1. Fanning asosiy tushuncha va ta’riflari


Kerakli vaziyatlarda jamoa bolib himoyalashdan tashqari, shovqindan himoyalovchi shaxsiy himoya vositalari ham ishlatiladi


Download 66.17 Kb.
bet6/6
Sana24.12.2022
Hajmi66.17 Kb.
#1064333
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hayot havfsizligi javoblar

Kerakli vaziyatlarda jamoa bolib himoyalashdan tashqari, shovqindan himoyalovchi shaxsiy himoya vositalari ham ishlatiladi
36. Tovushni izolyatsiyalash usullari. Havoda tarqalayotgan shovqinni, uning tarqalish yolida tovushni tosish maqsadida oradevorlar, orayopmalar, shovqindan himoyalovchi qurilmalar va ekranlar orqali kamaytirish mukin. SHovqindan himoyalovchi tosiqning vazifasi, kelib uriladigan tovush energiyasining kop qismini oziga qabul qilib qaytarishdan iboratdir. Ammo, juda kam qismi tosiqdan bari-bir otadi. Tosiqdan tovushni otishi quyidagicha kechadi (22-rasm): tosiqqa tushuvchi havodagi tovush tolqini ozidagi chastotasiga teng chastotada tosiqda tebranish hosil qiladi. Tebranayotgan tosiq tovush manbai bolib qoladi va shovqindan himoyalanayotgan xonaga uni tarqatadi. Tovush manbasi bor bolgan xonadan qoshni xonaga shovqin uch yol bilan tarqaladi: 1- tirqish va yoriqlar orqali; 2- tosiqning tebranishlari orqali; 3-tosiqqa tegib turgan konstruktsiyalar orqali. Tosiqning tebranish amplitudasining osishi bilan undan otayotgan tovushning energiyasi ortadi. Tosiqning tovush otkazish xususiyati, uning tovush otkazish koeffitsienti orqali baholanadi. Tosiqning tovush otkazish qobiliyati uning geometrik olchamlariga, shovqindan himoyalash materiallari qatlami soniga, massasiga, egiluvchanligiga, shovqinning chastotali tarkibiy tuzilishiga bog’liq bo’ladi. To’siqning haqiqiy tovush himoyalash miqdori (dB) quyidagicha aniqlanadi R = L1 – L2 + 10 · lg , bu yerda L1 – shovqin manbasi bor bo’lgan xonani shovqin bosimi darajasining ortacha miqdori, dB; L2 xuddi shunday, himoyalanayotgan xona uchun, dB; S - shovqin manbasi bor bolgan xona bilan himoyalanayotgan xona oraligidagi tosiq sirtining yuzasi, m2; A- himoyalanayotgan xonadagi tovushni singdirish maydonining ekvivalent miqdori, m2.
37.Tovushni yutish usullari. Tovushni yutish deb, qurilish konstruktsiyalari va materiallarining tovush tebranishlari energiyasini yutish xususiyatiga aytiladi. Tovushni yutish, tovush tebranishlari energiyasini tovushni yutuvchi materiallar kanallaridan otishidagi issiqlik energiyasiga aylanish jarayoni bilan bogliq boladi. Materialning tovushni yutish korsatkichi, materialning tovushni yutish koeffitsieti α orqali belgilanadi, bu esa o’z navbatida materialning yutuvchi tovush energiyasini, uriluvchi tovush energiyasining nisbatiga teng bo’ladi. α > 0,2 bo’lgan materiallar, tovushni yutuvchi materiallar sirasiga kiradi. Devor va poydevorlarning tovush o’tkazmaslik xususiyatini oshirish yoki ularning ogirligini kamaytirish uchun oraligida tirqishi bolgan har xil tosiqlarni qollash tavsiya etiladi. SHovqinga qarshi zichlovchi materiallar sifatida yumshoq rezinalar, asbest plitalardan foydalanish mumkin. SHovqinni susaytirish uchun tovushni yutadigan turli ashyolardan foydalaniladi. Tovush quvvatini yutuvchi ashyo va qurilmalar uch guruhga: govakli, rezonans va donali tovush yutuvchilarga bolinadi. Govakli tovush yutqichlarga yogoch tolasidan, mineral paxtadan, shisha toladan qilingan plitalar, tsementli fibrolit, ftorplast, kapron va mineral tolalardan yasalgan toshaklar, shisha tola kiradi. Rezonans tovush yutqichlar ikkala tomoniga mato yopishtirilib, shovqin manbaidan malum masofada joylashtirilgan teshik ekrandan iborat. Ekran sifatida yogoch qipigidan ishlangan taxtachalar ishlatiladi. Donali tovush yutqichlar malum shakldagi jismlardan iborat bolib, ular xonaga bir-biridan 1500-2000 mm oraliqda ornatiladi. Ular asosan, govak ashyolardan tayyorlanadi. Donali tovush yutqichlarning afzalligi shundaki, ularni shovqin manbasining yonginasida ornatish mumkin. Ishlab chiqarish xonalarining ichki sirtlarini tovush yutuvchi ashyolari bilan qoplash qaytuvchi tovushlarni 6...8 dB pasaytiradi va manbaning ozida ishlatilganda esa 2...3 dB kamayadi. Unga qoshimcha ravishda donador tovush yutgichlar turli shakldagi plitalar va hajmlardan iborat bolib, hajmiy korinishda erkin va bir tekis qilib osiladi. SHovqin yutuvchi qoplamalar xona shifti va devorlarga ornatiladi. Maksimal tovush yutish samaradorligiga sirtlarni 60 % yuzasini qoplash bilan erishiladi va xonalarning qavat balandligi 4...6 m bolganida bu usul yaxshi samara beradi
38Tovushdan himoyalovchi kop qavatli tosiq. Tosiqlarni massasini kamaytirish va ularni tovushdan himoyalash xususiyatini oshirish maqsadida kop qavatli tosiqlardan foydalaniladi. Qavatlari orasidagi boshliq govakli material bilan tolgaziladi yoki kamida 40...60 mm bolgan havo boshligi qoldiriladi. Tosiqning devori qattiq boglovchilar bilan birlashtirilmasligi kerak, egiluvchanligi esa turlicha bolishi tavsiya etiladi, buning uchun qavatlari qalinliklarining ozaro 2/4 nisbatda bolishi kerak. Kop qavatli tosiqlarning tovushdan himoyalash samaradorligi tosiq qavatlarining massasi m1 va m2 , boglovchilarning bikrligi (qattiqligi) K, havo boshligining yoki govak materialning qalinligi h kabi tarkibiy qismlariga bogliq Ozgaruvchan tovush bosimi tasiri natijasida kop qavatli tosiqning birinchi qavati tebranib boshlaydi va bu tebranishlar qavatlar orasidagi egiluvchan materialga uzatiladi. Toldiruvchi materalning titrashni sondiruvchi xususiyatiga kora tosiqning ikkinchi qavatida tebranishlar ancha susayadi. Toldiruvchi qancha qattiq bolsa, kop qavatli tosiqning tovushdan himoyalash xossasi shuncha kam boladi.Nazariy jihatdan ikki qavatli tosiqlarning tovushdan himoyalash miqdori 70...80 dB boladi, ammo boshqa omillar tasirida, yani tovushning qavatlarni birlashtiruvchi ashyolar orqali yoyilishi tufayli ikki qavatli tosiqlarning shovqindan himoyalash korsatkichi 60 dB dan oshmaydi. Yuqori samaradorlikka esa, oradagi toldiruvchilarni egiluvchi va govak elementlarni qollash orqali erishiladi.Teshik va tirqishlarning tosiq devorlarida bolishi tovushdan himoyalash xususiyatini keskin kamaytiradi. SHuning uchun ham kop qavatli tovushdan himoyalovchi tosiqlarda teshiklar va tirqishlar bolmasligiga harakat qilinadi.Urilganda hosil boladigan shovqinlar, yuqori qavatlarda odamlar qadamidan, har xil narsalarni siljishidan mexanik urilish natijasida hosil bolib, devorlar, orayopmalar, yupqa devorlar orqali tarqaladi. Urilganda hosil boladigan shovqinlar bir jinsli materiallarga nisbatan har xil jinsli kop qavatli konstruktsiyalardan tezroq sonadi.Insonlarni shovqindan himoyalash va ularni kamaytirish hozirgi zamonning dolzarb muammolaridan hisoblanadi.Memorlar shaharlarni, mikrorayonlarni, hamda ularda joylashadigan turarjoy binolarini loyihasi ustida ishlar ekanlar, shovqin darajasini kamaytirish maqsadida turarjoy binolarini asosiy magistral kochalarga oldi bilan emas, yoni bilan joylashtirishmoqda, binolar oraliqlaridagi masofalar kengaytirilib, ularning atroflari kokalamzorlashtirilmoqda.SHahar quruvchilari esa muhandislik inshootlarini, omborlarni, muzlatgichlarni, transport kommunikatsiya tarmoqlarini yer ostiga joylashtirish, metro quruvchilari tonnelь va grunt orasini maxsus tovush yutadigan beton bilan to’ldirish hisobiga shovqin darajasini kamaytirishga erishmoqdalar.Yuqoridagilar hisobiga shovqin darajasini kamaytirilganda ham shaharda shovqin darajasi yuqoriligicha qolmoqda. Buni oldini olish maqsadida orab turuvchi konstruktsiyalarning tovushdan himoyalash xususiyatini oshirish va ularda darzlar, yoriqlar, govak boshliqlar hosil bolishiga yol qoymaslik talab etilmoqda.
Orab turuvchi konstruktsiyalarni tovushdan himoyalash xususiyatini oshirish himoya qilinayotgan tovushning chastotasiga bogliq boladi. Past chastotali tovushlar yuqori chastotali tovushlarga nisbatan tosiqlardan oson otadi. Agar konstruktsiyalar orasida boshliqlar qoldirilsa, tovushdan himoyalash darajasi ortadi. Masalan, 3 sm qalinlikda havo boshligi bolsa 1 dB, 6 sm li boshliq bolsa 5,5 dB ga erishiladi.Tovush bosimining eng yuqori darajasi meyorlarga kora, yashash xonalarida 40-46 dB, shifoxonalarda, mehmonxonalarda 40-50 dB, magazinlar va banklarda 50 dB dan oshmaslik kerak.Qurilish konstruktsiyalarining massasini oshirmagan holda ularni tovushdan himoyalash xususiyatini oshirish uchun ular orasida yoppasiga havoli boshliqlar hosil qilish kerak.Bundan tashqari, bunday konstruktsiyalarni bir-biridan mustahkamligi va bikrligi bilan mutloq farq qiladigan materiallardan kop qavatli qilib ishlab chiqarish va qollash maqsadga muvofiqdir. Derazalardagi oynalar ham oz navbatida tashqaridan kirayotgan tovushlar darajasini pasaytiradi. Masalan, bir qavatli oyna 15 dB, ikki qavatli oyna esa 20 dB miqdoriga pasaytiradi. Qalin oynalarni tovush yutadigan sintetik qistirmalar bilan bir-biridan 200 mm masofada ornatilsa, tashqaridan kelayotgan shovqin darjasini 40 dB miqdorga kamaytirsa boladi.
39. Qurilishda maxsus kiyimlar va shaxsiy himoya vositalari. Ishchilarni ish joylarini xavfsiz va soglom tashkil etish, kop jihatdan ularni maxsus kiyimlar, oyoq kiyimlar va shaxsiy himoya vositalari bilan taminlanishiga bogliq boladi.SHaxsiy himoya vositalari ishchining badanini, kozini, eshitish organlarini, nafas olish organlarini tashqi muhitning noqulay tasirlaridan va ishlab chiqarishning zararli omillaridan saqlaydi.SHaxsiy himoya vositalarini qollanilishi - ishlab chiqarishdagi zararlar, kasbiy kasallanishlar va zaharlanishlarga hamda, jarohatlanishlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borish uchun eng yaxshi choralardan hisoblanadi.Himoyalash xususiyatlariga qarab, maxsus kiyimlarni bir nechta asosiy guruhlarga ajratish mumkin: umumiy maqsadlarga moljallangan, qurilish montaj ishlarini va stanoklar hamda mexanizmlarda ishlar bajarilganda odamlarni iflosliklardan va jarohat olishlaridan himoyalash uchun; changdan himoyalovchi; namlikdan himoyalovchi; issiqdan himoyalovchi; kislotadan himoyalovchi; ishqordan himoyalovchi va momiqli maxsus kiyimlar.Ishchilarni changdan himoyalash uchun paxtali gazmoldan tayyorlangan kombenizon qollaniladi, unga kallaposh tikilgan yoki olinadigan qilib moljallangan boladi; kislotalardan himoyalash uchun - junli va polivinilxlorli matoli kombenizon; ishqorlardan himoyalash uchun - zigir tolali, paxtali yoki rezina matoli; namlikdan himoyalash uchun - brezentli yoki xlorvinilli, hamda rezina qoshilgan paxtali yoki maxsusus (polimerizatsiyalashgan) yog shimdirilgan paxtali kombenzonlar qollaniladi.Maxsus oyoq kiyimi ham, maxsus kiyim kabi, himoya maqsadlariga xizmat qiladi; uning korinishi va andazasi ish turlariga va ishlab chiqarish zararlariga bogliq boladi. Uning asosiy maqsadi - kishi oyogini olov uchqunlari, alangadan, kislota va ishqorlarning sachrashidan saqlaydi. SHaxsiy himoya vositalari maxsus kiyim, maxsus oyoq kiyimi, korish organini, nafas olishni, eshitishni, terini himoyalovchi moslamalar, hamda kishini balandlikdan tushib ketishidan himoyalovchi moslamalardan iborat boladi. Maxsus kiyimlar insonning tanasini, boshini, qolini va oyogini himoyalashga moljallangan. Maxsus kiyimlar ishchining erkin harakatlarini siqib qoymasligi, kiyganda qulay va gigienik jihatdan toza bolishi kerak. Ishchilarning boshini tashqi tasirlardan himoyalash uchun, yani boshga kichik predmetlarni tushib ketishidan, yoz paytida ochiq havoda quyosh nurlarining tasiridan himoyalashda dubulga (kaska) lardan foydalaniladi Alohida ishlarni bajarish uchun saqlagich belboglar, kozoynaklar, qalqonchalar, fartuklar, respiratorlar (40-rasm), va h.k.lar himoya vositalari bolib xizmat qiladi.
Saqlagich belbog’ini (37-rasm) montaj ishlarida, tom ustida va boshqa balandlikda bajariladigan ishlarda qo’llaydilar. Saqlagich belbog’i brezentli yoki paxtali matodan tayyorlangan, eni 75mm, qalinligi 4mm bolgan tasma bolib, inshootga, ishonchli turgun konstruktsiyaga yoki tortilgan arqonga mahkakmlanadigan, uchida karabini bor bolgan metall zanjir ulangan. Saqlagich belbogiga nishon qadalgan bolishi kerak. Unda mustahkamlikka sinalganligi haqida va sinov sanasi korsatilgan belgisi bolishi kerak.Korish organlari - himoya kozoynagi va boshni himoyalash - boshga kiyiladigan dubilga (kaska) bilan muhofazalanadi. Torli kozoynakni toshlarni maydalash ishlarida taqib ishlaydilar. CHangga qarshi ko’zoynakdan ishchi ko’zini chang, kislota, ishqor, zararli bug’lar va gazlarning sachrashidan himoyalaydi.
40Qurilish maydonida sanitar-maishiy xizmat korsatish.Qurilish maydonida shaxsiy himoya vositalarini qollashdan tashqari, ishchilarga sanitar-gigienik qurilmalar va maishiy xonalar qurish ham soglomlashtirish tadbirlariga kiradi. Bunday maishiy xonalar quyidagilar kiradi: uy kiyimlari va maxsus kiyimlarni saqlash xonasi, atmosfera yoginlaridan va sovuqdan panalash va isinish xonasi, kiyimlarni quritish, changdan tozalash, maxsus kiyimlarni zararli moddalardan tozalash va tamirlash xonalari, dushxona va yuvinish xonalari, hojatxonalar (ish joyidan 100 m dan kam masofada joylashadi), xotin-qizlarning shaxsiy gigiena xonalari, oshxonalar yoki bufet (ovqatlanish) xonalari. Bularning barchalari vaqtinchalik bino (xona)lar jumlasiga kiradi.Vaqtinchalik xonalarning har bir ishchiga togri keluvchi hajmi 13 m3 ni, maydon hisobida esa 4 m2 ni tashkil etishi lozim, bunda xonaning ortacha balandligi 3,2 m bolishi kerak.Agar qish paytida ochiq havoda yoki isitilmaydigan xonalarda ishlar bajarilsa, ishchilarning isinishi va atmosfera yoginlaridan panalashlari uchun xonalar ish joyidan 75 m dan oshmaydigan qilib joylashtiriladi. Xonalarning maydonini har bir ishchi hisobiga 0,1 m2 to’g’ri keladigan qilib, ammo bitta xonaning maydonini 8 m2 kam bo’lmaydigan qilib loyihalashtiriladi.Qurilish ko’lami katta bo’lib, umumiy ishchilar soni 300 dan 800 gacha bo’lsa felьdsherlik sog’lomlashtirish punkti ko’zda tutiladi, ishchilar soni 800 2000 kishi bolsa - bitta vrachlik punkti loyihalashtiriladi. Ish joyidan soglomlashtirish punktigacha masofa 600 800 m bolishi kerak. Bundan tashqari, har bir qurilish obekti oz dori-darmon qutisiga ega bolishi, unda boglovchi materiallar va davolash vositalari mavjud bolib, ishchilar jarohatlanganlarida, suyaklari chiqqanida va kuyish sodir bolganida bekamu-kost birinchi tibbiy yordamni olishlari darkor.
Barcha maishiy xonalar (oshxonalar, ovqat qabul qilish xonalari, soglomlashtirish punktlari va h.k.) kerakli jihozlar, mebellar, yoritgichlar, kanalizatsiya, issiq suv, sovuq suv va h.k. lar bilan taminlanishi shart. Qish davrida isitish tizimi bilan ham taminlanmogi lozim.
Har bir qurilish maydoni toza suv bilan taminlangan holda, buning uchun ish joyidan 75 m masofada favvorachalar joylashtiriladi.
Yuqorida keltirilib otilgan tadbirlarning barchasi Qurilish ishlab chiqarish loyihasida oz yechimlarini topadi.

Download 66.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling