1. Fanning asosiy tushuncha va ta’riflari
Tana azolarini ham nurlar tasiri buyicha qoyidagicha guruhlash mumkin
Download 66.17 Kb.
|
Hayot havfsizligi javoblar
Tana azolarini ham nurlar tasiri buyicha qoyidagicha guruhlash mumkin.
Birinchi guruh- badan, suyak, qizil tanacha va boshqalar.Ikkinchi guruh-qalqonsimon bez, yogli tuqima, jigar, buyrak, taloq, oshqozon, ichak yullari, upka, koz qorachigi va boshqalar.Uchinchi guruh-teri qoplamasi, suyak tuqimachasi, qul barmoglari, bilak, kaft, tovon kiradi. Bu nurlar bilan ishlovchi kasb egalari uchun tashqi nurlanish doza yigindisi ( biologik ekvivalent radiatsiya) bir yilga 5 ber va 30 yilda yigiladigan miqdori esa 60 berdan oshmasligi kerak. 27.Radiaktiv moddalar va nurlanish manbalari bilan ishlashda ximoya usullari.Radiaktiv moddalar bilan ishlashga muljallangan korxona va tashkilotlar, muassasa va ayniqsa turli laboratoriyalar foydalanishdan oldin maxsus komissiya tomonidan qabul qilinishi talab qilinadi va 3 yil muddatga belgilangan pasportni taqdim etadi. Albatta, konteynerlar, vositalar, asboblar, binolarga radiatsiya xavfsizligiga oid belgilar ornatiladi.Korxonalar ham bir yilda ishlatiladigan radiaktiv moddalar miqdoriga qarab 3 toifaga bolinadi 1-toifa 100 kyu dan kop radiaktivlik mavjud. 2-toifaga -10-100 kyu oraligidagi korxonalar. 3-toifa esa 10 kyu gacha bolgan korxonalar. Korxona rahbariyati tomonidan ishning tartibi, shaxsiy profilaktika ishlari, korsatmalar tayyorlash, dozimetrik nazorat, ishlarni togri tashkil etish vazifasi yuklatiladi. Ximoyalash chora-tadbirlarini ishlab chiqishda, ishlab chikarishda qullaniladigan manbaning xususiyati, moddaning turi, fizik holati, nurlanish turi va energiyasi, aktivligi, parchalanish davri, zaharli xossalari, manba bilan ishlash vaqti etiborga olinishi zarur. Tashqi nurlanish - oqimidan himoyalash, nurlanish vaqtini kamaytirish, manbagacha bolgan masofani kamaytirish yoki kupaytirish, ximoya ekranlaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Ichki nurlanishdan himoyalashda ochiq holdagi radiaktiv moddalar bilan alokani bolmasligi , havoni radiaktiv moddalar ifloslanmasligi, ish zonasidagi havoda radiaktiv moddalarning bolmasligi choralari koriladi. 18 yoshga tolmaganlarga bunday joylarda ishlashga ruxsat berilmaydi. Moddalar maxsus idishlarda tashiladi va shkaf-bokslarda saqlanadi. Himoya vositalari sifati rezina qolqop, xalatlar oyoq kiyim, oynaklar, gazniqoblar, raspiratorlardan foydalaniladi. Radiaktiv chiqindilar maxsus joylarga kumiladi va doimiy nazoratda boladi. Nurlanishni olchash- (rengen va gamma) nurlar (RM-IM), Argun dozimetrlari ( RPN -1, ID-1) tipidagi asboblar bilan olchanadi. 28.Lazer nurlaridan himoyalanish.Qurilish amaliyotida keyingi yillar davomida lazer nurlaridan foydalanilmoqda. Ularni ishlash printsipi kvant tizimlarini uygotish orqali majburiy elektromagnit nurlari paydo bolishiga asoslangan. Lazerlar tolqin uzunligi 0,2 dan 1000 mkm oraliqdagi ulьtrabinafsha, ko’rinarli va infraqizil nurlarini ishlab chiqadi. Lazer nurlaridan metallarni, plastmassalarni va boshqa materiallarni payvandlash, qirqish, kavsharlash, teshik ochish va boshqa jarayonlarda ishlatiladi.Lazer qurilmalaridan foydalanishda inson organizmi issiqlik, yoruglik, mexanik va elektr omillari tasiriga duchor boladi. Organizmning bu paytdagi jarohatlanish darajasi lazer nurining quyidagi parametrlariga bogliq boladi: energiyasiga, nurlanish energiyasining quvvati va zichligiga, impulьslarning davomiyligi va chastotasiga, to’lqin uzunligiga va boshqalar. Yuqori darajadagi izchil nurlanish inson terisi qoplamasini, ichki to’qimalarni va organizmni jarohatlaydi. Lazer nurlarining jarohatlovchi ta’siri ko’rish organiga katta xavf tug’diradi.Lazer nurlaridan himoyalanish uchun kompleks tadbirlarni , jumladan texnik, sanitar-gigienik va tashkiliy choralar qollashni taqoza etadi. Asosiy etiborni nurlanishning yol qoyarli chegaraviy miqdoridan oshmasligiga qaratish kerak. Lazer qurilmasi himoya ekranlari bilan taminlanishi lozim. Xonalar va jihozlarning sirti xira, yorug bolmagan ranglarga boyalishi va sirtlar lazer nurlarini qaytarmaydigan bolishlari talab qilinadi. Lazer qurilmalarini boshqaruvchi operatorlar shaxsiy himoya vositalarini kiyib ishlashlari, yani ular yorug-yashil yoki moviy rangdagi paxtadan tayyorlangan gazlamali xalatlar, qolqoplar, kiyishlari lazerga qarshi kok-yashil yoki toq sariq rangdagi oynali kozoynaklar taqib ishlashlari kerak. 29.Yoritishning ahamiyati va uning ko’rsatkichlari. Ishlab chiqarishda jarohatlanishni kamaytirishning muhim omillaridan biri bu qurilish maydonini, ish joylarini, o’tish yo’lari va yo’laklarini, qurilish omborlarini to’g’ri yoritish va yorug’likni bir tekis tarqatishdan iborat. Yoritilganlik yetarli bo’lmasa yoki muqobil joylashtirilmasa, baxtsiz hodisalar sodir bo’lishi mumkin. Yoritilganlik me’yorida bo’lsa, ishlab chiqarish xavfsiz bo’lib, mehnat unumdorligini oshishiga va ishlab chiqarish mahsulotining sifatli bo’lishiga olib keladi. Ishlab chiqarishning yoritilishi miqdoriy va sifat ko’rsatkichlariga ega. Miqdoriy ko’rsatkichlariga yorug’lik oqimi, yoritilish darajasi, sirtning ravshanligi, yorug’likning qaytarish koeffitsienti kiradi. Yorug’lik oqimining birligi sifatida lyumen (lm) qabul qilingan. Yorug’lik oqimi deb nur quvvatiga aytiladi: F = I · V , bu yerda I – yorug’lik kuchi, V – yorug’lik kuchining moddiy burchagi. Yorug’lik kuchi yorug’lik oqimining, u tarqalayotgan moddiy burchagiga nisbatidan iborat: I = F / V , Yorug’lik kuchi kandel (kd) birlikda o’lchanadi. Yoritilganlik (E) yorug’lik oqimining sirtdagi zichligini ifodalaydi va lyuks (lk) birligida o’lchanadi: E = F / S , bu yerda: S – yoritilayotgan sirtning yuzasi, m2, Agar yorug’lik oqimining sirt zichligi 1 lm/m2 bo’lsa, sirtning yoritilganligi 1 lk ga teng bo’ladi. Cirtning ravshanligi L (kd/ m2) ko’rib chiqilayotgan yo’nalishda nur sochayotgan yorug’lik kuchining ushbu yo’nalishga pependikulyar tekislikdagi proektsiyasiga nisbatidan topiladi: L = I / S · cos Ko’zning ko’rish holatini belgilovchi ishlab chiqarish yoritishining asosiy sifat ko’ratkichlariga fon, ob’ektning fondan farqi (kontrast), ko’rinuvchanlik va h.k. lar kiradi. Fon qaralayotgan ob’ektga tutashib turgan sirtning qaytarish xossasini belgilaydi. R< 0,4 bo’lganda yorug’ fonni ko’z yaxshi ko’radi; P = 2,0 – 0,4 bo’lganda fon o’rtacha, R> 2,0 bo’lganda fon ko’rinmaydi, ya’ni yo’q hisoblanadi. Ob’ektning fondan farqi (kontrasti - K) yonma-yon turgan ikkita yorug’lik maydonlarining ravshanligidagi farqi xususan, Lf bilan qaralayotgan ob’ekt Lob o’rtasidagi farq orqali aniqlanadi: K = (Lf - Lob) / Lf . Ob’ekt bilan fonning ravshanliklarida farq bo’lganida, ob’ekt fonda ko’rinadi. Qamashtirish ko’rsatkichi – yoritish qurilmasining ko’zni qamashtiruvchi ta’sirini baholash mezonidir, bu ta’sir natijasida ko’z qamashadi. Yoritilganlikni o’lchash va nazorat qilish uchun lyuksometr asbobidan foydalaniladi, uning ishlash printsipi fotoelektr effektiga asoslangan. Fotoelementga yorug’lik tegishi bilan galvanometr ulangan elektr zanjirida foto tok hosil bo’ladi, bu esa o’z vaqtida milliampemetrning strelkasini uning shkalalarga bo’lingan qiymatlariga mos ravishda og’diradi. Lyuksometrlarda selenli fotoelementdan foydalanish tavsiya etiladi, chunki uning spektr sezgirligi ko’zning spektr sezgirligiga mos keladi. 10 -rasmda amaliyotda keng qo’llanilayotgan Yu-16 lyuksometri ko’rsatilgan. Ishlab chiqarish xonalari, xizmat va maishiy xonalarni yoritishda tabiiy va sun’iy yoritish manbalaridan foydalaniladi. 30.Sun’iy yoritilganlikni me’yorlash. Sun’iy yoritilganlikni berilgan sirtning yoritilishi bilan baholanadi. Bunda quyidagilar hisobga olinadi: qaralayotgan ishning xususiyati, ob’ekt va fonning farqi, fon bilan yoritish tizimining farqi. Qaralayotgan ishning xususiyatini farqlanuvchi ob’ektning (mm) o’lchamlariga nisbatan 8 toifaga bo’lib ajratiladi. Juda aniq bajariluvchi ishlar 0,15 mm- I toifa yuqori aniqlikdan, qo’pol bajariladigan kichik aniqlikda 5 mm dan katta- VI toifagacha;VII toifa- ishlar yoritilish bilan olibboriladigan va VIII toifa uchun, farqlanuvchi ob’ekt o’lchamlari chegaralanmagan, faqatgina texnologik jarayonning olib borilishi kuzatiladi xalos. Umumiy va lokal yoritilish mashinalarning faralari, projektorlar, yoki boshqa yoritgichlar bilan hosil qilinadi. Vazifasiga ko’ra qurilish maydonini elektr yordamida yoritish ishchi, halokatli, evokuatsiyali va maxsus yoritish xillariga bo’linadi. 31.Tabiiy yorug’lik manbai.Tabiiy yorug’lik manbai quyoshdir. Tabiiy yorug’lik binoning yon tomonidan, yuqoridan, ham yonidan, ham yuqoridan tushuvchi yorug’likdan iborat bo’ladi. Tabiiy yorug’lik odam organizmiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun ham kunduz kuni xonalarning tabiiy yorug’lik bilan yoritilishiga ahamiyat berish kerak. Ma’lumki tabiiy yorug’lik bilan tsexlarni, xonalarni yoritilganda ular katta chegarada o’zgaradi. Bu o’zgarishlar, meteorologik sharoitlarga, yilning fasli va bir qancha omillarga bog’liqdir. SHuning uchun, tsexlarda tabiiy yoritilganlikni miqdoriy jihatdan me’yorlashtirib bo’lmaydi. Sanoat korxonalarida (shu jumladan qurilish industriyasi korxonalarida ham) tabiiy yoritilganlikni hisoblashda va me’yorlashtirishda tabiiy yoritilganlik koeffitsienti (TYoK) qabul qilingan, bu kattalik bir paytning o’zida xona ichidagi o’lchangan yoritilganlik (En) ni tashqaridagi (Et) yoritilganlikka nisbati bilan ifodalanadi:TYoK = Yen / Yet · 100% .TYoK ning miqdori xonalarda tabiiy yoritilganlikni baholash va me’yorlashga asos bo’ladi, uni aniqlash QMQ va sanitar me’yorlari asosida olib boriladi. 34. Tovushning izchilligi (intensivligi)ni olchov birligi etib bir bel (B) olingan, qanday aniqlanadi? SHovqin darajasini olchash uchun shovqin olchagichlardan foydalaniladi, ularning asosiy elementi mikrofon bolib, u havo muhitidagi tovush tebranishlarini elektr tebranishlarga aylantiradi, bundan tashqari kuchaytirgich, hamda strelkali yoki raqamli indikatordan iborat. Zamonaviy obektivli shovqin olchash asboblari A va Lin chastotalari korsatkichlariga tuzatkichlari mavjud. Lin chiziqli korsatkichi 63 ... 8000 Gts chastotali oktava oraliqlarida tovush bosimi darajasini olchashga moslashgan. Insonning eshitish organi xususiyatlariga mos keluvchi tovush bosimi darjasini A holatidagi korsatkichlari bilan olchanadi va bu 1000 Gts chastotaga togri keladi. Tovush olchash asboblari yordamida shovqin darajasining 30 ... 140 dB diapozonlarini olchash mumkin. SHovqin olchagich asboblarning quyidagilari mavjud, ular yordamida tovush bosimining darajasi olchanadi: LIOT SH-3m namunasida va chastotalarni tahlil qiluvchilarning LIOT SH-3, ASH -2m, SH-60, SH-63 rusumlari bor. Bulardan eng kop tarqalgani LIOT SH-3m namunasi hisoblanadi, buning yordamida tovush bosimi darajasi va shovqin darajasi olchanadi. 32.Tovushning fizik va fiziologik xususiyatlari.Tovush yoki shovqin qattiq, suyuq va gazsimon muhitlarda mexanik tebranishlardan paydo bo’ladi. Insonni odatiy faoliyatiga xalaqit beruvchi va tinchiligini buzuvchi turli xil tovushlar shovqin deb ataladi. Bizning eshitish organimiz qabul qiladigan egiluvchan muhitning tebranuvchi harakatlari tovush deb ataladi. Havo muhitida tarqaluvchi tovushni, havo shovqini; qurilish konstruktsiyalari bo’yicha tarqaluvchi tovushni esa tarkibiy shovqin deb ataladi. Havoda tovush to’lqinlarining bosimi davriy ravishda ko’tarilishi va pasayishi bilan kuzatiladi. Muallaq atmosfera bosimiga nisbatan bosimning davriy ravishda ortishi tovush bosimi r (Pa) deb yuritiladi, xuddi shu havodagi bosim o’zgarishini eshitish organimiz sezadi. Bosim qancha katta bo’lsa, eshitish organimizni ko’proq qo’zg’atadi va tovush balandligini shuncha kuchli eshitamiz. Tovush to’lqini tebranishlarning chastotasi f va amplitudasi bilan tavsiflanadi. Tovush to’lqinining tebranishlar amplitudasi tovush bosimini belgilaydi, agar amplituda qancha katta bo’lsa, tovush bosimi shuncha katta va tovush baland bo’ladi. Bitta tebranishga ketgan vaqt tebranish davri T (s) deb ataladi va uning qiymati quyidagicha aniqlanadi: T = 1/ f . Bir vaqtnig o’zida ikkita bir xil bosimdagi tovush to’lqini orasidagi masofa to’lqin uzunligi λ deyiladi. Tovush to’lqinlari tarqaladigan fazoning bir qismi tovush maydoni deyiladi. Tovush maydonining har qanday nuqtasi uchun tovush bosimi r va havo zarrachalarining harakat tezligi mavjud. Tovush to’lqinlarining tarqalish tezligi s muhitning egiluvchanligiga, haroratiga va zichligiga bog’liq bo’ladi. Muhitning (havoning) tovushli tebranishlarida havo zarrachasi o’zining muallaq nuqtasi atrofida tebranadi. Bu tebranishlarning tezligi υ tovush to’lqinlarining havodagi tarqalish tezligi s dan ancha kam bo’ladi. Tovush to’lqinining tarqalish tezligi (m/s) quyidagicha aniqlanadi:S = λ / T yoki S = λ · f . Tovushning havodagi tezligi (t = 200 C haroratda) 334 m/s, po’latda- 5000 m/s va betonda - 4000 m/s miqdorlarga teng. Qaytuvchi tovush to’lqini mavjud bo’lmagan, erkin tovush to’lqini maydonida nisbiy tebranishlar tezligi υ = p / ρ·c , bunda p – tovush bosimi, Pa; ρ - muhitning zichligi, kg/ m 3; ρ·c - muhitning akkustik qarshiligi, havo uchun ρ·c = 410 Pa·s/m. Tovush to’lqinlarining tarqalishida energiyalarning ko’chishi ro’y beradi. Ko’chiriladigan tovush energiya miqdori tovush izchilligi I bilan aniqlanadi. Erkin tovush to’lqini maydonida tovush izchilligini, vaqt birligi ichida, tovush tarqalishi yo’nalishiga perpendikulyar bo’lgan birlik yuzadan o’tuvchi energiyaning o’rtacha miqdori bilan o’lchaydi. Tovushning izchilligi (Vt/m2) vektor kattalik bo’lib, quyidagi bog’lanishdan aniqlanadi:I = p2 / ( ρ·c) ; I = υ· p , Bunda p – tovush bosimining oniy miqdori, Pa ; υ – tebratuvchi tezlikning oniy miqdori, m/s. Download 66.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling