1. Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari


Download 154.14 Kb.
bet5/9
Sana19.06.2020
Hajmi154.14 Kb.
#120441
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Falsafa


 

Yuqoridagi sxemani misollar bilan ko‘rib chiqamiz.

1. A Hamma tirik mavjudotlar sezish xususiyatiga ega.

A. Sezish xususiyatiga ega bo‘lganlarning hammasi tirik mavjudotdir.

 

2. E. Hech bir hasis sahiy emas.



E. Hech bir sahiy hasis emas.

 

3. I Ba’zi faylasuflar tabiatshunosdir.



I. Ba’zi tabiatshunoslar faylasuflardir.

 

4. A. Hamma vrachlar oliy ma’lumotlidir.



I. Ba’zi oliy ma’lumotlilar vrachlardir.

 

5. I. Ba’zi odamlar shoirdir.



Hamma shoirlar odamdir.

Juz’iy inkor mulohazadan (O) almashtirish usuli bilan xulosa chiqarib bo‘lmaydi, chunki bu mulohazaning predikati to‘liq hajmda olingan. Demak, u xulosada ham to‘liq hajmda olinishi kerak, ya’ni xulosa umumiy inkor mulohaza (E) bo‘lishi kerak. U holda xulosaning predikati ham to‘liq hajmda olinishi kerak bo‘ladi, bu esa mumkin emas, chunki u asosning sub’ektida to‘liq hajmda olinmagan. Masalan:



O. Ba’zi faylasuflar mantiqshunos emas.

E. Hech bir mantiqshunos faylasuf emas.

yoki

O. Ba’zi mantiqshunoslar faylasuf emas.



Har ikki holatda ham xulosa noto‘g‘ridir.

Demak, almashtirish usuli qo‘llanilganda mulohazadagi subekt va predikat hajmi aniqlanadi va shu asosda mulohazadagi terminlarning o‘rni almashtirilib, xulosa chiqariladi. Bu usul, ayniqsa, tushunchaga berilgan ta’riflarning to‘g‘riligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.



III. Predikatga qarama-qarshi qo‘yish (lot. contrapositio) bevosita xulosa chiqarishning mantiqiy usullaridan biri bo‘lib, bu usul qo‘llanilganda berilgan mulohaza avval aylantiriladi, so‘ngra almashtiriladi. Natijada hosil qilingan mulohazaning (xulosaning) sub’ekti asos mulohaza predikatiga zid, predikati esa uning sub’ektiga mos bo‘ladi:

Bunda xulosada S ning inkor shaklida bo‘lishi xulosa bog‘lovchisining inkor etilishi natijasidir. Predikatga qarama-qarshi qo‘yishda A-E ga, E-I ga, 0-I ga o‘zgaradi

Turli mulohazalardan bu usul vositasida xulosa chiqarish quyidagi sxemada ko‘rsatilgan:

 

Xulosa asosi


Xulosa

Hamma S-P

Hech bir P emas S emas

Hech bir S-P emas

Ba’zi R emas S dir

Ba’zi S-P emas

Ba’zi P emas S dir

 

Masalan,


1. A. Hamma mulohazalar darak gap orqali ifodalanadi.

E. Darak gap orqali ifodalanmagan fikr mulohaza emas.

 

2. E. Hech bir vatanparvar o‘z Vataniga xiyonat qilmaydi.



I. Ba’zi Vataniga hiyonat qilmaydiganlar vatanparvardir.

 

3. O. Ba’zi talabalar faylasuf emas.



I. Ba’zi faylasuf bo‘lmaganlar talabadir.

 

Oddiy qat’iy sillogizm.

Ma’lumki, deduktiv xulosa chiqarish aslida sillogizm shaklida bo‘ladi. Sillogizm qo‘shib hisoblash, degan ma’noni anglatadi. Bu termindan mantiqda, odatda, deduktiv xulosa chiqarishning ko‘proq ishlatiladigan turi hisoblangan oddiy qat’iy sillogizmni ifoda qilish uchun foydalaniladi. Sillogizm xulosa chiqarishning shunday shakliki, unda o‘zaro mantiqiy bog‘langan ikki qat’iy mulohazadan uchinchi-yangi qat’iy mulohaza zaruriy tarzda kelib chiqadi. Bunda dastlabki mulohazalardan biri albatta yo umumiy tasdiq yoki umumiy inkor mulohaza bo‘ladi. Hosil qilingan yangi mulohaza dastlabki mulohazalardan umumiyroq bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra sillogizmni umumiylikka asoslangan xulosa chiqarish, deb atasa bo‘ladi. Masalan, quyidagi mulohazalar berilgan bo‘lsin:

Hech bir xasis saxiy emas.

Ba’zi boylar xasisdir.

Bu mulohazalardan zaruriy ravishda - «Ba’zi boylar saxiy emas», degan uchinchi mulohaza kelib chiqadi. Sillogizmning tarkibi oddiy qat’iy mulohazalardan tashkil topgani uchun u oddiy qat’iy sillogizm deyiladi.



Sillogizmning tarkibi xulosa asoslari (praemissae) va xulosa (conslusio) dan tashkil topgan. Xulosa asoslari va xulosadagi tushunchalar terminlar deb ataladi. Xulosaning mantiqiy egasi – S - kichik termin (terminus minor), mantiqiy kesimi – R - katta termin (terminus major) deb ataladi. Xulosa asoslari uchun umumiy bo‘lgan, lekin xulosada uchramaydigan tushuncha – M - (terminus medius) o‘rta termin deb ataladi. Asoslarda katta terminni o‘z ichiga olgan mulohaza katta asos, kichik terminni o‘z ichiga olgan mulohaza kichik asos deb ataladi.

Terminlarning katta yoki kichik deb atalishi ular ifodalagan tushunchalarning hajmiga bog‘liq. Terminlar o‘rtasidagi munosabatni doiralar yordamida quyidagicha ifodalash mumkin.

S - kichik termin.

M - o‘rta termin.

R - katta termin.

 

 



 

O‘rta termin katta va kichik terminni mantiqiy bog‘lovchi element hisoblanadi.



Sillogizm aksiomasi.

Aksiomalar isbotsiz chin deb qabul qilingan nazariy mulohazalar bo‘lib, ular vositasida boshqa fikr va mulohazalar asoslab beriladi. Sillogizmning aksiomasi xulosalashning mantiqiy asoslanganligini ifodalaydi. Sillogizm aksiomasini terminlarning hajmiga yoki mazmuniga ko‘ra, ya’ni atributiv ta’riflash mumkin.

Sillogizm xulosasining asoslardan zaruriy keltirib chiqarilishi quyidagi qoidaga asoslanadi: «agar bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bo‘lsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumning ichida bo‘lsa, unda birinchi buyum ham uchinchi buyumning ichida joylashgan bo‘ladi» yoki «bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bo‘lsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumdan tashqarida bo‘lsa, unda birinchi buyum ham uchinchi buyumdan tashqarida joylashgan bo‘ladi». Bu qoidani quyidagi sxemalar yordamida yaqqol ifodalash mumkin.










 

 

 



 

 

Bu qoida sillogizm aksiomasining mohiyatini terminlarning hajmi munosabatlari asosida tushuntirib beradi. Sillogizm aksiomaning mohiyati quyidagicha: buyum va hodisalarning sinfi to‘g‘risida tasdiqlab yoki inkor etib bayon qilingan fikr shu sinf ichiga kiruvchi barcha buyum va hodisalarning har biri yoki ayrim qismiga ham taalluqli bo‘lgan tasdiq yoki inkor fikr hisoblanadi.



Masalan:

Tafakkur shakllari ob’ektiv xarakterga ega.

Tushuncha tafakkur shaklidir.

Tushuncha ob’ektiv xarakterga ega.

Sillogizm aksiomasini atributiv ifodalaganda predmet bilan uning belgisi o‘rtasidagi munosabatga asoslaniladi: biror buyum, hodisa belgisining belgisi, shu buyum hodisaning belgisidir; buyum, hodisa belgisiga zid bo‘lgan narsalar buyum, hodisaning o‘ziga ham ziddir.

Sillogizm aksiomalarida fikr shakli va mazmuni o‘zaro uzluksiz, ob’ektiv bog‘langan bir butunning ayrim tomonlarini ifodalaydi. Bu bir tomondan, hamma umumiylikka xususiylik, juz’iylik va yakkalik xos ekanligini va har bir yakkalik, juz’iylik, xususiylik umumiylik xislatiga ega bo‘lishini ifodalasa, ikkinchi tomondan, buyum va belgining o‘zaro uzviy bog‘langanligini, ya’ni buyumlar jinsi ayrim o‘ziga xos belgiga ega bo‘lsa, albatta, bu belgi shu jinsdagi hamma buyumlar uchun ham xos belgi bo‘lishini ifodalaydi. Bular esa o‘z navbatida yakkalik va umumiylik o‘rtasidagi, miqdor va sifat o‘rtasidagi dialektik aloqadorlikning tafakkur jarayonida o‘ziga xos namoyon bo‘lishidir.



Induktiv xulosa chiqarishi

Biz avvalgi mavzuda zaruriy xulosa chiqarish bilan (deduktiv xulosa chiqarish asosida) tanishib chiqqan edik. Mantiqda ehtimoliy xulosa chiqarish ham o‘rganiladi.

Ehtimoliy xulosa chiqarish turli hil shakllarda, shu jumladan, induktiv xulosa chiqarish shaklida amalga oshishi mumkin. Ularning barchasiga xos xususiyat – xulosaning asoslardan mantiqan zaruriy ravishda kelib chiqmasligi hamda faqat ma’lum bir darajada tasdiqlanishidir. Asoslarning xulosani tasdiqlash darajasi mantiqiy ehtimollik, deb nom olgan.

Induktiv xulosa chiqarishda yakkalik, juz’iylik va umumiylikning dialektik aloqasini kuzatamiz. Ayrim faktlarni ifodalaydigan, juz’iy xarakterga ega bo‘lgan bilimlar umumiy bilimlarni hosil qilish uchun mantiqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Tajriba (eksperiment) hodisalarni o‘rganishning murakkabroq usuli bo‘lib, u bilish ob’ektiga ma’lum bir tarzda ta’sir o‘tkazishni taqozo etadi. Tajriba, albatta, avvaldan tuzilgan reja asosida, maxsus yaratilgan sharoitda, zarur asbob-uskunalardan foydalangan, kerakli mantiqiy usullarni qo‘llagan holda o‘tkaziladi.

Tajriba bilish jarayonida quyidagi qulayliklarni yaratishga imkon beradi.


  1. O‘rganiladigan (tajriba o‘tkaziladigan) predmetlar doirasini tadqiqotchi ixtiyoriy ravishda kengaytirishi yoki toraytirishi mumkin;

  2. Bilish ob’ektini «toza» holda, ya’ni boshqa ob’ektlar ta’siridan «ajratib» qo‘ygan holda yoki ular bilan birga bo‘lgan o‘zaro ta’sirida olib o‘rganish mumkin;

  3. Bilish ob’ektiga ta’sir etuvchi holatlarni ixtiyoriy tarzda o‘zgartirib turish mumkin;

  4. O‘tkazitlayotgan tajribani tezlashtirish yoki sekinlashtirish mumkin;

  5. Natijaning chinligiga ishonch hosil qilish uchun tajribani zarur bo‘lgan miqdorda takrorlash mumkin.

Ilmiy induksiya ehtimoliy xulosa chiqarishning shunday turiki, uning asoslarida birorta belgining bir sinfga mansub predmetlarning bir qanchasida takrorlanishi qayd etilishi bilan bir qatorda, u belgining sababiy aloqasi xaqida ham ma’lumot mujassamlashgan bo‘ladi va ular xulosada berilgan predmetlar sinfiga nisbatan hosil qilingan fikrda o‘z aksini topadi.

Analogiya (grek. - moslik, o‘xshashlik) bavosita xulosa chiqarishning bir turidir. Deduktiv xulosa chiqarishda fikr umumiylikdan xususiylikka qarab, induksiyada xususiylikdan umumiylikka qarab harakatlansa, analogiyada esa bir xususiy holatdan boshqa xususiy holatga qarab harakatlanadi.

Bunda xulosa chiqarish quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

Qush tirik mavjudot, uning qanoti bor, u uchadi.

Inson ham tirik mavjudot, uning qanoti yo‘q, u uchmaydi.

Insonning ham qanoti bo‘lsa, u, ehtimol uchadi.



4. Argumentlash va bilimlar taraqqiyotiniig mantiqiy shakllari

Dalillash jarayonida retsipientlarga (lot - qabul qiluvchi) – tinglovchilarga biror fikrning to‘g‘ri yoki xatoligi asoslab beriladi va ularda shu fikrga nisbatan ishonch tuyg‘usi shakllantiriladi. Dalillovchi shaxsning so‘z san’atini qay darajada egallaganligi, ya’ni notiqlik mahorati tinglovchilarda ishonch-e’tiqodning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi.

Faktlar va boshqa dalillarga tayanib yuritiladigan fikr yuksak ishontirish kuchiga ega bo‘ladi, kishilarda ishonch-e’tiqodni shakllantiradi. Bilishning maqsadi ilmiy asosga ega bo‘lgan e’tiqodni yaratishdan iborat. Dalillash va isbotlash ishonch-e’tiqodni shakllantirish vositasidir.

Ishonch-e’tiqod bu kishilarning xulq-atvori va hatti-harakatlarini belgilab beradigan qarashlari va tasavvurlaridir.

Fikrning chinligini tasdiqlash uchun uni hodisaning (faktning) o‘zi bilan solishtirish mumkin. Lekin ko‘p hollarda bilish jarayonida natijalarining chinligi ularni ilgari vujudga kelgan bilimlar bilan bog‘lash orqali aniqlanadi. Buni amalga oshirishning mantiqiy usuli isbotlashdir.

Isbotlash bir hukmning chinligini u bilan bog‘langan boshqa chin hukmlar yordamida asoslashdan iborat bo‘lgan mantiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, argumentlar (asoslar), isbotlash usuli-demonstratsiya.

Tezis-chinligi asoslanishi lozim bo‘lgan hukm, u isbotlashning markaziy figurasi hisoblanadi; butun diqqat-e’tibor uning chinligini ko‘rsatishga qaratiladi. Tezis bir mulohazaning o‘zidan, yoki mulohazalar tizimidan, yoki teoremalardan, yoki aniq faktlarni umumlashtirish natijalaridan yoki hodisalarning sababini ko‘rsatuvchi mulohazalardan va shu kabilardan iborat bo‘ladi.

Argumentlar-tezisning chinligini asoslash uchun keltirilgan hukmlar. Argumentlar bo‘lib faktlarni qayd qiluvchi hukmlar, ta’riflar, aksiomalar, teoremalar, qonunlar hamda boshqa empirik va nazariy umumlashmalar xizmat qiladi. Argument sifatida keltirilgan faktlar, albatta, o‘zaro bog‘langan va tezisning mohiyatiga aloqador bo‘lishi lozim.

Ta’riflar ham chin hukmlar bo‘lib, ulardan argument sifatida foydalanish mumkin. Masalan, «Harakat - bu har qanday o‘zgarishdan iborat» degan ta’rif-chin hukmdir.

Aksiomalar chinligi o‘z-o‘zidan ravshan bo‘lgan, isbotlashni talab qilmaydigan fikrlardir. Inson tajribasida ko‘p martalab takrorlanganligi uchun ham ularni isbotlash zarur emas.

Teoremalar va qonunlarning chinligi isbotlangan bo‘ladi, ularni hech ikkilanmasdan argument qilib olish mumkin.

Isbotlash usuli-demonstratsiya tezis bilan argumentlar o‘rtasidagi mantiqiy aloqadan iborat. U xulosa chiqarish shaklida bo‘ladi, ya’ni tezis argumentlardan xulosa sifatida mantiqan keltirib chiqariladi.

Raddiya-isbotni buzishga qaratilgan mantiqiy amaldir.

Birorta fikrning chinligini rad etish unga zid bo‘lgan fikrning xatoligini ko‘rsatishdan iborat bo‘lganligi uchun, raddiyani isbotlashning xususiy ko‘rinishi, deb hisoblash mumkin. Raddiya ham isbotlash kabi tezis (rad qilinishi lozim bo‘lgan hukm), argumentlar (tezisni rad qiluvchi hukmlar) va demonstratsiyadan (rad etish usuli) dan tashkil topgan bo‘ladi. Raddiya birorta masalani muhokama qilish ya’ni bahs, munozara jarayonida uchraydi. Bahs qatnashchilaridan biri ma’lum bir tezisni ilgari surib, uni himoya qilsa (proponent), boshqasi unga qarshi chiqadi (opponent). Hal qilinmagan, munozarali masalalar bo‘yicha olib boriladigan bahslar polemika hisoblanib, unda qarama-qarshi tezislar asoslanibgina qolmay, balki tanqidiy analiz ham qilinadi.



Ilmiy muammoni qo‘yish va hal qilish.

Muammoli vaziyatni tahlil qilish yangi muammoni qo‘yishga olib keladi.



Muammo - javobi bevosita mavjud bilimda bo‘lmagan va echish usuli noma’lum bo‘lgan savoldir.

Ilmiy muammo, odatda, ma’lum bir nazariya doirasida vujudga keladi (Nazariya haqida ma’ruzaning oxirida kengroq ma’lumot beriladi).

Nazariya keyinchalik ilgari surilishi mumkin bo‘lgan muammoni umumiy holda belgilashga va uni to‘g‘ri tanlashga yordam beradi. Shuningdek, har bir muammo ma’lum bir nazariya yordamida hal qilinadi. Ba’zi hollarda esa, muammo mavjud nazariyani modifikatsiya qilishni, muammoni echishga moslashtirishni talab qiladi.

Muammoni echish uchun dastlabki tayyorgarlik ishlari qilinadi. Ular quyidagilardan iborat:

a) mavjud nazariyalar doirasida tushuntirib bo‘lmaydigan fakt va hodisalarni aniqlash;

b) muammoni hal qilish g‘oyalari va metodlarini tahlil qilish va ularga baho berish;

v) muammoni hal qilish tipini, maqsadini, olingan natijani tekshirish yo‘llarini belgilash;

g) muammoning negizi bilan uni echish uchun ilgari surilgan g‘oyalar o‘rtasidagi aloqaning xususiyatlarini ko‘rsatish.

Bu dastlabki ishlar amalga oshirilib bo‘lgandan keyin muammoni echishga bevosita kirishiladi.

Gipoteza-o‘rganilayotgan hodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli taxmin tarzidagi bilim shaklidir.

Gipotezani, avvalambor, bilimlarning mavjud bo‘lim shakli sifatida olib qarash zarur. Chin, ishonchli bilimlar hosil bo‘lgunga qadar qo‘yilgan muammolar, masalalar haqidagi fikr-mulohazalar kuzatish, eksperiment natijalarini tahlil qilish va umumlashtirishga asoslangan bo‘lib, ular turli xil taxminlar, farazlar shaklida quriladi va mavjud bo‘ladi.



Umumiy gipoteza deb tabiat, jamiyat, bilish hodisalarining qonuniyatlari haqida bildirilgan asosli taxminga aytiladi. Bunga misol qilib neftning kelib chiqishining organik va noorganik tabiati haqidagi gipotezalarni, Erda hayotning paydo bo‘lishi, ongning kelib chiqishi, ijtimoiy progress haqidagi farazlarni ko‘rsatish mumkin. Umumiy gipotezalar borliqning muhim qonuniyatlarini ochishga imkon bergani uchun, ilmiy nazariyani «qurish materiallari», deb hisoblanadi. Isbotlangach, bunday gipotezalar nazariyalarga aylanadilar va ilmiy tadqiqotlarning strategik yo‘nalishlarini belgilab beradilar.

Juz’iy (xususiy) gipoteza ayrim faktlar, konkret predmet va hodisalarning kelib chiqishi, xususiyatlari haqidagi bildirilgan asosli taxminiy fikrdan iborat.

Ishchi gipoteza – tadqiqotning dastlabki bosqichida ilgari suriladigan taxmin bo‘lib, o‘z oldiga o‘rganilayotgan hodisaning sababini aniqlashni maqsad qilib qo‘ymaydi; u faqat kuzatish va eksperiment natijalarini tasvirlashga, tartibga solishga yordam beradi.

Nazariya-ma’lum bir predmet sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, gipotezalar, g‘oyalarni sistemaga solib, u haqida yaxlit tasavvur hosil qiladigan, yangi fundamental umumlashmalar yaratishga olib keladigan, shu sohadagi hodisalarni tushuntirish, oldindan ko‘rish imkonini beradigan ishonchli bilimdan iborat.

Ilmiy nazariya quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi: 1) empirik asos: nazariyaga aloqador faktlar, ularga mantiqiy ishlov berish natijalari; 2) boshlang‘ich nazariy asos: nazariyaning asosiy tushunchalari, postulatlari (aksiomalari), fundamental qonunlar (prinsiplar); 3) nazariyaning mantiqiy apparati: tushunchalarni hosil qilish va ta’riflash qoidalari, xulosa chiqarish (isbotlash) qoidalari; 4) olingan natijalar (xulosalar).

Inson dunyoqarashini kengaytiruvchi va chuqurlashtiruvchi eng asosiy vositalardan biri — savol-javob (dialog)dir. Savol-javobni tashkil eta bilish insonda voqelikka mos (adekvat) tushunchalarning shakllanishiga, mulohazalarini to'g'ri qurishga va xulosa chiqarishga o'rgatadi.

 Savol-javob, dialog erotematik (grek. yerotematikos — savol shaklida) mantiqda o'rganiladi. Savol mantiqiy reallikning o'ziga xos alohida ko'rinishidir. Savol berish, ya'ni fikrni to'g'ri javobga yo'naltirish san'ati — tafakkurlash madaniyatining zaruriy elementidir. Mantiqan to'g'ri savollarni qo'ya bilish aqllilik, farosatlilikning muhim belgisidir. Savol nima? Savol — keng ma'noda tafakkur shakli bo'lib, uning yordamida qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun ma'lum turdagi bilimlarning yetishmaslik (tanqislik) holati tilda ifodalanadi . Inson bilimi predmet va hodisal#r haqida avvalgi hosil qilingan mulohazalardan yangi, ularni to'ldiradigan, kengaytiradigan mulohazalarni yaratishga qarab taraqqiy etib boradi. Bu jarayon ma'lum bir savollarni qo'yish va ularga javob qidirish tarzida sodir bo'ladi. Savol so'roq gap yordamida ifoda qilingani uchun, undagi ma'lumot yakunlanmagan bo'ladi. Mulohaza va so'roq gap bilishda turlicha vazifalarni bajaradi. Mulohazaning vazifasi predmet haqidagi mavjud bilimlarni qayd qilishdan iborat bo'lsa, savol uning yangi xususiyatlari, aloqalarini qidirib topishga, aniqlashga, o'rganishga qaratilgan bo'ladi. Savollar iltimos yoki talab qilib beriladi. Demak, savol avvaldan ma'lum bo'lgan axborot asosida qo'shimcha axborot olish uchun iltimos yoki talabni ifodalovchi nutq shaklidir. Savolda ma'lum bir boshlang'ich bilim mujassamlangan bo'ladi, ya'ni savol berish uchun ma'lum bilimga ega bo'lish talab qilinadi. Savol va javob insonlarning dialog ko'rinishidagi muloqot shaklidir. Uning muhim funksiyalaridan biri kommunikativlikdir. Axborotni qidirish vositasi sifatida ham savolning ahamiyati beqiyosdir. Savol bo'lmasa bilish ham bo'lmaydi. Lingvistikadan yaxshi ma'lumki, gapning har bir bo'lagiga nisbatan va umuman gapning o'ziga nisbatan savol berish mumkin. Masalan, «Professor Aklarov 314-auditoriyada fizikadan 3-kurs talabalariga ma'ruza o'qiydi». Ushbu gap bo'yicha 9ta savol tuzish mumkin. Mantiqda savollarning tasnifi lingvistik tasnifdan farq qiladi. Savollarni chin yoki yolg'on deb tasniflash mumkin emas. Buning uchun ko'proq o'rinli-o'rinsiz, ma'noli-ma'nosiz, to'g'ri-noto'g'ri, to'liqto'liqsiz kabi tasniflardan foydalaniladi.

Mantiqda savollar har xil asoslarga ko'ra bir qancha turlarga bo'linadi:

1. Oddiy va murakkab savollar. Tarkibida boshqa savol bo'lmasa, oddiy savol, bo'lsa — murakkab savol deb yuritiladi. Murakkab savollar o'z navbatida qo'shuvchi, ayiruvchi, shartli turlarga bo'linadi. Masalan, Konsertda G'.Yoqubov bilan O.Nazarbekov ham ishtirok etdimi? Xatiga javob yozdingmi yoki yozmadingmi? Agar aytganingni qilsam, shartimga rozi bo'lasanmi?

 2. Aniqlovchi va to'ldiruvchi savollar. Masalan, «Sen o'qishni bilasanmi?» degan savol aniqlovchi, «Sen qaysi qo'shiqni kuylamoqchisan?» degan savol to'ldiruvchi savoldir.



3. Mantiqan o'rinli va mantiqan o'rinsiz qo'yilgan savollar. Bitta bo'lsa ham to'g'ri javob bersa bo'ladigan savol mantiqan o'rinli savoldir. Bema'niligi tufayli javobsiz qolgan savol o'rinsiz savoldir. :

4. Ilmiy va ilmiy bo'lmagan savollar. Ilmiy savollarning remasida, ma'lum bir kontekstda empirik yoki abstrakt obyektlarning sinfini ifodalovchi, hech bo'lmaganda bitta ilmiy termin bo'ladi. Ilmiy bo'lmagan savollarda bunday termin bo'lmaydi.

 Har qanday savolda axborotni aniqlashga qaratilgan element mavjud bo'lib uni tekshirish, baholash va faollashtirish kerak bo'ladi. Savollarni bilib tanlash, tuzish va muayyan tartibda berish orqali muammoni hal qilish uchun yordam beruvchi sharoitni tug'dirish va yechimini tezroq aniqlashga imkoniyat yaratiladi



Javob — qo'yilgan savolga muvofiq holda avvalgi bilimni aniqlashtiradigan, to'ldiradigan yangi mulohazadan iborat. U savolning asosini tashkil etuvchi bilimga tayanilgan holda yangi bilim olishga imkon beradi. Javob savolda mavjud bo'lgan  noaniqlikni kamaytirish uchun xizmat qiladi. Inson o'zining shaxsiy tajribasiga, olgan bilimlariga, dunyoqarashiga mos holda savolga javob qidiradi. Ular yetarli bo'lmasa, bilimnihg konkret sohalariga, turli manbalarga murojaat qiladi. Ular javobni qidirish sohasi, deb ataladi. Mantiqda javobning bir qancha turlari ajratiladi:

1. Bevosita (aynan so'ralgan savolga javob berish) va bilvosita javoblar (so'ralgan savolga taalluqli boshqa ma'lumotlarni qo'shib javob berish).

2. To'liq (savolning barcha elementlari haqida ma'lumotlar berilgan) va to'liqsiz (savolning ba'zi elementlari haqida ma'lumotlar berilmagan) javoblar.

3. Chin (voqelikni adekvat aks ettirgan) va xato (voqelikni adekvat aks ettirmagan) javoblar.

4. Qisqa (ha, yo'q, bilmadim) va batafsil (savolning har bir elementi takrorlanadigan) javoblar.

5. Aniq (tushunchalar, so'zlarning mazmuni va ma'nosi konkret va ravshan bo'lgan) va noaniq (ikki xil ma'noli tushunchalar, so'zlar ishlatilgan) javoblar.



Savol va javobga qo'yiladigan umumiy talablar:

— savol ham javob ham grammatik jihatdan to'g'ri qurilgan bo'lishi;

savol ham javob ham aniq, ravshan va iloji boricha ixcham bo'lishi;

— savol ham javob ham yetarli darajada asoslangan bo'lishi zarur.

Yuqoridagi ko'rsatmalar bilim olish, shaxsiy va ijtimoiy munosabatlarni to'g'ri tashkil qilish uchun muloqot olib borishda nihoyatda ahamiyatlidir. Tayanch tushunchalar: argumentlash, tezis, asos-dalil, isbotlash, rad etish, tanqid, argumentlashning strategiyasi, argumentlashning taktikasi, paralogizm, sofizm, paradoks, kommunikativ model, proponent, opponent, muammo, savol, javob, muammoli vaziyat, muammoni qo'yish, muammoni hal etish, gipoteza, ishchi gipoteza, nazariya.

“Etika”_fanining_predmeti,_mohiyati_va_tuzilmasi.'>1. “Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi.

 Axloqshunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo`lgan qadimiy fan. U bizda “Ilmi ravish”, “Ilmi axloq”, “Axloq ilmi”, “Odobnoma” singari nomlar bilan atab kelingan. G`arbda esa “Axloqshunoslik” “Etika” nomi bilan mashhur. Biz ham yaqin-yaqingacha ushbu atamadan foydalanib kelar edik. “Etika” atamasi yunoncha “ethos” so`zidan olingan bo`lib “odat”, “fe`l”, “fikrlash tarzi” singari ma`nolarni anglatadi.

Uni birinchi bo`lib yunon faylasufi Arastu ilmiy muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasniflar ekan ularni uch guruhga bo`ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga falsafa, matematika va fizikani, ikkinchi guruhga etika va siyosatni, uchinchi guruhga esa san`at, hunarmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi ta`limotni fan darajasiga ko`targanlar va “Etika” deb ataganlar.

Axloqshunoslik - bu axloq nazariyasi bo’lib, kishilarning axloqiy hayotini o’rganadigan, axloqiy hodisalarning o’ziga xos xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradigan eng qadimgi insonshunoslik fanlaridan biridir. U o’z predmetini ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas aloqadorlikda tadqiq etar ekan, faqat axloqning paydo bo’lishi va tarixiy taraqqiyot qonuniyatlarini, funksiyalarini aniqlash bilangina cheklanib qolmay, balki ayni paytda axloqning ijtimoiy mohiyatini, kishilarning yurish turishini, axloqan tartibga solish qonunlarini va u orqali ijtimoiy jarayonlarni o’rganish bilan shug`ullanadi.

 “Axloq” so`zi arabchadan olingan bo`lib, “xulq” so`zining ko`plik shaklidir. Buyuk jadid mutafakkiri A. Avloniy axloqqa quyidagicha ta`rif beradi; “Insonlarni yaxshilikka chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurg`on kitobni axloq deyilur”[1].

Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo’lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq, keng qamrovli qismini axloq egallaydi

Odob - inson haqida yoqimli taassurot uyg`otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo’lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli hatti-harakatlarni o’z ichiga oladi.

Xulq - oila, jamoa, mahalla-kuy miqyosida ahamiyatli bo’lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydigan yoqimli insoniy hatti-harakatlarning majmui. Axloq esa - jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo’la oladigan ijobiy hatti-harakatlar yig`indisidir.

Axloq – barcha odamlar uchun birdek taalluqli hisoblangan, ijtimoiy talablar hamda ehtiyojlarning munosabatlar shaklidagi ko`rinishidan iborat bo`lgan, insonga berilgan ixtiyor erkinligining xatti-harakatlar jarayonida ichki iroda kuchi tomonidan oqilona cheklanishini taqozo etuvchi ma`naviy hodisa[2].

Axloq jamiyatda turli funksiyalarni bajaradi, ular orasida quyidagilar eng muhimi hisoblanadi.

-  kishilar orasidagi turli munosabatlarni muvofiqlashtirish;

-  kishilar faoliyatining insonparvar qadriyatlari va mo`ljallarini belgilab berish;

-  shaxsni ijtimoiylashtirish.

Ushbu vazifalarni bajarar ekan, axloq zaruriylk, aqlga muvofiqlik va umuminsoniylik namunalarini namoyish etadi.

Bugungi kunda axloqshunoslik falsafiy fan sifatida uch yo`nalishda ish olib boradi, ya`ni u axloqni: 1) bayon qiladi; 2) tushuntiradi; 3) o`rgatadi. Shunga ko`ra, u tajribaviy-bayoniy, falsafiy-nazariy va mezoniy-me`yoriy tabiatga ega.

Axloqshunoslikning hozirgi kunda umumjahon global muammolarini hal qilishdek muhim vazifasi ham borki bu muammolardan biri “etosfera” – axloqiy muhit davrini yaratish bilan bog`liq. Inson o`zini va o`z sayyorasini muqarrar halokatdan qutqaraman desa etosfera davriga o`tishi kerak.

XXI asrda global etosfera, sayyoramizda etosfera — axloqiy muhitni yaratish dolzarb masalaga aylandi. Ma'lumki, yuzlab asrlar mobaynida inson kichik biologik olam sifatida katta biologik olam ichida, uning bir parchasi, jonli organizmlar podshosi, oqil va hukmron qismi sifatida yashab keldi.

 XIX asrning oxiridan boshlab, ayniqsa XX asrda inson o'z tafakkur quvvati bilan, ilmiy-texnikaviy yuksalishlar tufayli ana shu biosfera ichida noosferani — texnikaviy muhitni yaratdi. Mana, hozirgi kunda, qarang, ertalabdan kechgacha biz o'z texnikaviy kashfiyotlarimiz ichida yashaymiz — yeymiz, ichamiz, yuramiz, uxlaymiz, ularsiz hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Bular metro, avtobus, televizor, radio, telefon, eskalator, pleyer, lift, kompyuter, poyezd, teploxod, gaz plitalari, elektr asboblari, zavodlar, lokatorlar, kimyoviy dori-darmonlar va h.k. Bugun videotelefonda gaplashar ekanmiz, yuzlab chaqirim naridagi suhbatdoshimizni ko'rish va u bilan gaplashish uchun ot-ulovda yoki piyoda boradigan bo'lsak, necha kunlab yo'l bosishimiz kerakligi haqida o'ylab o'tirmaymiz, to'g'rirog'i, bu esimizga ham kelmaydi. Chunki texnika bizning yashash muhitimizga aylanib qolgan.

Faqat bugina etnas. Inson endilikda o'zi yashayotgan butun boshli sayyoraga ta'sir ko'rsata boshladi. Yer tarixida inson birinchi marta ulkan geologik kuch bo'lib maydonga chiqdi. Insoniy tafakkur biosferadagi o'zgarishlarning asosiy sababiga aylandi. Noosfera ta'limoti asoschilaridan biri rus olimi Vernadskiy ilmiy tafakkur va inson mehnati ta'siri ostida biosfera yangi holat bo'lmish noosferaga o'tayotganligini, butun geologik davr mobaynida yaratilgan, o'z muvozanatlarida barqarorlashgan biosfera inson ilmiy tafakkuri bosimi ostida tobora kuchliroq va teranroq o'zgarishga kirishganini ta'kidlaydi: «Sayyoramiz yuzi — biosfera inson tomonidan ongli va asosan ongsiz ravishda keskin kimyoviy o'zgarishlarga duchor etilmoqda, — deb yozadi u. — Inson quruqlikning fizikaviy va kimyoviy havo qobig'ini, uning barcha tabiiy  suvlarini  o'zgartirmoqda... Hozir biz biosferadagi yangi geologik evolyutsion o'zgarishlarni boshdan kechiryapmiz.

Biz noosferaga kirib boryapmiz». Bu muammolarning hal etilishi faqat atrof-muhitni kimyoviy zahardan ekologik tozalashnigina emas, balki, eng avvalo, global ma'noda XXI asr kishisi ongini texnokratiya zaharidan forig'lantirishni taqozo etadi. Ya'ni ular insoniyat oldida endilikda ekologik hodisa emas, balki torn ma'nodagi axloqiy muammolar sifatida ko'ndalang bo'lib turibdi. Mashhur avstriyalik etolog olim, Nobel mukofoti laureati Konrad LDorensning: «Yoppasiga va tez yoyilib borayotgan jonli tabiatga begonalashish hodisasi uchun asosan sivilizatsiyamiz kishisidagi estetik va axloqiy to'poslik aybdordir», — degan so'zlari shu nuqtayi nazardan diqqatga sazovordir.

 Yuqorida aytilganlardan chiqadigan xulosa bitta: kelajakda inson o'zini va o'z sayyorasini muqarrar halokatdan qutqaraman desa — XXI asrdan boshlab etosfera davriga o'tishi kerak; axloqiylik har birimiz uchun har qadamda bugungi texnikaviy muhit kabi zaruratga aylangandagina bunga erishish mumkin. Bunda etika fanining o'rni nihoyatda beqiyos.



Download 154.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling