1. Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari


Markaziy Osiyoda “Avesto” ta’limotidagi falsafiy fikrlar.2. Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari. Bilimning asosiy turlari va shakllari


Download 154.14 Kb.
bet3/9
Sana19.06.2020
Hajmi154.14 Kb.
#120441
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Falsafa

2. Markaziy Osiyoda “Avesto” ta’limotidagi falsafiy fikrlar.2. Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari. Bilimning asosiy turlari va shakllari.


2. Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari. Bilimning asosiy turlari va shakllari.

 «Gnoseologiya» - sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha gnosis – bilim, ilm va logos – ta’limot, fan so‘zlaridan kelib chiqqan. So‘zma-so‘z ma’nosi - «bilish haqidagi ta’limot (fan)». Falsafiy adabiyotlarda, shu jumladan falsafiy qomuslar va lug‘atlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan. Shu bilan bir qatorda, ayni shu mazmunni ifodalash uchun falsafiy adabiyotlarda «epistemologiya» so‘zi ham qo‘llaniladi.



Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafiy bilimlar (falsafa fani) bo‘limi bo‘lib, unda 1)insonning dunyoni bilish imkoniyati;

          2) insonning o‘zlikni anglash jarayoni;

         3)bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi,

        4)bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar bilan o‘zaro nisbati o‘rganiladi.



Gnoseologiyaning asosiy muammosi bizning barcha bilimlarimiz tajribada sinalganmi? degan «oddiy» masalani echishdan iborat: Bu savolga javob izlash va masalaning echimini topishda gnoseologiyada ikki muxolif an’ana: bilimlarimiz tajribada sinalganini qayd etuvchi empirizm va buni inkor etuvchi ratsionalizm to‘qnashadi.

Ratsionalizm (ratsionalistlar) insonda tug‘ma g‘oyalar, adolat, insoniylik, uyg‘unlik g‘oyalari va tajribadan olinishi mumkin bo‘lmagan boshqa g‘oyalar mavjudligidan kelib chiqadiEmpirizm (empiristlar, F. Bekon, J. Lokk, T. Gobbs, D. YUm, L. Feyerbax), aksincha, inson, insoniyat shaxsiy yoki ijtimoiy tajribaga ega bo‘lgunga qadar biron-bir g‘oya mavjud bo‘lishini inkor etadilar.

Relyativist «bilimda nisbiylik unsuri mavjud» degan to‘g‘ri qoidani «bilim doimo nisbiydir», binobarin, bilim kerak emas, degan yanglish qoidaga almashtiradi. «Bu eng yomon fikr: agar men hamma narsani bila olmasam, men hech ish qilmayman»[1].



Kundalik amaliyotdan olinadigan bilimlar tabiat haqida, shuningdek odamlarning o‘zlari, ularning yashash sharoiti, ijtimoiy aloqalari va hokazolar to‘g‘risida elementlar bilimlar beruvchi kundalik-amaliy bilimlar bilishning tarixan eng birinchi shakli hisoblanadi. Bilishning bu shakli kundalik hayot, odamlar amaliyoti tajribasidan kelib chiqqan. O‘yin vositasidagi bilim. Bilimning tarixan dastlabki shakllaridan biri – o‘yin vositasidagi bilim nafaqat bolalar, balki kattalar faoliyatining ham muhim unsuri hisoblanadi. Mifologik bilim. Mifologik bilim, ayniqsa, insoniyat tarixining dastlabki bosqichida muhim rol o‘ynagan. Mifologik bilimning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u borliqning fantastik in’ikosi hisoblanadi. Badiiy bilim. Borliqni tushunib etish refleksiyaning o‘ziga xos shakli bo‘lib, u san’at borlig‘ining barcha bosqichlarida – asar g‘oyasidan boshlab uning odamlar tomonidan qabul qilinishigacha – o‘ziga xos tarzda ro‘yobga chiqadi. Diniy bilim. Dinning asosiy vazifasi – inson hayoti, tabiat va jamiyat borlig‘ining mazmunini aniqlashdir. Falsafiy bilim. Falsafa, san’at va din kabi, bilish vazifalarini echish bilangina kifoyalanmaydi. Uning bosh vazifasi san’at va din bilan uyg‘un – inson dunyoda ma’naviy mo‘ljal olishiga ko‘maklashish. Falsafiy bilim ayni shu maqsadga bo‘ysundirilgan. Ilmiy bilim. Bilimning eng oliy shakli fandir. Ayrim fanlarning vakillari fanni ta’riflar ekanlar, uni muayyan tadqiqotlar sohasi bilan bog‘laydilar. Ilmiy bilim boshqa bilim turlaridan o‘zining aniqligi bilan ajralib turadi. Sub’ekt – bu bilish faolligining manbai. Sub’ekt deganda odatda individ tushuniladi. Biroq bu uncha to‘g‘ri emas. Sub’ekt – bu, albatta, avvalo barcha bilish qobiliyatlariga ega bo‘lgan individ. Sub’ekt – bu mikroguruh, ijtimoiy guruh, sinf, jamiyat hamdir.  Ob’ekt – bu sub’ektning bilish faoliyati qaratilgan narsa yoki hodisa.

Sezgi a’zolari orqali olingan bilim – hissiy bilimlardir. Narsalarning xossalarini sezgi a’zolari sezish va idrok etish natijasida olingan bilim hissiy bilimdir. Masalan, inson uchayotgan samolyotni ko‘radi va buning nimaligini biladi. SezgiBilish faoliyatida sezgi – narsalar ayrim xossalarining sezgi a’zolari orqali his qilingan oddiy obrazi, in’ikosi, nusxasi yoki o‘ziga xos surati dastlabki sezgi obrazi hisoblanadi.  Idrok. Sezgi a’zolariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi predmetlar, ularning xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi yaxlit obrazni idrok etish deb ataladi.



Xotira o‘tmish va hozirgi zamonni birlashtiradi, ularning bir-biriga o‘tishini ta’minlaydi. Tasavvurlar – bu bir paytlar insonning sezgi a’zolariga ta’sir ko‘rsatgan va keyinchalik miyada saqlanib qolgan aloqalar bo‘yicha gavdalanadigan narsalarning obrazlaridir.

Tafakkur o‘zining asosiy shakllari – tushunchalar, mulohazalar va xulosalar ko‘rinishida yuzaga kelgan, rivojlanmoqda va amalga oshirilmoqda.

Tushuncha – narsalar va hodisalarning umumiy, muhim xossa va aloqalari aks etuvchi fikr.Mulohaza – fikrning shunday bir shakliki, unda tushunchalarni bog‘lash yo‘li bilan biror narsa haqidagi biron-bir fikr tasdiqlanadi yoki rad etiladi.Xulosa  chiqarish tafakkurning shunday bir amaliki, unda ayrim fikrlarni taqqoslash yo‘li bilan yangi mulohaza yaratiladi.

Bashorat qilish «murakkab narsani oddiy narsaga aylantirish»ning oliy darajasini tashkil etadi. Ilmiy bilim taraqqiyoti ilmiy bashorat kuchining o‘sishi va mazkur hodisa chegaralarining kengayishi bilan bog‘liq. Bashorat qilish jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish imkonini beradi. Ilmiy bilish nafaqat kelajakni bashorat qilish, balki bu kelajakni ongli ravishda shakllantirish uchun imkoniyat yaratadi. Har qanday fanning hayot mazmunini shunday tavsiflash mumkin: bashorat qilish uchun bilish, ish ko‘rish uchun bashorat qilish kerak. Masalan, D.I.Mendeleev yuz yil keyin kashf etilgan kimyoviy elementlarning mavjudligini bashorat qilgan edi.

Intuitsiya – haqiqatni mantiqiy dalillar yordamisiz, bevosita anglab etish qobiliyatidirU doim inson aqli va joni birgalikda amalga oshirgan katta ish mahsuli hisoblanadi. Shu ma’noda faqat iste’dodli, mehnatkash va tirishqoq odamlargina intuitiv bilishga qodir.

Ong shak-shubhasiz mavjud, ammo u mavhum bo‘lib, balki bilvosita – odamlar tili va muayyan faoliyati orqali namoyon bo‘ladi. Binobarin, inson borlig‘ining bu elementlarini tahlil qilmasdan ongning mohiyatini aniqlash mumkin emas. Mazkur tahlil ongning biologik jihatini ham o‘z ichiga oladi, zero uning mavjudligi inson bosh miyasi faoliyati bilan uzviy bog‘liq. SHu sababli ongning tabiati nafaqat falsafada, balki fiziologiya, psixologiya, sotsiologiya, kibernetika, informatika va boshqa ijtimoiy va tabiiy fanlarda ham o‘rganiladi.

Ongsizlik sohasi – bu aqldan tashqaridagi ruhiy hodisalar, holatlar va harakatlar majmui, deb hisoblash odat tusini olgan. Bu sohaga, eng avvalo, instinktlar – inson xulq-atvorining uzoq tadrijiy rivojlanish jarayonida hosil bo‘ladigan va har bir mavjudotning hayot funksiyalarini, umuman uning mavjudligini ta’minlashga qaratilgan tug‘ma harakatlari majmui kiritiladi. Ongsizlikni (ong osti) tushunish yanada ko‘proq qiyinchilik tug‘diradi. Uning mavjudligi avstriyalik mashhur psixiatr Z.Freyd (1856-1939) tomonidan XX asr boshida aniqlagan.

Ongsizlik strukturasiga ong sohasida vujudga kelishi va vaqt o‘tishi bilan ongsizlik sohasiga kirishi mumkin bo‘lgan intuitsiya va avtomatizmlarni ham kiritadilar. Intuitsiya – bu olish yo‘llari va shartlarini anglamasdan, bevosita hissiy kuzatish yoki mushohada yuritish yo‘li bilan olinadigan bilimAvtomatizmlar – bu avval ong nazorati ostida paydo bo‘lib, uzoq mashq qilish va ko‘p karra takrorlash natijasida ongsiz harakatlar xususiyatini kasb etuvchi insonning murakkab harakatlari. Tush, gipnoz holati, somnambulizm hodisalari, hushsizlik holatlari ham ongsiz harakatlar hisoblanadi.



Haqiqat – bilimlarning ob’ektiv borliqqa muvofiq bo‘lgan mazmuni. U bilish jarayoni, bilish in’ikosining natijasidir. Haqiqat ilmiy nazariyada mujassamlashgan anglab etilgan tasdiqlovchi mulohazalar ko‘rinishida o‘z ifodasini topadi. Har qanday ilmiy nazariya rivojlantirilishi, ba’zan boshqa, yanada haqiqiyroq nazariya bilan almashtirilishi lozim. Shu ma’noda haqiqat – bilish rivojlanishining yakuni va omilidir.

Ob’ektiv haqiqat – bilimlarimizning inson insoniyatga bog‘liq bo‘lmagan mazmuni. Mutlaq haqiqat – predmetni kelajakda to‘ldirilishi yoki unga aniqlik kiritilishi mumkin bo‘lmagan tarzda to‘la, mukammal bilishdir. Nisbiy haqiqat – borliqni asosan to‘g‘ri aks ettirsa-da, obraz ob’ektga uncha mos emasligi bilan ajralib turadigan bilim. Nisbiy haqiqat to‘g‘ri, biroq noto‘liq, taxminiy, vaqt va joyning muayyan tarixiy shart-sharoitlari bilan cheklangan haqiqatdir.

Yanglishish – o‘z predmeti bilan mushtarak bo‘lmagan, unga mos kelmaydigan bilim. Haqiqat yoyilishi va teranlashuvining barcha bosqichlarida uning doimiy va zaruriy hamrohi yanglishishdir.

3. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari.

 Metod (yunon. metods — usul) keng ma’noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma’nolarni anglatadi.



Metodologiya metodlar yigindisi va faoliyat turi haqidagi ta’limotdir.

Metod u yoki bu shaklda ma’lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig‘indisi hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo‘lib, sub’ektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohasida ma’lum natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan etishishga yordam beradi.

Metodika daliliy materiallarni yig‘ish va saralash vositasi, aniq faoliyat turidir. U metodologik tamoyillardan farq qilsada, ularga asoslanadi.Usullarni tanlash va turli metodik tadqiqot faoliyatida qo‘llash o‘rganilayotgan hodisa tabiati va qo‘yilgan vazifalar bilan xarakterlanadi. Falsafa metodlarining asoslari bevosita amaliy faoliyat bilan bog‘liq.

Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko‘ra bir necha guruhga bo‘linadi:



1.Falsafa metodlari.

Dialektika (yunon. dialektika — bahs, suhbat) tabiat, jamiyat va bilish taraqqiyoti qonuniyatlari hamda ularning asosida shakllanadigan umumiy tafakkur uslubi va amaliy faoliyat haqidagi ta’limotdir.

"Metafizika" (yunon.— fizikadan keyin) -  olamdagi narsa va hodisalarni o‘rganishda ularning muayyan vaqt davomida nisbatan o‘zgarmasdan, alohida turgan holatiga diqqatni ko‘proq qaratadigan usuldir.

Sofistika - "sopism" so‘zi asosida, ya’ni ataylab xilma-xil ma’noga ega bo‘lgan tushunchalarni ishlatish orqali kerakli, ammo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, ko‘chma ma’no-mazmunga erishish usuli, deb ta’kidlanadi. Sofizm — qarama-qarshi fikrlar asosida ixtiyoriy tanlangan foydali mulohaza bo‘lib, uning yordamida har qanday narsa yoki fikrni isbotlay olish mumkin. Eklektika – hech  qanday bilim faoliyati bilan bog‘lanmagan, bir-biriga zid dalillarga asoslanadi va olamni buzib yolg‘on aks ettiradi.  U narsa va hodisalarning ikkinchi darajali belgi xususiyatlarini bo‘rttirib ko‘rsatish orqali noto‘g‘ri bilim hosil qiladi.

Sinergetika — olamning o‘z-o‘zini tashkil etishi, makon va zamonda narsa va voqealarning azaliy ketma-ketligi, o‘zaro aloqadorligi, ularning muayyan tizimlardan iborat sababiy bog‘lanishlar asosida mavjudligini e’tirof etishga asoslangan ilmiy qarashlar majmuidir.

Umumilmiy yondashuvlar va tadqiqot metodlari ular falsafa bilan maxsus fanlarning fundamental nazariy-metodologik qoidalari o‘rtasida o‘ziga xos «oraliq metodologiya» bo‘lib xizmat qiladi. Umumilmiy tushunchalar qatoriga ko‘pincha «axborot», «model», «tuzilma», «funksiya», «tizim», «element», «oqilonalik», «ehtimollik» singari tushunchalar kiritiladi.

Xususiy ilmiy metodlar–materiya harakatining asosiy shakliga mos bo‘lgan muayyan fanda qo‘llaniladigan bilish usullari, tamoyillari, tadqiqot usullari va tartib-taomillari majmui. Mexanika, fizika, kimyo, biologiya va ijtimoiy-gumanitar fanlarning metodlari shular jumlasidandir.

Fan metodlari–ma’lum fan tarmog‘iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan joyda vujudga kelgan muayyan fan sohasida qo‘llaniladigan usullar tizimi. Har bir fundamental fan, mohiyat-e’tibori bilan, o‘z predmetiga va o‘ziga xos tadqiqot usullariga ega bo‘lgan sohalar majmuidir.

Fanlararo tadqiqot metodlari–asosan fan sohalari tutashgan joyda amal qiladigan (metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui. Mazkur metodlar kompleks ilmiy dasturlarni amalga oshirishda keng qo‘llaniladi.

Metodologiyaga faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta’minlovchi boshqa vositalarni ham o‘rganish xos. Tamoyil, qoida va ko‘rsatmalar, shuningdek, kategoriya hamda tushunchalar mana shunday vositalar jumlasiga kiradi. Nomuvoziy, beqaror dunyo sharoitlarida voqelikni metodologik o‘zlashtirishning o‘ziga xos vositalarini ajratish fan rivojlanishining «postnoklassik», deb nomlangan hozirgi bosqichida ancha dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.



Qonun – tizimning elementlari o‘rtasidagi umumiy va invariant aloqa. Ularning uchta turi mavjud.

Voqelik qonunlari bizning ongimizdan, biz ularni bilish-bilmasligimizdan qat’iy nazar mavjud va amal qiladi.

Fan qonunlari odamlar tomonidan anglab etilgan voqelik qonunlarining ongimizdagi in’ikosi hisoblanadi.

Falsafa qonunlari tabiat va jamiyatda insonningsh ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan biri ikkinchisini taqozo qiluvchi qonunlardir. Falsafa qonunlari tizimida dialektik ziddiyatlilik qonuni markaziy o‘rinni egallaydi. Qonunning muhim jihatlarini aniqlash uchun uning asosiy kategoriyalarini ko‘rib chiqish kerak. Tahlilni qarama-qarshilik tushunchasidan boshlaymiz.

Qarama-qarshiliklar birligi qonuni. Qarama-qarshilik – narsalar va hodisalardagi bir-birini taqozo qiluvchi va bir-birini istisno etuvchi tomonlar, xossalar, tendensiyalar, jarayonlarni aks ettiruvchi falsafiy kategoriya (assimilyasiya – dissimilyasiya, o‘zgaruvchanlik – tug‘malik, ishlab chiqarish – iste’mol qilish, yaxshilik – yomonlik va sh.k.). Qarama-qarshiliklar o‘rtasida ikki xil munosabat mavjud: yagonalik munosabati va qarshi harakatga doir munosabat. (qonunning klassik ta’rifida «kurash» atamasi ishlatiladiki, u qonunning mohiyatini soddalashtiradi, chunki mazkur atama ko‘proq jamiyatga tegishlidir.)

Ziddiyatlar – narsa yoki hodisa qarama-qarshi tomonlarining bir-birini istisno etish va bir-biriga o‘tish munosabatlaridir.

Tafovut - avvalgi holatdan saqlanib qolgan xossalar ustunlik qilgani holda, ayni bir predmet xossalarining mos kelmasligidir. «Tafovut» - har xillik, o‘z-o‘ziga, boshqa narsalar, hodisalar, jihatlarga mos kelmaslik munosabati. «Ayniyat» tushunchasi ziddiyat tarqalishining dastlabki bosqichini anglatadi. Bu bir xillik, narsa, hodisa, jihatning o‘z-o‘ziga yoki boshqa narsalar, hodisalar, jihatlarga o‘xshashlik munosabati.

Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi qonuni. Sifat narsalarga xos va ularning borlig‘i bilan ayniy bo‘lgan hamda ularni muayyan aloqalar tizimidagi boshqa narsalardan farqlash imkonini beradigan o‘ziga xos xususiyatni aks ettiradiXossa-predmetning jihati bo‘lib, uning boshqa predmetlardan farqi yoki ular bilan o‘xshashligini belgilaydi va ular bilan o‘zaro aloqada namoyon bo‘ladi. Miqdor-predmet muayyan xossasining namoyon bo‘lishi, intensivligi darajasi. Barcha narsalar, jarayonlar, hodisalar sifat bilan bir qatorda muayyan miqdorga ham ega bo‘ladi. Masalan, o‘lchash taqqoslashning o‘rganilayotgan ob’ektning miqdor ko‘rsatkichlarini aniqlovchi ayrim ko‘rinishi sifatida, sifat haqida aniqroq xulosa chiqarish imkonini beradi. Me’yor – bu miqdor va sifatning shunday bir birligiki, bunda muayyan sifat faqat muayyan miqdor bilan bog‘liq.

Inkorni-inkor qonuni – bu shunday bir qonunki, unga muvofiq rivojlanish jarayoni yangining eskini dialektik inkor etishlari cheksiz zanjiridan iborat bo‘ladi, bunda rivojlanish avvalgi bosqichlarining barcha muhim jihatlari yangida saqlanadi va umuman bu jarayon hujumkor, yuksalib boruvchi yo‘nalishga ega bo‘ladi. Ayni vaqtda rivojlanish jarayonida uning oliy bosqichlarida avvalgi bosqichlarning ayrim jihatlari va tomonlari sifat jihatidan yangicha asosda takrorlanadi va ayni hol to‘g‘ri chiziq, tutash doira bo‘ylab emas, balki spiralga yaqinlashuvchi egri chiziq bo‘ylab yuksalishni belgilaydi. Harakatning spiralsimonligi rvojlanishning siklliligini aks ettiradi.

 

Kategoriya (yunon. kategoria – ta’rif, mulohaza) – borliq hodisalari va unda hukm suruvchi munosabatlarning muhim, tipik mazmunini o‘zida aks ettiradigan o‘ta keng tushuncha.



Xususiy ilmiy kategoriyalar alohida olingan xususiy ilmiy fanlarda qo‘llaniladigan, mohiyat nuqtai nazaridan boshqa fanlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan kategoriyalardir. Masalan, fizika, kimyo geologiya, geografiya fanlari kategoriyalari xususiy xarakterga ega

Falsafiy kategoriyalar – borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, aloqalari va munosabatlari haqida fikrlash uchun qo‘llaniladigan o‘ta keng tushunchalar majmuidir Ayni shu sababli falsafiy kategoriyalar hech qachon hajman cheklangan tabiiy til tushunchalari darajasida soddalashtirilishi mumkin emas.

Munosabatdosh kategoriyalar biri ikkinchisi bilan uyg‘un bog‘liq bo‘lib, bilish jarayonida biri ikkinchisini nazarda tutadi; ularning biri haqida tasavvur hosil qilganda boshqasini hisobga olmaslik mumkin emas. Bunday kategoriyalar qatoriga quyidagilar kiradi: yakkalik va umumiylik; hodisa va mohiyat; shakl va mazmun; qism va butun; sabab va oqibat; tasodif va zaruriyat; imkoniyat va voqelik.

Biz munosabatdosh kategoriyalarni batafsilroq ko‘rib chiqamiz.



Umumiylik, yakkalik, xususiylik kategoriyalari borliq narsalari va hodisalarining nisbatan mustaqilligi, ularning rang-barangligi va birligi in’ikosi hisoblanadi.

Yakkalik – faqat mazkur ob’ektga xos bo‘lgan xossalarni ifodalovchi kategoriya.

Umumiylik ayrim narsaning muayyan turkumga mansub barcha narsalar bilan o‘xshashligini belgilovchi xossalar bilan ifodalanadi.

Grammatik jihatdan umumiylik turdosh ot bilan, yakkalik esa – atoqli ot bilan ifodalanadiFalsafada yakkalik va umumiylik borliq hodisalarining o‘xsh

Xususiylik – yakkaga nisbatan umumiy bo‘lgan va umumiyga nisbatan yakka bo‘lgan narsa yoki hodisa. Masalan: modda (qonun moddasi) – yakka; qonun – xususiy; huquq - umumiy. «Qonun» tushunchasi «modda» tushunchasiga nisbatan umumiydir. O‘z navbatida «qonun» tushunchasi «huquq» tushunchasiga nisbatan yakkalikni aks ettiradi.

Yakkalik, umumiylik va xususiylik kategoriyalari bilish jarayonida uning tayanch nuqtalari, bilimsizlikdan bilim sari bosqich rolini o‘ynaydi.



Mohiyat va hodisa. Mohiyat – ob’ektiv borliqning ichki, nisbatan yashirin va barqaror tomonini ifodalash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u narsaning, jarayonning tabiatini va ularga xos bo‘lgan qonuniyatlarini belgilaydi. Hodisa – bu narsada, jarayonda qarshimizda bevosita namoyon bo‘luvchi xossalar, tomonlar yig‘indisini ifodalash uchun mo‘ljallangan kategoriya.

 Mazmun va shaklMazmun – mazkur narsa, jarayon, hodisani belgilovchi elementlar, tomonlar, xossalar, aloqalar va tendensiyalarning yig‘indisi.



 Shakl – narsaning tuzilishi, strukturasini, mazmun elementlarining uyushish, bir-biri va tashqi omillar bilan o‘zaro aloqa qilish usulini tavsiflovchi ichki aloqa. Shaklni aniqlashda narsalar mavjudligi muhim o‘rin egallaydi. Masalan, olov olov shakli asosida aktuallashadi va boshqa shaklga o‘tadi. Shakl tufayli jism jism bo‘la oladi.

Butun va qism.

Butun – narsa, hodisa va uni tashkil etgan qismlarning muayyan tartibda joylashuvi va o‘zaro bog‘langan yagonalikning ifodasi.

Qism – butun tarkibiga kiradigan, uning tarkibidagina o‘z vazifasi (funksiyasi)ni bajara oladigan alohidalik.

Sistema, element struktura. Sistema (yunon. systema – birlashtirish, yaratish) – bir-birining o‘rtasida qonuniy bog‘lanish yoki o‘zaro aloqa mavjud bo‘lgan muayyan elementlar yig‘indisi.

Element –(lot. elementum – birlamchi modda) – butunning nisbatan bo‘linmas qismi. Struktura (lot. struktura – tuzilish, joylashuv, tartib) sistemaning tuzilishi va ichki shakli, mazkur sistema elementlari o‘rtasidagi barqaror o‘zaro aloqalarning birligi. Struktura narsalar va hodisalarning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi qonuniy aloqa usuli.

Sabab va oqibat. Sabab (lot. causa – sabab) shunday bir hodisaki, u boshqa bir hodisaning oqibatini bevosita belgilaydi, yuzaga keltiradi. Sababiyat mohiyatini bir hodisaning boshqa hodisani yuzaga keltirishi, sababning oqibatni yaratishi tashkil etadi.

Yuz berishi yangi hodisa vujudga kelishiga olib keluvchi hodisa sabab deb ataladi. Sabab ta’sirida vujudga keluvchi hodisa esa oqibat deb ataladi.

Bahona va shart. Sabab, bahona va shartni farqlash lozim. Bahonani sub’ektiv sabablar qatoriga kiritish mumkin. Bunda voqea yoki sherikning harakati o‘zining, odatda, noto‘g‘ri javob harakatlarini oqlash maqsadida talqin qilinadi va baholanadi. SHartlar-amaldagi yoki ehtimol tutilgan sababning mavjudlik muhitini tashkil etadigan ichki omillar va tashqi munosabatlar majmuidir.

Zaruriyat va tasodif. Zaruriyat- bu hodisalar o‘rtasidagi ularning qonuniy o‘zgarishi va rivojlanishini belgilovchi barqaror, muhim ichki aloqalar.

Tasodif – ob’ektlarning vujudga kelishi yoki mavjudligining muammoliligini yoki muqarrar emasligini belgilovchi kategoriya;  soddaroq qilib aytganda muayyan sharoitda bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin bo‘lgan narsa tasodifiy hisoblanadi.

Imkoniyat va voqelik. Imkoniyat-narsaning uning tugallanmagan, potensial rivojlanishidagi ob’ektiv mavjud bo‘lgan va ichdan belgilangan holatini aks ettiruvchi falsafiy tushuncha.

Voqelik – amalga oshgan, aktuallashgan borliqni tavsiflovchi falsafiy kategoriya: voqelik amalga oshgan imkoniyat hisoblanadi.

Xulosalar. Kategoriyalar fikrlashning universal shakllari bo‘lib, ularda ob’ektiv voqelikda mavjud bo‘lgan umumiy aloqalar, xossalar va munosabatlar aks etadi. Kategoriyalarda kishilik jamiyatining tajribasi va faoliyati mujassamlashadi.

4. Jamiyat va tarix falsafasi. Falsafiy antropologiya.

Tarix falsafasining asosiy vazifalaridan biri – o‘zgaruvchan va murakkab ijtimoiy dunyoda hayot mazmuniga doir mo‘ljallarni topish, insoniyat mavjudligining har bir muayyan davrida uning oldida turgan ustuvor vazifalarni belgilashdir.

Vaqt o‘tgan sari insoniyat tafakkuri kengayib, ijtimoiy fanlar taraqqiy topib borishi natijasida tarix falsafasi atrofidagi mulohazalar kengayadi. Uning predmeti va ob’ektiga aniqlik kiritiladi. Shu ilmiy haqiqatdan kelib chiqib, N.Jo‘raev hozirgi zamon tarix falsafasining quyidagi vazifalarini belgilaydi:

- insoniyat tarixi rivojlanish qonuniyatlarini, ularning manbalari va mohiyatini o‘rganish;

- insoniyat tarixini, jumladan, milliy tarixni ham hozirgacha ta’sirini o‘tkazib kelapyotgan kommunistik mafkura asosidagi ilmiy metodologiyada mavjud bo‘lgan tamoyillardan voz kechib, milliy istiqlol g‘oyasi asosida o‘rganish va davrlashtirish muammosini hal etish;

- sivilizatsiyalar va madaniyatlar yuzaga kelishining yaxlit tizimini ishlab chiqish, ular inqirozi sabablarini chuqur tahlil etish;

- tarixiy jarayonning umumiy shaklini tahlil etish, ularni o‘tmish, bugun, kelajak tizimida mantiqan o‘rganish hamda insoniyat istiqboli haqida tasavvurlarga aniqlik kiritish;

- tarixiy taraqqiyot omillarini diniy va dunyoviy qonunlar nuqtai nazaridan o‘rganish, nazariy jihatdan baquvvat ilmiy va amaliy asoslangan xulosalarni ishlab chiqish;

- qadriyatlar tizimini hozirgi zamon talablari nuqtai nazaridan tadqiq etish va baholash;

- insoniyat tarixida to‘plangan moddiy, ma’naviy va madaniy qadriyatlarning tarixiy tahlili orqali mantiqiy va falsafiy asoslarini o‘rganish;

- tarixni anglashning yangi yo‘nalishlarini hozirgi zamon falsafiy tafakkur mezonlari asosida belgilash hamda unga tayangan holda ijtimoiy taraqqiyot maqsadlarini aniqlash orqali, tarixning murabbiylik rolini oshirish;

- yaxlit insoniyat taraqqiyoti omillarini va manbalarini o‘rganish, shu asosda jahon tarixiy taraqqiyot istiqbollarini belgilash;

- tarix fani predmeti va metodologiyasini hozirgi zamon talablari asosida qayta ishlab chiqish hamda tarixni tadqiq etishning turli yo‘nalishlarini, jumladan, siyosiy tarix, iqtisodiy tarix, din tarixi, san’at tarixi, etnogenezis va boshqa yo‘nalishlar bilan mushtarak holda kompleks tadqiqotlarni olib borish orqali, inson, insoniyat va uning tarix yaxlit mohiyatini ochib berish[1].

Ana shu vazifalarni hal etishda tarix falsafasi va tarix fanining hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Uning fikricha, bir qarashda tarix falsafasi va tarix fani bir-biridan ayri yo‘nalishdek ko‘rinadi. Zotan, real jarayonga, real voqelikka, insoniyat tarixida qaysidir hodisaga tarixchi tarix ko‘zi bilan qarasa, faylasuf faylasuf ko‘zi bilan qaraydi.

Jamiyat — tabiatning bir qismi, ya`ni ijtimoiy borliq bo`lib, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o`rtasida amal qiladigan juda ko`plab munosabatlar yig‘indisi.

Jamiyatning moddiy hayotiga quyidagilar kiradi:

- kishilarning yashashi, shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur bo`lgan iqtisodiy shart-sharoitlar;

- oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, yoqilg‘i, kommunikatsiya vositalari;

- moddiy ne`matlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste`mol qilish;

- ishlab chiqarish jarayonida kishilar o`rtasida amal qiladigan iqtisodiy munosabatlar majmui;

- moddiy boyliklar, tabiiy zaxiralar.

Davlat - jamiyatni boshqarish, tartibga solish, ijtimoiy barqarorlikni ta`minlashga qaratilgan alohida bir muassasadir. Urf –odat, rasm-rusm, an`ana va marosimlarning ma`naviyat bilan o`zaro ta`siri shundaki, oqilona jamiyatning taraqqiyot darajasiga mos keladigan an`ana va marosimlar ma`naviyatni boyitishga, rivojlantirishga xizmat qiladi.

Fan o`zining ilmiy tushuncha uslublari va metodologiyasiga ega bo`lgan, olamni bilish va o`zlashtirishning maxsus usuli, ilmiy bilimlar tizimidir.Fanning mohiyatini, inson va jamiyat hayotidagi o`rnini bilishda uning quyidagi xususiyatlarini e`tiborga olish muhimdir:

-                               inson faoliyatining o`ziga xos turi;

-                               alohida ijtimoiy institut sifatida fan ilmiy bilimlar yig‘indisi;

-                               insoniyatning ma`naviy salohiyati, olam, tabiat, jamiyat va inson to`g‘risidagi tasavvur va qarashlarni shakllantiradi;

-                               olamni o`zlashtirish va o`zgartirish vositasi hisoblanadi.

Falsafaning ikki yarim ming yillik tarixi mobaynida insonga juda ko‘p ta’riflar va tavsiflar berildi, u ko‘p sonli sinonimlar orttirdiki, falsafiy tahlilning boshqa biron-bir ob’ektida bunday holga duch kelish mushkul. Zero, falsafa tarixida inson:


  • «aqlli mavjudot»;

  • «siyosiy hayvon»;

  • «tabiat gultoji»;

  • «hayotning boshi berk ko‘chasi»;

  • «hayotning soxta qadami»;

  • «mehnat qurollari yasovchi hayvon»;

  • «o‘zlikni anglash qobiliyatiga ega mavjudot»;

  • «ma’naviy va erkin mavjudot» va hokazolar sifatida talqin qilingan.

Fikrlarning bunday rang-barangligi sababini, avvalo, insonning o‘z tabiatidan izlash lozim. Inson tabiatining siri, hech shubhasiz, «boqiy muammolar»dan biri bo‘lib, falsafa o‘z predmetining mohiyati va xususiyatiga ko‘ra unga qayta-qayta murojaat etgan va shunday bo‘lib qoladi.

Insonning kelib chiqishi haqidagi birinchi yondashuv insonning paydo bo‘lishiga olib kelgan tabiatning qonuniy rivojlanishi g‘oyasidan kelib chiqadi. Ch.Darvinning «Hayvon va o‘simlik turlarining kelib chiqishi haqida» deb nomlangan mashhur asarini e’lon qilgan evolyusion nazariyasiga tayanadi va hozirgi vaqtda molekulyar biologiya va gen injeneriyasi sohasida erishilgan eng so‘nggi yutuqlar ta’sirida o‘z shakl-shamoyilini sezilarli darajada o‘zgartirib, aksariyat olimlar uchun ularning ilmiy faoliyatida o‘ziga xos dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Yana shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, insonda nafaqat o‘ta rivojlangan tirik jonzotlar, balki o‘ta sodda mavjudotlar bilan ham kuchli genetik o‘xshashlik mavjud. Xususan, shimpanze bilan bunday o‘xshashlik 98% ni, kalamush bilan – 80% ni va hatto banan bilan – 50% ni tashkil etadi.

Biroq, shuni ta’kidlash lozimki, «tabiiy» yondashuv tarafdorlari inson kelib chiqishining dunyoviy konsepsiyasiga ham (masalan, darvinchilar bilan bog‘liq holda bo‘lganidek), kosmik konsepsiyasiga ham tayanishlari mumkin.

Ikkinchi yondashuv insonga, Xudo yoki kosmik Aql mehnatining mahsuli sifatida qarab, uni g‘ayritabiiy asosdan keltirib chiqaradi. Garchi bu konsepsiya isbotlanganlik jihatidan birinchi ta’limotga hozirgi zamon tabiatshunosligi nuqtai nazaridan yon bersa-da, lekin falsafiy nuqtai nazardan u insonning tabiiy-ilmiy kelib chiqishi konsepsiyasi kabi mavjudlik huquqiga egadir, zero birinchi yondashuv ham, ikkinchi yondashuv ham oqilona asoslangan va uzil-kesil dalil-isbotlar keltirmaydi.

Ko‘rsatilgan muammolarni anglab etishga ahd qilgan har qanday odam,



  • hayot nima?

  • birinchi odam qaerda va qachon paydo bo‘lgan?

  • inson ma’naviyatining tabiati qanday?

  • Erda inson paydo bo‘lishining sababi nimada?

  • bunda muayyan mantiq, qonuniyat, azaldan belgilangan muqarrarlik mavjudmi yoki bunga qandaydir tasodif, anomaliya, kimningdir xohish-istagi sabab bo‘lganmi?

  • hayot kosmik hodisami yoki faqat bizning sayyoramizda mavjudmi?

  • inson butun Koinotdagi birdan-bir aqlli mavjudotmi?, kabi masalalarni e’tibordan chetda qoldirishi mumkin emas.

Introvertiv yondashuv insonning ong, jon, ruhiyat, instinktlar, nuqsonlar, fazilatlar kabi muhim xususiyatlarini tahlil etib, uni «ichdan» tushunish, anglab etishni nazarda tutadi.

Ekstravertiv yondashuv insonga nazar tashlash, uning mohiyatini tahlil qilish go‘yoki «sirtdan» amalga oshiriladiki, buning natijasida diqqat markazidan uning ijtimoiy va tabiiy mohiyati o‘rin oladi;

Yunoncha “sophia – donishmandlik, anthropos – inson va logos – ta’limot so‘zlaridan kelib chiqqan «falsafiy antropologiya” atamasi etimologik jihatdan inson haqidagi falsafiy ta’limotni anglatadi. Falsafiy antropologiya insonning alohida borliq manbai sifatida kelib chiqishi, tadrijiy rivojlanishi va mavjudligining o‘ziga xos xususiyatlariga doir falsafiy qarashlarni aks ettiradi.



Qadim zamonlarda vujudga kelgan insonga nisbatan dualistik yondashuv shundan iboratki, odamzot, bir tomondan, moddiy organizmdan, boshqa tomondan esa – mustaqil mohiyat sanaladigan va bu organizmni boshqaradigan nomoddiy jondan tashkil topgan mavjudot sifatida qaraladi. Bu yondashuv, masalan, boqiy g‘oyalar dunyosida yashaydigan o‘lmas jon inson tug‘ilayotgan paytda uning tanasiga xuddi zindonga tushgandek kirib o‘rnashadi, uning o‘limidan keyin esa vujudni tark etib, yana g‘oyalar dunyosiga qayta, deb hisoblagan Platon falsafasida ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ladi. Jonlarning o‘lmasligi g‘oyasi SHarq falsafiy an’anasiga ham xosdir.

Hozirgi olimlarning aksariyati qo‘llab-quvvatlaydigan inson talqinining monistik konsepsiyasi inson ruhiyati, uning tuyg‘ulari, fikrlari, emotsiyalari va kayfiyati inson organizmining tarkibiy qismi sanalgan bosh miya nerv hujayralari hayot faoliyatining mahsulidan o‘zga narsa emas, degan tushunchadan kelib chiqadi.

Insonning mohiyatini tushunishga harakat qilish jarayonida u nafaqat tashqi, balki ichki, pinhona xususiyatlarga ham ega ekanligini, ular jamuljam holda insonning individ, individuallik, shaxs kabi tushunchalarda aks etadigan muayyan obrazini shakllantirishini ham hisobga olish lozim. Boshqacha aytganda, insonning mohiyatini uning ichki va tashqi borlig‘i birligida, uning dunyoga faol munosabatida izlash kerak.

Shunday qilib, individ muayyan insonning umumiy obrazi sifatida amal qilsa, individuallik uni muayyan o‘ziga xos xususiyatlar sohibi sifatida tavsiflasa, «shaxs» tushunchasiga yanada torroq ma’no yuklanadi, chunki ayni holda inson uning barcha ijtimoiy sifatlari bilan jamuljam holda olinadiki, bu faqat ijtimoiy munosabatlarning u yoki bu tizimini nazarda tutgan holda shaxs to‘g‘risida so‘z yuritish imkonini beradi. Ya’ni keng talqinga yo‘l qo‘yadigan «individ» va «individuallik» tushunchalari nafaqat insonga nisbatan, balki individual xususiyatlarga ega bo‘lgan ayrim tirik mavjudot, hayvonga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin. «Shaxs» tushunchasi esa doim ijtimoiy mavjudot sifatidagi inson bilangina bog‘liq bo‘lib, faqat shu ma’noda, ayrim insonni uning jamiyatdagi o‘rni, «ijtimoiy qiyofasi» nuqtai nazaridan tavsiflaydi.



Biologik mavjudot sifatida har bir inson o‘limga mahkumdir. Buni qadimgi mutafakkirlar ham yaxshi tushungan. Xususan, o‘z muxoliflaridan birining: «O‘ttiz tiran seni o‘limga hukm etdi», degan gapiga Suqrot: «Ularni esa o‘limga tabiat hukm etgan», deb javob bergan. Ammo odamzot ijtimoiy mavjudot sifatida ham o‘limga mahkumdir.

Hozirgi zamon fanida o‘lish jarayonining to‘rt bosqichi farqlanadi. Bu bosqichlarga organizmda yuz beradigan va uning qarishini tavsiflaydigan orqaga qaytarib bo‘lmaydigan biologik o‘zgarishlar sabab bo‘ladi.

Xususan, 25 yoshdan boshlab va ayniqsa 45 yoshdan keyin insonda har kuni u tug‘ilgan paytga qadar «jamlangan» va boshqa hech qachon yangilanmaydigan o‘n minglab nerv hujayralari (neyronlar) halok bo‘ladi. Ammo bosh miya qobig‘ida bunday hujayralar soni 40 milliardga etadi va shu sababli «qariyotgan normal miya uchun bu jiddiy oqibatlarga sabab bo‘lmaydi, chunki unda yana o‘n milliardlab neyronlar normal faoliyat ko‘rsatishda davom etadi»1.

Amalda insonning hayotni tark etishi u odamlardan o‘zini olib qochib, jamiyatdan uzoqlashishi bilan tavsiflanadigan ijtimoiy o‘lim yuz berganida boshlanadi.Surunkali giyohvand moddalarini iste’mol qilish, kashandalik, ichkilikbozlik, o‘z hayotidan doimiy norozilik ijtimoiy o‘limni bildiradi. So‘ngra ruhiy o‘lim yuz beradi, bunda inson hayot tugagani va o‘limning muqarrar ekanligini va o‘z hayoti davomida hech narsaga erisha olmaganini anglaydi. Miya o‘lishi bilan bosh miya faoliyati butunlay to‘xtaydi, organizmning turli funksiyalarini boshqarish barham topadi. Bu jarayon fiziologik o‘lim bilan yakunlanadi. Bunda insonning uni tirik organizm sifatida tavsiflovchi barcha funksiyalari uzil-kesil to‘xtaydi.

Muayyan inson o‘z hayoti so‘nishining yuqorida sanab o‘tilgan bosqichlarini anglamasligi ham mumkin (aksariyat hollarda shunday bo‘ladi), ammo u o‘z hayot yo‘lidan ilgarilar ekan, bu dunyoda nima uchun yashayapman, degan savolga o‘z harakatlari, qilmishlari bilan javob beradi. Agar inson ularni hali to‘la anglab etmagan bo‘lsa, mazkur vazifani echish o‘z hayot yo‘lini endigina tanlayotgan odam uchun ham, umrining shomida ortga nazar tashlab, o‘z hayotini sarhisob qilayotgan odam uchun ham teng darajada mushkul ish bo‘lib qoladi.

Inson o‘z tabiatiga ko‘ra o‘limga mahkum, ammo, buni tushungan holda, u o‘zi bilan bog‘liq hamma narsa o‘zining tug‘ilish va o‘lish sanalari bilan chegaralangan qisqa vaqt oralig‘ida jamlanganini tan olishni istamaydi. U o‘z taqdirini ijtimoiy muhim maqsadlar, ma’naviy uyg‘onish bilan bog‘lashga harakat qilishi ayni shu hol bilan izohlanadi.

Yana bir yo‘lni din taklif qiladi. Bu erda u yoki bu e’tiqodlarga qarab, hayotning mazmuni va shaxsiy umrboqiylikka erishish haqidagi savolga shaklan har xil, lekin mazmunan juda o‘xshash javoblar beriladi. Ularda asosan u dunyo chin dunyo ekanligi, bu dunyoda bajarilgan ishlarga haqiqiy baho u dunyoda berilishi va shu kabilar to‘g‘risida so‘z yuritiladi.

Yana bir imkoniyat – bu dunyoda o‘z hayotini odamlarga, ezgulik, haqiqat va adolatga xizmat qilishga bag‘ishlashdan iborat. SHu tariqa inson o‘z ishlari, g‘oyalari va qilmishlari bilan kelgusi avlodlar xotirasida qolish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Inson bu yo‘llarning qaysi birini tanlashi faqat uning o‘ziga bog‘liq. U o‘z hayotida bu erda ko‘rsatilganidan butunlay boshqa yo‘lni tanlashi ham mumkin. Lekin ertami-kechmi har bir inson hayotda o‘zi tanlagan yo‘lning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida mulohaza yuritishi muqarrardir.

1. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida. 

«Mantiq» arabcha so‘z bo‘lib, ma’nosi bo‘yicha «logika» so‘ziga muvofiq keladi. «Logika» atamasi esa, grekcha «logos» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «fikr», «so‘z», «aql», «qonuniyat» kabi ma’nolarga ega.



Tafakkur shakllari

 «Ilmiy nazariya» tushunchasida esa, predmetlarning birorta sohasiga oid bo‘lgan va ular haqida yaxlit tasavvur beradigan, ma’lum bir metod yordamida qurilgan tushunchalar sistemasi ifoda etilgan. Xuddi shuningdek, «predmetlarning birorta sohasiga aloqadorligi», «predmet haqida yaxlit tasavvur hosil qilishga imkoniyat berishi», «ma’lum bir metod yordamida qurilishi», «tushunchalar sistemasi shaklida bo‘lishi» ilmiy nazariyaning muhim belgilari hisoblanadi. Hukmlarda predmet bilan uning xossasi, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlar, predmetning mavjud bo‘lish yoki bo‘lmaslik fakti haqidagi fikrlar tasdiq yoki inkor shaklda ifoda etiladi. Masalan «Temir-metall» degan hukmda predmet (temir) bilan uning xossasi (metall ekanligi) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan. «Axloq huquqdan ilgari paydo bo‘lgan» degan hukmda ikkita predmet (axloq va huquq) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan. Xulosa chiqarishda ham yuqoridagiga o‘xshash hollarni kuzatish mumkin. Masalan,



Daraxt - o‘simlik

Har bir ximiyaviy element o‘z atom og‘irligiga ega

Terak – daraxt

Mis - ximiyaviy element

Terak - o‘simlik

Mis o‘z atom og‘irligiga ega

Xulosa chiqarish ko‘rinishlari mazmuni bo‘yicha turlicha bo‘lishiga qaramasdan, bir xil mantiqiy strukturaga ega.

Fikrni to‘g‘ri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish mumkin. Tafakkur qonuni muhokama yuritish jarayonida fikrlar (fikrlash elementlari) o‘rtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur qonunlari mazmunidan kelib chiqadigan, muhokamani to‘g‘ri qurish uchun zarur bo‘lgan talablar fikrning aniq, izchil, etarli darajada asoslangan bo‘lishidan iborat.



Formal mantiqning asosiy qonunlari quyidagilardan iborat

1. Ayniyat qonuni.

2. Nozidlik qonuni.

3. Uchinchisi istisno qonuni.

4. Etarli asos qonuni.

Ayniyat qonuniga ko‘ra ma’lum bir predmet yoki hodisa haqida aytilgan ayni bir fikr ayni bir muhokama doirasida ayni bir vaqtda o‘z-o‘ziga tengdir. Bu qonun formal mantiq ilmida « A-A dir» formulasi bilan ifodalanadi.

Nozidlik qonuni ayni bir predmet yoki hodisa haqida aytilgan ikki o‘zaro bir-birini istisno qiluvchi (qarama-qarshi yoki zid) fikr bir vaqtda va bir xil nisbatda birdaniga chin bo‘lishi mumkin emasligini, xech bo‘lmaganda ulardan biri albatta xato bo‘lishini ifodalaydi. Bu qonun «A ham B, ham B emas bo‘la olmaydi» formulasi orqali beriladi. Masalan: «Aristotel-mantiq fanining asoschisi» va «Aristotel-mantiq fanining asoschisi emas»-bu o‘zaro zid mulohazalardir. Bu zid mulohazalarning har ikkalasi bir vaqtda xato bo‘lmaydi. Ulardan birinchisi chin bo‘lgani uchun, ikkinchisi xato bo‘ladi.

Uchinchi istisno qonuni nozidlik qonunining mantiqiy davomi bo‘lib, fikrning to‘liq mazmunini qamrab olib bayon qilingan ikki zid fikrdan biri chin, boshqasi xato, uchinchisiga o‘rin yo‘q ekanligini ifodalaydi. Bu qonun «A B yoki B emasdir» formulasi orqali beriladi.

Masalan:


Talaba imtihonda «a’lo» baho oldi.

Talaba imtihonda «ikki» baho oldi.

Bu mulohazalar munosabatida nozidlik qonuni amal qiladi. Chunki bu mulohazalarning har ikkisi ham xato bo‘lishi va talaba imtihonda «o‘rta» yoki «yaxshi» baho olishi mumkin.

Agar, «Talaba imtihonda «a’lo» baho oldi» va «Talaba imtihonda «a’lo» baho olmadi», mulohazalarini tahlil qilsak, unda bu mulohazalardan biri chin, boshqasi xato, uchinchisiga o‘rin yo‘q ekanligi ma’lum bo‘ladi. CHunki «yaxshi», «o‘rta» va «ikki» baholar-»a’lo» baho emas.



Yetarli asos qonuni. Har bir buyum va hodisaning real asosi bo‘lgani kabi, ularning in’ikosi bo‘lgan fikr-mulohazalar ham asoslangan bo‘lishi kerak. Etarli asos qonunining bu talabi quyidagi formula orqali ifodalanadi: «Agar B mavjud bo‘lsa, uning asosi sifatida A ham mavjud».

 Tushuncha – predmet va hodisalarning umumiy, muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shaklidir.



Belgilar deb, predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biriga o‘xshashligini ifoda qiluvchi tomonlarga, xususiyatlarga aytiladi. Ularning ba’zilari faqat bitta predmetga xos bo‘lgan, uning individual, yakkalik belgilarini tashkil qilsa, boshqalari predmetning ma’lum bir guruhiga tegishli bo‘lib, umumiy belgilar hisoblanadi. Individual va umumiy belgilarning ba’zilari predmetning mavjud bo‘lishi uchun zarur bo‘lib, uning tabiatini, mohiyatini ifodalaydi  muhim belgilari deyiladi. Masalan, davlatning mavjud bo‘lishi uning o‘z maydoni, aholisi, hokimiyat organlariga ega bo‘lishini taqoza etadi.

Nomuhim belgilar predmetning mohiyatini tashkil qilmaydi. Ularning yo‘qolishi bilan predmetning tabiati o‘zgarmaydi. Masalan, qaysi irqqa, millatga, jinsga taalluqli bo‘lishi individning inson sifatida mavjud bo‘lishi uchun muhim emas.

Taqqoslash yordamida predmetlar o‘zaro solishtirilib, ularning o‘xshash, umumiy tomonlari va bir-biridan farq qildiruvchi individual belgilari aniqlanadi.

Buning uchun u xossalar ajratilishi lozim. analiz yordamida predmet fikran uni tashkil qiluvchi qismlar, tomonlarga ajratilib, har qaysisi alohida o‘rganiladi. Sintez analizga teskari usul bo‘lib, u analiz davomida ajratilgan qismlar, tomonlarni fikran birlashtirib, predmetni bir butun holiga keltirishdan iborat.

Tushuncha hosil qilish uchun predmetning yuqoridagi usullar bilan aniqlangan umumiy va individual belgilarining muhimlari ajratilishi, nomuhimlari chetlashtirilishi lozim. Bu esa abstraksiyalash yordamida amalga oshiriladi.

Umumlashtirishda predmetlar ularning ayrim umumiy, muhim xususiyatlariga ko‘ra sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa bitta tushunchada bir jinsli predmetlarning barchasini fikr qilish imkoniyati yaratiladi.

Tushunchaning mazmunini unda fikr qilinayotgan predmetning muhim belgilari yig‘indisi tashkil etadi. Tushunchaning hajmi esa unda fikr qilinayotgan predmetlar yig‘indisidan iborat. Masalan, yuqorida misol qilib keltirilgan «fan» tushunchasining hajmi mavjud barcha fanlarni: matematika, fizika, mantiq va hokazolarni o‘zida qamrab oladi.

Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bog‘liq bo‘lib, u tushunchaning mazmuni va hajmi o‘rtasidagi teskari nisbat qonuni yordamida ifodalanadi. Bu qonunga muvofiq tushunchaning hajmi kengaytirilsa, mazmuni torayadi va aksincha hajmi toraytirilsa, mazmuni kengayadi.

Taqqoslanadigan tushunchalar umumiy belgilarga ega bo‘lgan, mazmuni va hajmi jixatidan bir-biriga yaqin turgan tushunchalardir. Masalan, «Metallurg» va «Ishchi» tushunchalari ana shunday taqqoslanadigan tushunchalar hisoblanadi.

Taqqoslanmaydigan tushunchalar esa, bir-biri bilan uzoq aloqada bo‘lgan, ko‘p hollarda moddiy yoki ideal bo‘lishdan boshqa umumiy belgiga ega bo‘lmagan predmetlarni aks ettiruvchi tushunchalardir. «Ijtimoiy progress» va «Zuhro yulduzi», «Ideal gaz» va «Go‘zallik» tushunchalari taqqoslanmaydigan tushunchalar deb hisoblanadi. Mantiqda taqqoslanmaydigan tushunchalar o‘rtasidagi mantiqiy munosabatlar o‘rganilmaydi. Taqqoslanadigan tushunchalar esa hajm jihatidan sig‘ishadigan va sig‘ishmaydigan bo‘ladi.

Sig‘ishadigan tushunchalarning hajmi bir-biriga butunlay, to‘laligicha yoki qisman mos keladi. Ular o‘rtasida uch xil munosabat mavjud: moslik, qisman moslik va bo‘ysunish. Moslik munosabatidagi tushunchalar bitta predmetni (predmetlar sinfini) aks ettiruvchi tushunchalar bo‘lib, ular bir-biridan faqat mazmuni bilangina farq qiladi. Masalan,

«I.A. Karimov», «O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti» tushunchalari xuddi shu munosabatda mavjuddir. Buni quyidagi sxema yordamida ko‘rsatish mumkin.

A-I.A. Karimov.

B-O‘zbekiston Respublikasi, birinchi Prezidenti.

Qisman moslik munosabatidagi tushunchalarning hajmi qisman umumiylikka ega. Masalan:

A-Sportchi.

B-Talaba.

Doiralarning shtrixlangan qismi bir vaqtningn o‘zida ham sportchi, ham talaba bo‘lganlarni bildiradi.

Bo‘ysunish munosabatida tushunchalardan birining hajmi ikkinchisining hajmiga to‘liq kirib, uni tashkil qiluvchi qism hisoblanadi. Masalan:

A-Fan.


B-Mantiq.

Sig‘ishmaydigan tushunchalar hajmi jixatidan umumiylikka ega bo‘lmagan tushunchalar hisoblanib, bir sinfga kiruvchi har xil predmetlarni yoki predmetlar guruhini aks ettiradi. Ularning umumiyligi faqat ana shunda. Bu tushunchalar o‘rtasida ham uch xil munosabat bor: birga bo‘ysunish, qarama-qarshilik, zidlik.

Birga bo‘ysunish munosabati quyidagi tushunchalar o‘rtasida mavjuddir.

A-Fan.

B-Mantiq.



C-Fizika.

Bunda «Mantiq» va «Fizika» tushunchalari hajmlari jihatidan birgalikda «Fan» tushunchasining hajmiga bo‘ysunadi.

Qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalarning hajmlari bir-birini istisno qiladi. Ular predmetning (predmetlar guruhining) qarama-qarshi belgilarini aks ettiradi, ya’ni biri predmetning ma’lum bir belgisini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiluvchi boshqa belgini aks ettiradi. Qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalar o‘zlari bo‘ysunadigan tushunchaning hajmini to‘liq egallay olmaydi.

Masalan, «Baland bo‘yli odam» va «Past bo‘yli odam» tushunchalari «Odam» tushunchasining hajmini to‘liq qoplay olmaydi.

A-Odam.

B-Baland bo‘yli odam.



C-Past bo‘yli odam.

Zidlik munosabatidagi tushunchalardan biri predmetning birorta xususiyatini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiladi va mazmun jihatidan noaniq bo‘lib qoladi. Zidlik munosabatidagi tushunchalar, qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalardan farqli o‘laroq, bo‘ysundiruvchi tushunchaning hajmini to‘liq qoplaydi. Masalan,

A-Odam.

B-Baland bo‘yli odam,



C-Baland bo‘yli emas odam.

   Chegaralash shunday mantiqiy amalki, bunda hajmi kengroq bo’lgan jins tushunchalardan hajmi torroq bo’lgan tur tushunchalarga tomon borish davomida tushunchalar mazmuniga yangi – yangi tur belgilar qo’shiladi. Tushunchani chegaralash tushunchani hajm jihatidan kichraytirish yo’li bilan uning mazmunini boyitish usulidir. Buni quyidagi sxema yordamia ko’rish mumkin.   Masalan,



A – mavjuot

D - bug’doy

B - tirik mavjuot

E - kuzgi bug’doy

C - o’simlik

F - “Ulug’bek” navi

Umumlashtirish shunay mantiqiy amalki, bunda tushunchalar hajmini kengaytirish yuli bilan tur tushunchalar mazmunidan tur belgilari tushirila boradi. Umumlashtirishda tushuncha mazmuni borgan sari sayozlashadi, yaxlitlashadi, mavhumlashadi. Natijada tushunchalik haqiqatlilik darajasi pasayadi. Umumlashtirish ham xuddi chegaralash amali kabi cheksiz emas. Umumlashtirishning chekli kategoriyalaridir. Umumlashtirishga misol keltiramiz:

A - “Ulug’bek” navi

D - o’simlik

B - kuzgi bug’doy

E - tirik mavjudot

C - bug’doy

F – mavjudot

Bu o’rinda shu narsani maxsus izohlab o’tish lozimki, odata bilimlarimiz doimo haqiqatga chuqurroq kirib borishga intiladi.

Tushunchaning turlarini sanab o’tish yuli bilan uning hajmini aniqlashga xizmat qiladigan mantiqiy amal tushunchani bo’lish deyiladi.

Bo’lish amalida bo’linmalar ko’p bo’lishi ham mumkin. Bu bo’linuvchi tushunchaning hajmini tashkil qiluvchi tushunchalar miqdoriga bog’liq.

 Faqat bilishni osonlashtirish maqsadida ulardan bir nechtasi sanab o’tiladi.

A – o’simlik

B - bir yillik o’simlik                                      

C- ikki yillik o’simlik

D - ko’p yillik o’simlik


Download 154.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling