1. Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari


Mulohaza tafakkur shakli sifatida. Mulohazaning kompleks tahlili


Download 154.14 Kb.
bet4/9
Sana19.06.2020
Hajmi154.14 Kb.
#120441
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Falsafa

2. Mulohaza tafakkur shakli sifatida. Mulohazaning kompleks tahlili


2. Mulohaza tafakkur shakli sifatida. Mulohazaning kompleks tahlili

 Narsalar va hodisalarning belgilari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr mulohaza deyiladi.

 Masalan, “O’zbekiston mustaqil davlatdir”; “Hamma mustaqil davlatlar o’z konstitutsiyasiga egadir”; “Inson ongli mavjudotdir”; “Hech bir inson orzu - umidsiz yashamaydi”; “Hech bir jism harakatsiz turmaydi”, desak, narsa va hodisalarning biror xususiyatga ega ekanligini tasdiqlaymiz va inkor etamiz.

Kundalik hayotda, ba’zan, chin bo’lgan fikrlar xato sifatida, aksincha, xato fikrlar chin o’rnida qabul kilinishi mumkin. Fikrning chin yoki xatoligini belgilash uchun maxsus qoidaga amal qilinadi. Bu quyidagicha bo’ladi:

1. Agar A fikrning chinligi isbotlangan bo’lsa, uni chin deb e’tirof etish chin bo’ladi.

2. Agar A fikrning chinligi isbotlangan bo’lsa, uni xato deyish xato bo’ladi.

3. Agar A fikrning xatoligi isbot etilgan bo’lsa, uni chin deyish xato bo’ladi.

4. Agar A fikrning xatoligi isbot etilgan bo’lsa, uni xato deb e’tirof etish chin bo’ladi.



Oddiy mulohazalar va ularning tarkibiy tuzilishi.  Mulohazaning tarkibi - mantiqiy ega (sub’ekt - subjectum), mantiqiy kesim (predikat - Pradicatum) va mantiqiy bog’lovchidan tashkil topadi. Sub’ekt - fikrimiz qaratilgan narsa yoki hodisadir; predikat esa sub’ektga xos bo’lgan xususiyatlarni ko’rsatadi. Mantiqiy bog’lovchi ega bilan kesim o’rtasidagi aloqadorlikni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Mulohazaning sub’ekti lotincha Subektum so’zining birinchi harfi S bilan, predikatni esa lotincha Predikatum so’zining birinchi harfi - P bilan belgilanadi. Mantiqiy bog’lovchi “dir”, “emas” qo’shimchalari yordamida ifodalanadi. Ba’zan bu qo’shimchalar tushib qolishi ham mumkin. Masalan, “o’simlik tirik organizm”. Bunda “dir” qo’shimchasi tushib qolgan bo’lsada “tirik organizm” ekanlik o’simlikka xos bo’lgan xususiyatligi mantiqan anglashiladi.

 Oddiy mulohazalar quyidagi turlarga bo’linadi:

1. Atributiv mulohazalar.

2. Munosabat mulohazalar.

3. Mavjudlik mulohazalar.

Atributiv mulohazalar narsa va hodisaning xususiyatlari haqida ma’lumot ifodalash uchun xizmat qiladigan mulohazadir (attributuo - lotincha xususiyat, belgi ma’nolarini anglatadi). Masalan, “Toshkent go’zal shahar”, “Buxoro qadimiy shahardir”, “Zarifa a’lochi talabadir”.

Munosabat mulohazalardir. Narsa va hodisalar o’rtasidagi munosabatlarni aks ettiruvchi mulohaza munosabat mulohaza deyiladi. Masalan, “A - B ga teng”, “S - D dan kata”, “Shoxrux - Ulug’bekning otasi”, “G’ijduvon Buxoroning shimolida”, “Ibn Sino Beruniyning zamondoshi”, “Issiqlikning oshishi qaynashning sababidir” va hokazo.

 Mavjudlik mulohazalar (ekzistentsial - lotincha existentia so’zidan olingan bo’lib, mavjudlik degan ma’noni ifodalaydi). Ular mulohazada aks etgan narsa va hodisalarning o’zlari mavjud emasliklari faktini aks ettiradi.

 Masalan, “Mulohazalar predikatsiz bo’la olmaydi”, “Buxoroda Minorai Kalon bor”.

Mulohazalarning sifati va miqdori.

 Mulohazalar sifat jihatidan ikki xil - tasdiq va inkor bo’ladilar.



Tasdiq mulohazalarda narsaning biror - bir belgiga ega ekanligi e’tirod etiladi. Masalan, “O’zbekiston ko’plab xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqa bog’lagan”, “Hisobni bilmagan hamyonidan ayriladi”. Bunday mulohazaning formulasi “S - R dir” shaklida yoziladi.

  Inkor mulohazalarda esa narsa va hodisalarning biror belgiga ega ekanligi rad etiladi. Masalan, “Suvsiz hayot bo’lmaydi”, “Mulohaza egasiz bo’lmaydi”, “Osmonda ustun bo’lmaydi” va hokazo. Bu mulohazalar “emas”, “-maydi” kabi qo’shimchalar yordamida hosil qilinadi.

 Mulohazaning miqdori mulohaza aks etgan narsa va hodisalarning qancha ekanligini (Bir mantiqiy sinf tarkibida qancha o’rin egallab turganini) ko’rsatadi.

 Mulohaza miqdor jihatidan uchga bo’linadi:



1. Yakka mulohaza.

2. Juz’iy mulohaza.

3. Umumiy mulohaza.

Yakka mulohazada faqat bir narsa haqida bilim ifodalanadi. Masalan, “Amudaryo Orolga quyiladi”, “Abulqosim Firdavsiy “Shoxnoma” asarining muallifi”, Buning formulasi quyidagicha:

“S - R dir” va

“S - R emasdir”

  Juz’iy mulohazalarda bir mantiqiy sinfga kiruvchi narsa va hodisalarning ma’lum bir qismi haqida fikr bayon qilinadi. Ularning biror belgiga ega ekanliklari tasdiqlanadi yoki inkor etiladi. Masalan, “Kursimizning ko’pchilik talabalari yaxshi o’qiydi”, “Ba’zi odamlar xushyor emas” va hokazo.

 Juz’iy mulohazaning formulasi quyidagicha:

“Ba’zi S - R dir” va

“Ba’zi S - R emas”

Umumiy mulohazalarda ma’lum sinf narsa va hodisalarning hammasi haqida biror fikr tasdiq yoki inkor tarzda aks etadi. Masalan, “Hamma dehqonlar hosilni yig’ib oldilar", "Hech bir talaba imtixon topshirmasdan qolmaydi", "O’zbekistonning barcha fuqarosi qonun oldida tengdir" va hokazo.

Umumiy mulohazalarning formulasi quyidagicha:

"Hamma S - R dir" va

"Hech bir S - R emas".

Shu sababli mulohaza sifat va miqdor jihatidan birlashgan holda tasnif qilinadi. Bu jihatdan mulohazalar 4 turga bo’linadi:

 1. Umumiy tasdiq. Uning formulasi: “Hamma S - R dir”.

 Masalan, “Guruhimizning barcha a’zosi imtihondan muvaffaqqiyatli o’tdi”. A harfi bilan belgilanadi. (A - lotincha, affirmo - "tasdiqlayman" so’zining birinchi unlisidan olingan).

 2. Umumiy inkor. Uning formulasi: “Hech bir S - R emas” (yoki “har qanday S - R emas”).   Masalan, “Hech bir mulohaza sub’ektsiz bo’lmaydi”. Umumiy inkor mulohazalar E harfi bilan belgilanadi (E - lotincha nego – “inkor qilaman” so’zining birinchi unlisidan olingan).

 3. Juz’iy tasdiq. Uning formulasi: “Ba’zi S - R dir”.  Masalan, “Ba’zi talabalar o’qish uchun chet elga bormoqdalar”. Bu mulohazada o’qish uchun chet elga borish talabalar mantiqiy sinfining ayrimlarigagina xos ekanligi ko’rsatilgan. Juz’iy tasdiq mulohazalar | harfi bilan belgilanadi. (I - lotincha, affirmo – “tasdiqlayman” so’zining ikkinchi unlisidan olingan).

 4. Juz’iy inkor. Uning formulasi: “Ba’zi S - R emas”.   Masalan, “Ba’zi jismlar elektr tokini o’tkazmaydi”. Bu misolda elektr tokini o’tkazish belgisi jismlarning ayrimiga tegishli emasligini ko’rsatadi. Juz’iy tasdiq mulohazalar O - harfi bilan belgilanadi (O - lotincha, nego – “inkor qilaman” so’zining ikkinchi unlisidan olingan).

 Simvolik mantiq A, E, I, O mulohazalarni belgilash uchun kvantorlarni, mantiqiy o’zgaruvchilarni, mantiqiy doimiylarni ifodalovchi maxsus vositaga ega.

Murakkab mulohaza va uning turlari.  Murakkab mulohaza deb, mantiqiy bog’lovchi yordamida ikki va undan ortiq oddiy mulohazadan tashkil topgan mulohazalarga aytiladi.

 Murakkab mulohazalar “yo”, “yoki”, “yoxud”, “. . . sa, . . . bo’ladi” kabi bog’lovchilari yordamida hosil qilinadi. Mantiqiy bog’lovchi grammatik bog’lovchidan farq qiladi. Grammatik bog’lovchi oddiy gaplardan murakkab gaplar hosil qilish uchun qo’llaniladi. Biror - bir grammatik bog’lovchini qo’llash oddiy gaplar orasida ma’no jihatidan bo’ladigan aloqadorlikka bog’liq. Grammatik bog’lovchilar – “va”, “ham” ketma-ket keluvchi narsa va hodisalar haqida, “esa”, “biroq” - bir-biriga qarama-qarshi turuvchi, bir-biridan farq qiluvchi hodisalar haqida, “chunki”, “shuning uchun” - sababiy-oqibatiy munosabatda bo’lgan narsa va hodisalar haqida berilgan ma’lumotlarni ifodalash uchun xizmat qiladi.

Shundan keyingina murakkab mulohazalarning turlarini o’rganishga kirishish mumkin.

 Murakkab mulohaza uch turga bo’linadi:

1. Birlashtiruvchi (kon’yunktiv) mulohaza.

2. Ayiruvchi (diz’yunktiv) mulohaza.

3. Shartli (implikativ) mulohaza.

 Birlashuiruvchi (kon’yunktiv) mulohaza. Birlashtiruvchi mulohaza “va”, “ham”, “hamda” bog’lovchilari yordamida hosil qilinadi. Mantiqiy bog’lovchi - "va" "/\" belgisi bilan ifodalanadi.

 Misol, “Qor yog’di va bir zumda hamma yoq oppoq bo’ldi”;

 Ayiruvchi (diz’yunktiv) mulohaza. Ayiruvchi mulohazalar “yo”, “yoki”, “yoxud” bog’lovchilari yordamida hosil qilinadi. Ayiruvchi (diz’yunktiv) mulohaza deb, “yoki” mantiqiy bog’lovchisi yordamida oddiy mulohazalardan hosil qilingan murakkab mulohazaga aytiladi.

Masalan. Bu dehqon yo qattiq mehnat kilgani uchun, yo eri unumdor bo’lgani uchun yo bir vaqtning o’zida ham qattiq mehnat qilganligi, ham eri unumdor bo’lganligi uchun mul hosil olgan.

Shartli mulohazalar. Shartli mulohazalar narsa va hodisalarning orasidagi sababiy aloqadorlikni ifodalaydi. Bunday mulohazalarning birida sabab hodisa aks etsa, ikkinchisida oqibat hodisa aks etadi. Biror hodisaning kelib bunday mulohazalar shart bo’lganligi sababli bunday mulohazalar shartli mulohazalar degan nom olgan.

Shartli mulohaza deb, ikki mulohazaning “agar…u holda” mantiqiy bog’lovchisi yordamida bog’lanishidan hosil bo’lgan murakkab mulohazaga aytiladi.

 Misol, “agar kuesh nuri suv zarrachalaridan kesib o’tsa, unda kamalak hosil bo’ladi”. “Agar” bog’lovchisidan keyin boshlanib, “… u holda” gacha davom etadigan mulohaza shartli mulohazaning asosi deyiladi; “… u holda” dan keyin keladigan mulohaza shartli mulohazaning natijasi deyiladi. Agar, shartli mulohazaning asosini A harfi bilan, natijasini B harfi bilan belgilasak, unda shartli mulohazaning formulasi :

“Agar A bo’lsa, u holda B”



Mulohazalar orasida munosabatlar.

Mulohazalar orasida doimiy munosabat bo’ladi. Bu olamdagi narsa va hodisalar orasidagi munosabatning tafakkurda aks etishidir. A, E, I, O mulohazalari orasida quyidagicha munosabatlar bo’ladi:

A – E orasida qarama-qarshilik (kontrarlik)

I – O orasida quyin qarama-qarshilik (quyi kontrarlik)

A – O orasida ziddiyat (kontradiktorlik)

E – I orasida ziddiyat (kontradiktorlik)

A – I orasida bo’ysunish

E - O orasida bo’ysunish

Bu munosabatlar mantiqiy kvadrat deb nomlangan sxema yordamida ifodalanadi.

 

Kvadratning burchaklaridagi harflar mulohazalarining turini ko’rsatadi, uning tamonlari va dioganallari esa mulohazalar orasida bo’ladigan munosabatlarni ko’rsatadi.



Bu munosabatlarni batavsil ko’rib chiqamiz.

  Ziddiyat munosabattida bo’ladigan bir xil sub’ekt va predikatli mulohazalarning har ikkalasi bir vaqtning o’zida chin ham, xato ham bo’la olmaydilar. Albatta, ularning biri chin, ikkinchisi xato ham bo’ladi, ya’ni ular bir birini inkor qiladi. Ziddiya munosabati umumiy tasdiq (A) va juz’iy inkor (O) mulohazalar orasida, umumiy inkor (E) va juz’iy tasdiq (I) mulohazalar orasida bo’ladi.

Misol:

A. hamma fanlar olamni aniq qonunlar yordamida aks ettiradi (chin),



O. Ba’zi fanlar olamni aniq qonunlar yordamida aks ettirmaydi (xato)

 O. Ba’zi o’simliklar suvsizlikka chidamli emas (chin),

A. hamma o’simliklar suvsizdikka chidamlidir (xato).

Qarama-qarshilik chin bo’la olmaydilar, lekin, bir vaqtda xato bo’lishlari mumkin. Bunday munosabat umumiy tasdiq (A) va umumiy inkor (E) mulohazalar o’rtasida bo’ladi.

  Bir vaqtda chin bo’la olmasligiga misol:

A. Hamma tirik organizmlar yashash uchun kurashadi (xato).  

E. Hech bir tirik organizm yashash uchun kurashmaydi (xato).

E. Hech bir mulohaza sub’ektsiz bo’lmaydi (chin)

A. Hamma mulohaza sub’ektsiz bo’ladi (xato)

Bir vaqtda xato bo’lishiga misol:

A. Hamma talabalar a’lochidir (xato) 

E. Hech bar talaba a’lochi emas (xato)

E. Hech bir o’simlik kislarod bilan nafas olmaydi (xato)

A. Hamma o’simlik kislorod bilan nafas oladi (xato).

 Quyi qarama-qarshilik munosabati juz’iy tasdiq, (I) va juz’iy ikor (O) mulohazalar orasida bo’ladi . Ular bir vaqtda chin bo’ladilar, lekin, bir vaqtda xato bo’la olmaydilar. Chunki, bir xil sub’ekt va predikatga ega bo’lgan mulohazalar bir vaqtda xato bo’la olmaydi. Masalan,

I. Ba’zi kitoblar tarixiy emas (chin)

O. Ba’zi kitoblar tarixiydir (chin)

Agar, birinchi mulohaza xato bo’lsa, ikkinchi mulohaza ham xato bo’lishi mumkin emas, u zaruran chin bo’ladi.

Bo’yisunish munosabati umumiy tasdiq (A) va juz’iy tasdiq (I), umumiy inkor (E) va juz’iy inkor (O) mulohazalar orasida bo’ladi. Buysundiruvchi mulohazaning chinligidan buysunuvchi mulohazaning chinligi kelib chiqadi, lekin, buysunuvchi mulohazaning chinligdan buysundiruvchi mulohazaning chinligi kelib chiqmaydi. Ma’lum qismga xos bo’lgan xususiyat umumiy to’laligicha xos bo’lishi mumkin emas.

“Guruhimizning barcha a’zolari imtihonlardan “4” va “5” baho oldilar”, desak, bu tasdiq guruhimiz a’zolarining ayrim qismlariga ham tegishli bo’ladi .

Lekin, “Guruhimiz a’zolaridan ba’zilari imtihondan “4” va “5” baho oldilar”, desak, bu juz’iy mulohaza umumiy mulohazaning chinligi uchun asos bo’la olmaydi. 

3. Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi: tuzilishi, turlari va umumiy qoidalari.

Xulosa chiqarish deb bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma’lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo‘lgan tafakkur shakliga aytiladi.

Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o‘tishdan tashkil topadi. To‘g‘ri xulosa chiqarish uchun asoslar chin mulohazalar bo‘lishi, o‘zaro mantiqan bog‘lanishi kerak.

Masalan, «Alisher Navoiy 1441 yil tavallud topgan» va «Islom Karimov mustaqil O’zbekistonning birinchi prezidenti» degan ikki chin mulohazadan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Chunki bu mulohazalar o‘rtasida mantiqiy aloqadorlik yo‘q.

Xulosa asoslari va xulosa ham o‘zaro mantiqan bog‘langan bo‘lishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo‘ladi. Bu qoidalar buzilsa, to‘g‘ri xulosa chiqmaydi. Masalan «Talaba – a’lochi» degan mulohazadan «Talaba – odobli», deb xulosa chiqarib bo‘lmaydi.



Deduktiv xulosa chiqarish

Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga o‘tishning mantiqan zaruriy xarakterga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir.

Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud:

Aylantirish (lot.-obversio) - shunday mantiqiy usulki, unda berilgan mulohazaning miqdorini saqlagan xolda, sifatini o‘zgartirish bilan yangi mulohaza hosil qilinadi. Bu usul bilan xulosa chiqarilganda qo‘sh inkor sodir bo‘ladi, ya’ni avval asosning predikati, keyin bog‘lovchisi inkor etiladi. Buni quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin:

Aylantirishda A-E ga, E-A ga, I-O ga, O-I ga o‘zgaradi.

Masalan:


1. A. Hamma ilmiy qonunlar ob’ektiv xarakterga ega.

   E. Hech bir ilmiy qonun sub’ektiv xarakterga ega emas.

 

2. E. Hech bir sahiy xasis emas.



   A. Hamma saxiy bo‘lmaganlar xasisdir.

 

3. I. Ba’zi tushunchalar mazmunan konkret bo‘ladi.



  0. Ba’zi tushunchalar mazmunan abstrakt bo‘lmaydi.

4. 0. Ba’zi mulohazalar murakkab emas.

   I. Ba’zi mulohazalar soddadir.

Demak, aylantirish usuli bilan xulosa chiqarilganda «biror nimaning qo‘sh inkori uning tasdig‘iga tengdir», degan qoidaga asoslanadi.



Almashtirish (lot.-conversio) - shunday mantiqiy xulosa chiqarish usuliki, unda xulosa berilgan mulohazadagi sub’ekt va predikatning o‘rnini almashtirish orqali keltirib chiqariladi.

Almashtirishda berilgan mulohazadagi terminlar hajmi e’tiborga olinishi shart. Agar berilgan mulohazadagi terminlar hajmiga e’tibor berilmasa, xulosa noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin: Masalan,



Hamma insonlar tirik mavjudotlardir

Hamma tirik mavjudotlar insonlardir

Xulosa xato, chunki berilgan mulohazada R - (tirik mavjudotlar) to‘liq hajmda olinmagan, xulosada esa to‘liq hajmda olingan. Yuqoridagi asosdan «Ba’zi tirik mavjudotlar insonlardir» deb chiqarilgan xulosa to‘g‘ri bo‘ladi. Shunga ko‘ra almashtirishning uch turi farqlanadi: toraytirilgan, kengaytirilgan va sof almashtirish.

 


Xulosa asosi

Xulosa

Almashtirish turi

Hamma S-P

Hammma P-S

Sof almashtirish

Hech bir S-P emas

Hech bir P-S emas

Sof almashtirish

Ba’zi S-P

Ba’zi P-S emas

Sof almashtirish

Hamma S-P

Ba’zi P-S

Toraytirilgan almashtirish

Ba’zi S-P

Hamma P-S

Kengaytirilgan almashtirish

Download 154.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling