentativ faolligini to`xtatib qo`yadi. DR-4, DR-5 kabi maxsus hujayra o’lim retseptorlari ham bo`lib, bular apaptoz chaqiruvchi oqsillar bilan birlashib apaptozni to`xtatadi. Apaptoz 3 bosqichda kechadi:

  • Signal yoki induktor

  • Effektor

  • Degradatsiya yoki parchalanish bosqichi.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling